"Chol va dengiz" amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning 1952-yilda Bagama orollarida yozilgan va nashr etilgan romani. Xemingueyning hayoti davomida nashr etilgan so‘nggi taniqli asari


Download 18.36 Kb.
Sana15.06.2020
Hajmi18.36 Kb.
#118901
Bog'liq
Chol va dengiz


“Chol va dengiz” – amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning 1952-yilda Bagama orollarida yozilgan va nashr etilgan romani. Xemingueyning hayoti davomida nashr etilgan so‘nggi taniqli asari. Kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayotidagi eng katta o‘ljaga aylangan ulkan marlin bilan ochiq dengizdagi jangi haqida hikoya qiladi. Santyago ismli chol Kubadagi kichkina baliqchi qishloqda yashaydi va yolg‘iz o‘zi baliq tutadi. So‘nggi marta u 84 kunni dengizda o‘tkazgan, ammo hech narsa tutolmagan. Ilgari Manolin ismli bola u bilan baliq ovlagan, u cholga juda ko‘p yordam bergan, ammo bolaning ota-onasi Santyagoni omadsiz deb hisoblab, o‘g‘liga boshqa qayiqda dengizga borishni buyurgan. Chol Manolinga baliq ovlashni o‘rgatgan va bola Santyagoni yaxshi ko‘radi, unga yordam berishni xohlaydi. U xo‘rak uchun sardina sotib oladi, cholning kulbasiga ovqat olib keladi. Chol azaldan qashshoqlikka ko‘nikkan.Ular bola bilan baliq ovi hamda taniqli beysbol o‘yinchilari haqida suhbatlashishadi. Kechasi chol yoshligidagi Afrikani va “qirg‘oqqa chiqqan sherlarni” tushlarida ko‘radi.Ertasi kuni ertalab chol baliq oviga boradi. Bola unga yelkanni ko‘tarishda, qayiqni tayyorlashda yordam beradi. Cholning aytishicha, bu safar u omadga ishonadi.Baliq ovlovchi kemalar birin-ketin qirg‘oqdan suzib, dengiz tomon yo‘l oladi. Chol dengizni yaxshi ko‘radi, uni ayol kishini eslagan kabi entikib o‘ylaydi. Ilmoqqa xo‘rakni ilgandan so‘ng Santyago qushlar va baliqlar bilan xayolan muloqot qilib, asta-sekin suzadi. Yolg‘izlikka o‘rganib qolgan chol o‘zi bilan o‘zi gaplashadi.Oldin o‘zi yolg‘iz qolganida u kuylardi; u ba’zan hatto tunda, katta yelkanli qayiqlarda suzganda yoki toshbaqalarni ov qilganda ham qo‘shiq aytgan.Chol okeanning turli jonzotlarini biladi va ularga juda yumshoq munosabatda bo‘ladi.Avvaliga Santyago kichkina tunets balig‘ini ushlaydi. U tunetslar suruvi atrofida uning xo‘raklarini yaxshi ko‘ruvchi katta baliq bor deb umid qiladi. Ko‘p o‘tmay chol qarmoq o‘rnini bosadigan yashil novdaning yengil silkinishini sezadi. Qarmoq ipi pastga tortila boshlaydi va chol qo‘lga tushgan juda katta baliqning vaznini his qiladi.Chol qalin baliq ovlash ipini tortib olishga harakat qiladi, ammo u muvaffaqiyatga erishmaydi – katta va kuchli baliq u bilan birga yengil qayiqni tortib ketadi. Chol uning yonida bola yo‘qligidan afsuslanadi – Santyago baliq bilan olishayotganida Manolin boshqa qarmoqlardan o‘lja oli turishi mumkin edi.Oradan taxminan to‘rt soat o‘tadi. Oqshom yaqinlashmoqda. Cholning qo‘llari tilinib ketgan, baliq ovlash ipini orqasiga tashlaydi va uning ostiga qop qo‘yadi. Endi Santyago qayiq tomon suyanib, biroz dam olishi mumkin.Qarilikda odam yolg‘iz qolishi mumkin emas... Ammo, bu muqarrar.Tun. Baliq qayiqni qirg‘oqdan uzoqroqqa tortadi. Chol charchagan, lekin baliq haqidagi o‘ylar uni bir lahza tark etmaydi. Ba’zan u unga achinadi – katta, kuchli va keksa baliq, chol yashashi uchun o‘lishi kerak. Santyago baliq bilan gaplashmoqda: “Men o‘lgunimcha sendan ajralmayman”.Cholning kuchi tugayapti, baliq esa charchamaydi. Santyago tongda tunets yeydi – uning boshqa ovqati yo‘q. Chol baliq suv yuzasida paydo bo‘lishiga umid qiladi va keyin uni nayza bilan o‘ldirishi mumkin.Nihoyat, suv yuzasida baliq paydo bo‘ladi. U Quyoshda tovlanadi, boshi va orqasi to‘q binafsha rang, burnining o‘rniga esa – qilich, xuddi beysbol bitasi kabi uzun. U qayiqdan ikki fut uzunroq.Keyin esa chol shu baliqni qo’lga kiritib uyga olib ketish uchun kurashadi keying voqelar shu bo’yicha boradi.Asar haqiqy sabr toqat chidam timsoli deb o’ylayman. Undaan inson maqsadidan qaytmasligi bardoshli qiyinchiliklar oldida kuchli va sabrli bo’lish kerakligini o’rganadi. Bundan tashqari men Xeminguyning “Alvido qurol ‘romanini ham o’qiganman.bu asar esa ikkinchi jahon urushi haqida ketadi asarda urush manzarlari deyarli ko’p emas unda odamlar voqelar ko’proq gospitallarda kichadi,insonlar nima uchun urushayapti maqsad nimaligi haqida umuman unutib qo’yishganligi tasvirlangan .asar o’sha davr insoning psixologiyasini ochib bergan deya olaman.
Download 18.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling