Mavzu: Uzunasiga va eniga biriktirish. Reja Eshik va deraza bloklarining konstruksiyalari


Download 488 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi488 Kb.
#1158457
Bog'liq
10-Mavzu



Mavzu: Uzunasiga va eniga biriktirish.

Reja


1. Eshik va deraza bloklarining konstruksiyalari
2. Burchakli birikmalar
Eshik va deraza bloklarining konstruksiyalari. Eshikli blok (eshik) bir yoki bir necha eshik polotnolaridan tashkil topgan bo'lib, ular eshik kesakisi ichiga kiritilgan va oshiq-moshiqlarga osilgan bo'ladi.
Binoning qaysi joyiga o'rnatilishiga qarab eshiklar ichki va tashqi eshiklarga bo'linadi; eshik polotnolari ochiladigan, tebranma polotnoli va yig'ma bo'ladi. Ochiladigan eshiklar eshik polotnolari soniga qarab bir polotnoli, ikki polotnoli va bir yarim polotnoli bo'ladi. Bir yarim polotnoli eshik har xil kenglikka ega bo'ladi, ularning enlisi har doim ishlatib turiladi, ensizi esa kerak bo'lganda ochilib yopiladi. Texnika xavfsizligi jihatidan eshiklar tashqariga ochilgani ma'qul. Faqat kvartiralarda xona eshiklarining ichkari ochilishiga ruxsat beriladi. Ma'muriy binolarda ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun koridorga chiqadigan eshiklar ichkariga ochiladi (3.18-rasm).
Eshik polotnolari konstruksiyasiga ko'ra ichki eshiklar shchitli va ramkali bo'lishi mumkin, tashqi eshiklarning eshik polotnolari asosan shchitli qilib tayyorlanadi. Ularning har ikkalasi ham oynasiz yoki oynali bo'lishi mumkin. Shchit eshik polotnolari yaxlit yoki ichi bo'sh (kovak) bo'lishi mumkin. Shchitning chekka uchi (kromka) ga obkladka yyelimlab yopishtiriladi hamda ular ariqcha va taroq orqali biriktiriladi.
Ichki eshiklar uchun yaxlit eshik polotnolari ramka o'rtaligi va filyonkalardan iborat bo'ladi. Ramkali va oynali eshik polotnolariga filyonka o'rniga qalinligi 4 mm dan kam bo'lmagan oyna o'rnatiladi.
Ramka g’o’lalari va o'rta detallari ninabarg daraxt yog'ochlaridan yasaladi, u qoplanmagan yoki bargli daraxt yog'ochlaridan olingan shpon bilan qoplangan bo'lishi mumkin.
Ramkali eshiklarning g’o’lalari ulanadigan joyida ochiq bir turumli yoki qo'sh turumli, o'rtalik birikishlar esa yopiq turumli bo'ladi. Birikishlar qo'shimcha ravishda yog'och mixlar bilan qotiriladi.
Filyonkalar ninabarg yoki bargli daraxt yog'ochlaridan, duradgorlik, yog'och-qirindili yoki yog'och-tolali plita va fanerlardan tayyorlanadi. Filyonkalar va oyna o'yiqqa (paz) o'rnatiladi, choraktalik profil qirqimga yoki ikki tomonidan raskladkalar bilan mahkamlanadi. Raskladkalar burama mix yoki shpilkalar bilan qotiriladi.
O'yiqqa o'rnatilgan filyonka va oynani ramkadan chiqarib olish mumkin emas, xuddi shuningdek, uni yig'ish va polotnoni pardozlash ham qiyin ish hisoblanadi.
3.19-rasmda ichki eshiklarning yaxlit va oyna solinadigan polotno detallarining kesimlari ko'rsatilgan. Eshik polotnolari balandligiga ko'ra 2000, 2100 va 2400 mm bo'ladi, kvartiraga kiradigan bir tavaqali eshik polotnolarining kenghgi 900 mm, xonalararo eshiklarniki 800, 850 mm, yordamchi xonalarniki esa 550, 600 va 700 mm bo'ladi. Ikki tavaqali eshiklarning kenghgi 1200 mm dan 1800 mm gacha bo'ladi. Bir yarim tavaqali eshik polotnolarining kenghgi esa 200, 300 va 400 mm qilib yasaladi. Shchitli va ramkali standart eshiklarning qalinligi 40 mm (kvartira ichki eshiklari) va 30 mm (vanna-xona eshiklari va boshq.) qilib yasaladi.

3.18-rasm. Eshik turlari:


a-bir tavaqali ochiladigan; b-ochilishi cheklangan; c-surilma polotnoli; d-tebranma polotnoli; e-aylanma polotnoli, f-yig'ma.



3.19-rasm. Ichki eshiklarning yaxlit va oyna solinadigan polotno detallarining kesimlari:
1 - obkladka; 2 - raskladka; 3 – oyna.

Ichki eshik polotnolarining konstruksiyasini yaratishda ularmng shakl o'lchami (unifikatsiya qilinganligi) va arxitektura yechimlari hisobga olinadi. Polotno filyonka va oyna o'rnatish uchun unifikatsiya qilingan teshik (bo'sh joy) ka ega. Teshikka filyonka yoki oyna o’rnatish bilan turli arxitektura yechimiga ega yaxlit oynali eshik polotnolarini polotno konstruksiyasini o'zgartirmay tayyorlash mumkin. Unifikatsiya qilingan detallari va yig'ma birliklari soni ko'p bo'lgan buyumlar konstruksiyasini yaratish unifikatsiyasi kam yoki umuman bo'lmagan buyumlarga qaraganda texnologik jihatdan unumli hisoblanadi.


Burchakli birikmalar. Bruslar va xodalardan devor qurishda, sinchli va boshqa yog'och konstruksiyalarning yuqorigi hamda pastki jaspaklarini qilishda bruslar, xodalar burchak ostida birlashtiriladi. Duradgorlik buyumlari birikmalarining asosiy turlariga yog'ochning yarim qalinligida, yarimpanja qalinligida, tirnoqlar yordamida burchak ostida birlashtirish kiradi. Yog'ochning yarim qalinligida o’yib kirgizish usuli birlashtiriladigan bruslar uchlari qalinligining yarmini chopib tashlash yoki kesib tashlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Uchlar chopib tashlangandan keyin burchak ostida birlashtiriladi. Yarim panja qalinligida birlashtirish uchun bruslar uchlarida qiya tekisliklar qirqib hosil qilinadi



3.16-rasm. Turumli birikmani hosil qilish. a-tirnoqlar va o’yiqlar shaklini rejalash; b-o’yiq elementini arralash; c-arralangan turumlarni ochish; d-tayyor birikma.


. Bruslarning ishlov berilgan uchlari zich qilib birlashtiriladi. Burchak ostida o’yib kirgizish ham yog'ochning yarim qalinligida o’yib kirgizish kabi bajariladi, ammo bruslarning birida yog'ochning bir qismi arralab tashlanadi.
Download 488 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling