Cholgu musiqa


Download 98.26 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi98.26 Kb.
#1166697
Bog'liq
Cholg\'u musiqasi 4 sem 2 mav


CHOLGU MUSIQA

O’ZBEKISTONDA SIMFONIK MUSIQANING RIVOJLANISH JARAYoNI


Musiqiy san’atning turlari orasida SIMFONIK MUSIQA eng murakkab janrlar qatoriga kiradi. Tarixdan ma’lumki professional kompozitorlarning ijodiy izlanishlari tufayli Cholg’u musiqaning turli shakl va janrlari avval 16 – asrda Itali yada paydo bo’la boshladi. Kelgusi asrlarda “Simfonik syuita”, “Uvertyura”, “Simfonik poema”, “Simfonik ballada”, “Simfoniato”, “Rapsodi ya” va eng murakkab fan sifatida – salobatli, ko’p qismli “Simfoniya” va “CHolg’u kontsert” nomli atamalar bilan belgilanuvChi cholg’u musiqalar hamda simfonik orkestrlar G’arbiy Yevropa mamlakatlarida va Rossiyada, kompozitorlar ijodida shakllandilar va rivojlandilar. Simfonik musiqani uslubiy yunalishi va rivojlanish jarayoni kompozitorlarning falsafiy dunyoqarashlari, istehdodi va ilmiy darajalari bilan bog’liq bo’ldi. Ular o’z davrlarining siyosiy iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy ehtiyojlari, imkoniyatlari bilan hamohang ravishda ijod qilishga harakat qiladilar. Umuman davr-musiqiy sahnatning, simfonik asarlarning mazmuni, uslubiy yo’nalishlarning va taraqqiyot sari intilish (tenden tsi ya)larini ro’yobga keltiradi. Kompozitorlar ijodiy faoliyatlarida o’z davrlarini simfonik asarlarda ifodalashga mumkin qadar ahamiyat berganliklari natijasida, asrlar davomida, insonlarga mahnaviy ozuqa bera oladigan noyob simfonik asarlar bunyodga keldi. Simfonik musiqani turli janrlarini rivojlanish jarayonida “Vena musiqa maktabi” muhim rolm o’ynadi. XVIII-XIX asrlarda Korelli, Vivalg’di, Gaydn, Bax, Gendelь, Motsart, Betxoven, SHubert, SHuman, Paganini, Smetana, Dvorjak, List, SHopen, Grig, Sibelius, Enesku, Glinka, Borodin, Musorskiy, Rimskiy-Korsakov, CHaykovskiy kabi ulug’ kompozitorlarning yaratgan “Simfoniya”, “CHolg’u kontsert” va simfonik musiqani boshqa shakllaridagi asarlari jahondagi barCha simfonik orkestrlarni, hamda mashhur sozandalarni asosiy repertuarlari bo’lib kelmoqdalar.
XX asrda simfonik orkestr va simfonik musiqani barCha janrlari G’arb va SHarq mamlakatlarda keng rivojlandi va rivojlanmoqda. Bu davrda “Klassi tsizm”, “Romantizm” uslubiy yo’nalishlardan tashqari “Impressionizm”, “Ekpressionizm”, “Syurrealizm”, “Serializm”, “Kallash”, “Avangardizm” kabi uslubiy oqimlar avval G’arb kompozitorlarning ijodlarida paydo bo’ldi. Kelgusida butun dunyoda kompozitorlar, o’z dunyoqarashlari, oldilariga qo’ygan ijodiy maqsadlari bilan bu “izm”larga murojaat qilganlar va qilmaganlar bor. Umuman, o’tgan asrda, simfonik musiqani turli janrlarida, turli uslubiy yo’nalishlarda ijod qilgan kompozitorlarning orasida; Berlioz, Ravelg’, Brams, Brukner, Stravinskiy, Raxmaninov, Glazunov, Skr yabin, Prokof’ev, SHostakoviCh, XaChatur yan va boshqa kompozitorlarning simfonik asarlari jahon bo’ylab simfonik orkestrlarning sadolarida jaranglamoqdalar.
O’zbekistonda esa eng avval simfonik orkestr 19-asrni oxirlarida, ya’ni 1884 yili rusiyzabon san’atkorlari “Toshkent” musiqiy jamiyatini tashkil qilishadi. Jamiyat tarkibida xor jamoasi, damli orkestr musiqa maktabi va 1896 yili dirijyor V.Mixalek ( millati Chyox)-simfonik orkestr tashkil qildi. Orkestrni repertuari asosan yuqorida zikr qilingan Yevropa va rus kompozitorlari simfonik asarlaridan tuzilar edi. 1915 yili dirijyor F. Sedlyachek ( millati chex) birinchi jahon urishida asir tushgan avstri yalik nemis, rumin, madg’ yar, Chex askar sozandalaridan simfonik orkestr tuzdi. Mazkur orkestr tez orada mashhur bo’ldi. Uning kontsert dasturini asosan Gaydn, Mo tsart, Betxoven, List, Vagner, CHaykovskiy, Brams, Grig, Kalinnikov, Skr yabin va boshqa kompozitorlarni simfonik asarlari tashkil qilar edi. Bu orkestrga: V.V. Leysek, V.I.Mixalek, N.N. Mironov, CHernyavskiylar ayrim-ayrim vaqtda dirijyorlik qilishgan.
1919 yilni 3 avgustida F.F.Sedlyachek va V.A.Uspenskiy Turkiston harbiy okrugi qaramog’ida Qizil soldatlar klubini tashkil qildilar. Ushbu klubda turli-tuman madaniy-oqartuv tadbirlar, kontsertlar o’tkaziladigan bo’ldi. Bu uslubni sahnasida “Toshkent Halq Konservatori yasi”ning V.A.Uspenskiy rahbarligida xor jamoasi va F.F.Sedl yaChok rahbarligidagi simfonik orkestr yangi- yangi dasturlar bilan kontsertlar berishar edi. Harbiy asir san’atkorlaridan tuzilgan bu simfonik orkestr 1920 yili Vatanlariga qaytish arafasida katta kontsert berdi va yo’lda “Orol dengizi” stan tsi yasida, o’sha yilni 16 iyulida ikkinChi xayrlashuv kontsertini berdi. Ushbu simfonik orkestrning faoliyatini “Izvesti ya”1 Kraykom shunday tahriflaydi “Toshkentda o’tkazilgan har bir katta tadbirlarda, kundalik musiqiy hayotda, soldat va ofi tserlar K.Marks klublarida, shahardagi boshqa sahnalarda F.F.Sedlyachekni simfonik orkestri kontsertlari orqali xalqlarni, soldatlarni va yoshlarni musiqiy onglarini tarbi yalashda samarali xizmat qildi. Turkistonning madaniy hayotida chex san’atkorlarining xizmatlari juda katta”.
1918-yili professional va havaskor xonanda, sozanda, raqqoslarni birlashtiruvChi “Opera shirkati” tuziladi. Uning tashabbuskorlari “opera xonandalari” V.Yu.Karelin, A.P.Vlasov, kompozitorlar V.A.Uspenskiy, N.N.Mironov xor dirijyori V.F.SakoviCh bo’ldilar. SHu “Opera shirkati” asosida 1920-yili “Toshkent davlat rus opera va balet” teatri xonanda sozanda raqqosalarni birlashtiruvChi “opera shirkati” tuzildi. Uni tashabbuskorlari: opera xonandalari V.L.Karelin, A.P.Vlasov, kompozitorlar V.A.Uspenskiy, N.NMironov, G.I.Glier, artist, skripkaChi Ye.A.Kern yavskiy, xor dirijyori V.F.SakoviCh bo’ldilar. SHu “opera shirkati” asosida 1920 yili “Toshkent davlat opera va balet teatrlari” I.CHaykovskiyning “Evgeniy Onegin” va A.S.Dargomqjskiyning “Rusalka” (“Suv parisi”) operalari bilan ish faoliyatini boshladi. Teatrning simfonik orkestri esa tez-tez simfonik kontsertlar ham uyushtirardi. Mazkur orkestr asosan klassik kompozitorlarni simfonik asarlarini targ’ibot qilish bilan birga, mahalliy xalqlarning musiqiy merosi asosida yaratilgan rus kompozitorlarining simfonik asarlarini ham ijro qilar edi. Masalan: 19-asrning 20-yillarida kompozitor V.A.Uspenskiy mahalliy xalqlarning qo’shiqlari “Akromxon” (afg’onCha), “Zulayxo” va “SulusoCh” (qozoqCha), “Zar kokil” (o’zbekCha) kuylarni garmoni yalashtirib simfonik syuita yaratdi. Kompozitor va “Gayra-gayra”, hamda to’rtta o’zbekcha: “Sarbozcha”, “Azizim”, “Layzon gul” hamda to’rtta qozoqCha kuylarni garmoni yalashtirib teatrning simfonik orkestri ilk bor ijro etdi. Mazkur asarlar birinChi tajriba bo’lishlariga qaramasdan, ularning mohi yati katta. CHunki ushbu tajriba shuni ko’rsatdiki, anhanaviy xalq kuylarini ko’p ovozli G’arb musiqa san’atiga xos garmoni ya va polifoni ya vositalari orqali payvand (sintez) qilib boyitish mumkinligini isbotlab berdi.
XX asrni 20 yillaridan boshlab O’zbekistonda siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hayotda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ddi. SHu bilan birga o’zbek xalqining dunyoqarashida, mahnaviy va musiqiy hayotida hamda tafakkurida ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. Istiqlol yo’lida yangilikka intilishlar, musiqiy san’atda esa anhanaviy milliy musiqaning barCha tarmoqlari rivojlantirishi bilan birga Yevropa mamlakatlarida shakllangan ko’p ovozli musiqiy san’atning turli shakl-janrlarini, garmonik va polifonik fonlarni qoida va vositalarni o’rganish, amaliyotda qo’llash kun sayin ortib bordi. SHu davrdan boshlab simfonik musiqaga qiziqish, hamda o’zbek elida uni qo’llash va rivojlantirish uChun ham zamin yaratildi.
O’zbekistonda milliy simfonik musiqani barCha janrlarida asarlar yaratishda kompozitorlar, taxminan, quyidagi ijodiy metodlarni, erkin ravishda, qo’llamoqdalar:
1. Xalq kuyi (melodiya)ni o’zgartirmasdan uni garmoni yalashtirish va Cholg’ulashtirish;
2. Xalq kuyini qayta ishlash, ya’ni ayrim o’zgartirish tufayli mavzuni rivojlantirish;
3. Xalq kuyini ixtibos ( tsitata) sifatida qo’llash va rivojlantirish;
4. Xalq musiqasini intona tsi ya, usul tebranish xususi yatlaridan mukammal foydalanish orqali asar yaratish;
5. Mustaqil ravishda, milliy ruhda, mualliflik-original tema asosida simfonik asar yaratish.
Mazkur ijodiy uslublarning barChasini qo’llashda, har bir kompozitor, o’z ijodiy imkoniyatidan kelib Chiqib, erkin ravishda asar yaratadi. Kompozitorlarning simfonik asarlarini tahlil qilishda, qaysi metodlar qo’llanganligi, mumkin qadar, asar to’g’risida fikrlash imkoniyatini ham tug’diradi.
O’zbekistonda simfonik musiqani rivojlantirish jarayonini, bosqiChma-bosqiCh uCh davrda o’tmoqda. BirinChi bosqiCh XX-asrni 20-40 yillarida asosan Rossiyadan qisqa vaqtga kelgan va Toshkentda doimiy ravishda istiqomat qilgan rus kompozitorlari, mahalliy xalqlar kuylari asosida, yuqorida ko’rsatilgan uslublar orqali, simfonik musiqani turli shakl-janrlarida, rang-barang, xilma-xil simfonik asarlar yaratishdi. Bular: V.Deshevovning “Samarqand syuitasi” (1930), M.Ippalit-Ivanovning “O’zbekistonning musiqali manzarasi” (1931), V.Zolotarevning “O’zbekCha rapsodi ya” va “Farg’onacha marsh” (1931), S.Vasilenkoning “Sove tskiy Vostok” syuitasi (1932). Bu asarlar qatori o’sha yillarda, O’rta Osiyo xalqlarining kuylari asosida: M. Ippolit-Ivanov “Turkmaniston Cho’llarida”, V.Zolotarev “TojikCha syuita”, S.Vasilenko “Turkmaniston manzaralari”, B.SHixter “Turkmaniston”, N.CHemberdji “TojikCha syuita”, L.Kniper “VanCh” simfoniyalari kabi asarlar bunyodga keldilar. Tilga olingan barCha asarlarni birinChi bor yuqorida zikr qilingan teatrning simfonik orkestri ijro etgan edi.
Bu davrda talaba kompozitorlar M.Ashrafiy, T.Sodiqov va SH.Ramazonovlar, N.N.Mironovning rahbarligida “Sadrash” nomli ilk bor simfonik asarlar yozdilar. M.Ashrafiyning simfonik orkestr uChun “Qurilish marshi” nomli asar yaratdi. Talabalik yillarda yozilgan bu ikki simfonik asarlar mazmun va badiiy jihatdan sayoz asarlar edi. Lekin ular birinChi tajriba edi. M.Burxonov Moskva Konservatori yasida ta’lim olayotgan talabalik yillarida “O’zbekiston qizi” nomli uCh qismli simfonik syuita yaratdi, konservatori yaning talabalar orkestri ilk bor ijro etgan. M.Leviev Leningrad Konservatori yasida o’qib yurgan paytida kompozi tsi yadan dars beruvChi professor X.S.Kushnarevning sinfida turli respublikalardan kelgan talabalar o’rtasida “Eng yaxshi simfonik asar yaratish” tanlov (konkurs) o’tkazilgan. BirinChi, ikkinChi va uChinChi darajali mukofotga ega bo’lgan asarlar Leningrad Filarmoni yasining katta simfonik orkestri ijro etadi va pul mukofot bilan taqdirlanadi, deb ehlon qilingan edi. M.Leviev yaratgan “Nurxon”2 nomli simfonik poema birinChi o’ringa sazovor bo’lgan. Leningrad Filarmoni yasining katta simfonik orkestri 1938 yili ijro etgan. O’sha yili dirijyor B.I.Ratner ikkinChi marotaba ijro etgan.
1936 yili Toshkent davlat konservatori yasi tashkil topishi bilan, Moskva va Leningrad Konservatori yalarini bitirgan, turli mutahassis va pedagoglar ishga taklif qilindi. Ularning orasida kompozitorlar: A.F.Kozlovskiy, G.A. Mushelь, B.B.Nadejdinlar ham bor edi. Bu kompozitorlar butun hayot va ijodiy faoliyatlarini milliy kompozitorlarni tarbi yalashga, o’zbek xalq musiqiy merosini barCha xususi yatlarini o’rganishga, hamda musiqani turli shakl va janrlarda o’zbekCha musiqiy asarlar yaratishga baxshida qildilar.
Masalan: 1937 yili A.F.Kozlovskiy programma (mazmunli dastur)li “Lola” nomli uCh qismli simfonik syuita yaratdi. Syuitani I-Chi qismi «Lola teruvChilarining bozor maydonida yig’ilishlari va ularni kuzatish», II-qismi “Farg’ona bog’lari tunda”, III-qismi “Lola teruvChilarining qaytishi”, “Lola sayli”. O’lkamizning go’zal tabiat manzaralarini, tog’ etaklarida, adirlarda, bog’larda bahor faslida qip-qizil oChilgan lolalarni ko’rishga baxramand bo’lgan kompozitor Kozlovskiy, o’zining quvonCh his-tuyg’usini, ramziy sifatda, orkestr sadolarida ifodalashga harakat qilgan. Asarni yozishda u o’zbekCha kuylarni ohang, usul-intona tsi yalari, parda (lad) xususi yatlarini ( ya’ni natural lad)lardan mukammal ravishda foydalangan. SHu bilan birga o’zbek sozandalarni ijroChilik usullariga, har xil usuliy-qoChirmalarga o’xshatma taqlidlar orqali asarni umumiy jaranglash temp-bo’yoqlarga ahamiyat berganligi sababli syuita tinglovChilarda yaxshi taassurot qoldiradi. Syuitani birinChi qismi ko’tarinki, harakatChan ruhda yozilgan bo’lsa, uChinChi qismi tantanavor dinamik tebranishlar umumiy shodiyona avj (apogey) Cho’qqisiga ko’tarilishi bilan tugaydi. Syuitani ikkinChi qismi esa bularga kontrast sifatida naqadar so’lim, xushbo’y, oydin keChalarni his qiladi tinglovChi. Kompozitorning ilk bor milliy ruhda yaratgan simfonik syuitasi, uning ajoyib jozibali orkestr sadolari shundan dalolat berdiki, musiqa jamoatChiligi oldida nozik tabiatli, o’tkir didli, bilimdon san’atkor gavdalandi. Uning kelgusidagi ijodiy faoliyati bu fikrni tasdiqladi.
SHuni aytib o’tish joizki, A.F.Kozlovskiyning ushbu simfonik syuitasini musiqashunos N.S. yanov- yanovska ya impressionizm uslubiy yo’nalishda ijod qilgan fran tsi yalik Ravelg’ va ayniqsa Debyussi ijodlari bilan taqqoslaydi. Qo’llanilgan uslubiy vositalarni tahlil qilib, xulosa Chiqaradi. “Kompozitorlar Ravelg’ va Debyussilarni tahsirlari bo’lishiga qaramay A.F.Kozlovskiy mustaqil ravishda, milliy simfonik syuita yaratdi”3 deydi.
1937 yili G.A. Mushelь uCh qismli birinChi simfoniya (mi minor) asarni yaratdi. Asarning g’oyasi va mazmuni xaqida kompozitor o’zi birinChi ijrosiga yozilgan dasturda shunday tahriflaydi: “BirinChi qism sonata-allegro shaklida yozilgan. Uning bosh partiyasi o’tmishni shavqa tsiz og’ir hayotni ifodalshda o’zbek xalq kuylarini intona tsi ya, usul-sinkopalari, tabiiy minor ladni qo’llab mavzu yaratdim, yordamChi partiyani o’zbek xalq qo’shig’i “ yalli yalli do’st”dan tuzdim. Bosh va yordamChi partiyalar rivojlanish jarayonida goh ajralgan holda, goh birlashgan holda, ya’ni yaxshilik bilan yomonlikni kurashlari orkestr sadolarida tasvirlanadi. 2- qism uCh qism shaklidagi o’zbek xalq qo’shig’i “CHamanda gul” asosida yozilgan. 3-final qismi esa rapsodi ya shaklida original tema bilan ikkinChi qismida “CHamanda gul” kuyi birlashishlari rivojlanib tantanovar ruhda asar tugaydi. Bu murakkab turkum ( tsikl)da ilk bor yaratilgan birinChi simfoniyani musiqashunoslar;
yan. B. Pekker, N.S. yanov- yanovska ya, T.S.Vizgolarning tahlillari rus tilida nashr qilingan kitoblarda yoritilgan4.
1937 yili R. M. Glier “Tantanovor uvertyura” rus klassik musiqasi anhanalari asosida yaratgan. Asarni musiqashunos N.S. yanov- yanovska ya shundan tahriflaydi: “Uvertyuraning tematizmi, bosh partiyadan tashqari turli millatlarning qo’shiq-quylari asosida, ya’ni ukrain xalq qo’shig’i “Oy, xmelyu jmit, xmelyu” bilan ozarbayjon va o’zbek xalq kuylari kiritilgan. Kompozitorning mahorati tufayli, bu har xil kuylar, uvertyuraning rivojlanish jarayonida tabiiy holda payvand bo’lib xalqlar do’stligini tantanovor ravishda ifolaydi”5. (4). Mazkur uvertyura sobiq SSSR Katta opera va balet teatrida, Okt yabrning 20 yiligiga bog’ishlangan tantanali kontsert dasturida 1937 yilni 6 no yabrda ilk bor jaranglagan.
1939 yili R.M.Glier Katta Farg’ona inshooti kanal quruvChilarini g’ayrat bilan ishlashlaridan tag’sirlanib “Farg’onada bayram”6. (Ferganskiy prazdnik) nomli uvertyura yaratdi. Kompozitor o’zbek halqining mehnat jasoratini, Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatini simfonik musiqa orqali ifodalashga harakat qilgan. Asar o’zbek va tojik xalq qo’shiqlari asosida yaratilgan. SHu bilan birga xalq musiqasini xususi yatlariga mansub bo’lgan usul, intona tsi ya, alg’tera tsi ya, ladlardan juda o’rinli foydalangan. Uvertyura erkin shaklda yozilgan, yag’ni kompozitor ham rapsodi ya, ham murakkab uCh qism, ham sonata kabi shakllarni xususi yatlardan erkin ravishda juda ham ustalik bilan ularni payvand qilgan. Tantanavor va lirik janrlardan tuzilgan bu uvertyura yorqin milliy ruhi bilan tinglovChini maftun qiladi. Kanal suvi daryo kabi jimir-jimir oqar, tabi yat va hayotning shunday go’zalligini his qilish, beniho ya zavqlar bayram tantanalariga Chorlaydi.
Xullas, XX-asrni 20-40 yillari O’zbekistonda simfonik musiqa asosan rus kompozitorlarning ijodiy faoliyatlarida bunyodga keldi va rivojlana boshladi. Ular mahalliy xalqlarni anhanaviy musiqa merosi xususi yatlarini o’rgandilar, milliy ruhda simfonik asarlar yaratishda ijodiy izlandilar va ilk bor simfonik musiqani turli shakl va janrlarida yuqorida zikr qilingan simfonik asarlarni yaratdilar. ya’ni, Respublikamizda ijod qilgan kompozitorlar, ayniqsa V.A.Uspenskiy, A.F.Kozlovskiy, G.A. Mushelь va R.M.Glier yorqin simfonik asarlar bilan XX-asr o’zbek musiqasi tarixida yangi sahifa oChib berdilar. SHu bilan birga yosh o’zbek talabalar ham simfonik musiqa yozishda ilk bor o’z ovozlarini Chiqara boshladilar. Eng asosiysi shu bo’ldiki, mazkur davrda, o’zbek zaminida zamonaviy yangiCha uslubiy yo’nalishda milliy simfonik asarlarni bunyodga kelishiga zamin yaratildi. SHu bilan birga 1947 yili O’zbekiston radio komiteti tarkibida dirijyor S.P. TSveyfelg’ (GorChakov) boshChiligida simfonik orkestr tashkil topdi. Orkestrning asosiy vazifasi O’zbekiston kompozitorlarning simfonik asarlarini targ’ibot qilish. Tashkil topgan yili A.F.Kozlovskiyning “Lola” syuitasini, G.A.Mushelning “I-simfoniya”sini, F.Talg’ning “O’zbekiston” simfonik poemasi va “Turkmenska ya syuita”sini, R.M.Glierni “Tantanavor uvertyura”sini va “Farg’onada bayram” uvertyurasini ilk bor ijro etdi. 1939 yili orkestrga bosh dirijyor va badiiy rahbar qilib kompozitor va dirijyor B.V.Brov tsin tayinlandi.
1938 yili esa O’zbekiston davlat filarmoni yasining tarkibida dirijyor Petr SHpitalg’nqy rahbarligida simfonik orkestr tashkil topdi. yaqin orada orkestrga kompozitor va dirijyor A.F.Kozlovskiy 1938-1948 yillarda dirijyor va maslahatChi sifatida ishladi. 1949-1965 yillarda esa u orkestrni bosh dirijyori va badiiy rahbari lavozimida faoliyat ko’rsatdi.
O’zbekistonda mazkur ikkita simfonik orkestrning birin-ketin tashkil topishlari madaniy hayotda katta voqea bo’ldi. SHu bilan birga kompozitorlarga simfonik musiqalar yaratishga turtki bo’ldi va katta imkoniyat yaratildi.
1941-1945 yillari dahshatli ikkinChi jahon urushi paytlarda ham O’zbekistonda simfonik musiqani turli shakl va janrlari kompozitorlarning ijodlarida qizg’in ravishda rivojlana boshladi. Urush davrida barCha san’atkorlar davrning muhit talablariga “Labbay” deb javob berdilar. Ular jangovar va lirik qo’shiqlar bilan turli mavzularda musiqali sahna asarlar, kamer musiqiy asarlar va simfonik musiqalar yaratdilar. ya’ni dahshatli urush san’atkorlarning ijodiy faoliyatlarini to’xtata olmadi. Urush yillari quyidagi simfonik asarlar bunyodga keldi: 1941 yili G.A. Mushelь ulug’ shoir Alisher Navoiyning tavalludining 500 yilligiga bag’ishlab to’rt qismli ikkinChi (fa minor) simfoniyasini yaratdi. Asarni qismlarining har biri A.Navoiyning g’azallaridan epigraflar keltirgan. Ular simfoniya qismlarini g’oyaviy mazmunlarini tinglovChilarga oChib berishga yordam beradi. 1- Chi qism “mening boshim kuzgi xazonrezdek, sen bilan bahor bog’lardagi shodiyona”, bu qism sonata allegrosi shaklida yozilgan xayoliy musiqiy obraz tufayli o’tmish hayotni ham shodlik, ham qayg’uli kunlarni eslash ruhiy keChirmalar orkestr, sadolarida jaranglaydi. 2-qism “Ey, Navoiy, umr o’tar yeldek ko’zingni shod tut, yelga yetmak mumkin emasdur Chu surhat kurguzub”. ya’ni o’tkinChi hayot og’ir bo’lsa ham, uning lazzatlari bor fikr, tez va nafis shaklida yoziladi. 3-qism “Ne ajab xayron meni Majnun boshida yoralar, Baski yozdi ustiga atfol elidin xoralar”. Musiqada, bu poetik qayg’u obraz, o’z aksini topgan. IV- final qism “Gul bo’lsa Chamanga bo’lmasun dard, kun bo tsa falakka yetmasun gard”. Ushbu fikr dahshatli urush yilida yozilishiga qaramasdan, yangi zamon ruhi bilan hamohang bo’lib optimistik sadolar bilan asar tugaydi.
Mazkur ikkinChi simfoniyada xalq kuylaridan kompozitor aniq foydalanmagan, mualliflik original tematizmini milliy kuylarga ohangdosh qilib yaratgan. Temalarni rivojlantirish usullari epik simfonizm anhanalariga yaqin bo’lsada, lekin asarni dramaturgi yasida lirik va dramatik kollizi yalar mavjud. Umuman asar monumentalligi, qismlarni rang-barangligi, milliy ruh bilan boyitilganligi tinglovChini fikr-xayolini olis-olislarga Chorlaydi.
1942 yili G.A.Mushel’ uChinChi (solg’ minor) simfoniyani yaratdi. Bu bir qismli asar bo’lishiga qaramasdan, ko’p qismli simfoniyani asosiy janr xususi yatlari saqlangan, ya’ni,og’ir surhatli katta muqaddima, ikki temali ekspozi tsi ya, keng ko’lamli rivojlov rivojlanish jarayoni, motamsaro marsh harakatli epizod, dinamik repriza, kengaytirilgan kodani o’z iChiga oladi. Simfoniya muay yan aniq dasturga ega emas, lekin urushning fojeali qarama-qarshi kurashlar musiqaning sadolarida aks ettirilgan. Simfoniyada kompozitor avvalgi asarlarda qo’llanmagan badiiy usul orqali lirik va dramatik temalarni rivojlantrish jarayonidagi kurashlarni garmoni ya vositalari bilan ifodalashda dissonans akkordlarni ustivor ishlatgan. SHu sababli asarni lirik temasi dissonans akkordlarni umumiy jarangdosh sadolarida susayib qolganligi sezilarlidir. SHunday bo’lsa ham asarni ekspozi tsi yasida namoyon bo’lgan lirik tema rivojlovda tahsirChanligi susa yadi, epizodda Chuqur qayg’uga to’ladi, reprizada jiddiy ko’tarinki ruhda bo’lib, niho yat, kodada go’yo xalok bo’lgan qaxramonlarga mangu qo’shiqdek orkestr sadosi tantanavor yangraydi.
O’zbekiston kompozitorlari uyushmasida G.A.Mushelning ikkinChi va uChinChi simfoniyalarini jamoatChilik tomonidan muhokama qilingan. So’zga Chiqqan S.N.Vasilenko, M.O.SHtenberg V.Voloshinov, T.Vыzgo, Yu.Tyulin, B.Arapova asarlar xaqida o’z taassurotlarini bayon qilishda G.Mushelni ijodiy yutuqlariga yuqori baho berib, shu bilan birga asarlarni ayrim kamChiliklariga ham to’xtab o’tganlar. M.Ashrafiy esa G.Mushelni ijodini yaxshi tomonlarini ifodalab jiddiy tanqidda shunday deydi: “Mening do’stim G.A.Mushelni ijodi to’g’isida o’z fikrimni aytmoqChiman. Men o’ylaymanki musiqashunos T.S.Vыzgo va boshqalar kompozitorning ijodini ortiqCha maqtadilar. Mening bilishimCha kompozitor temalarni o’zbek xalq qo’shiqlari asosida tuzganlar bu yomon emas, lekin o’z original tuzgan temalarini birortasi o’zbekChaga o’xshamadimi? Yo’q! Tuzgan temalari qing’ir qiyshiq to’qmoq intona tsi yalari garmoni ya vositalari bilan rivojlantirgani yaqqol sezilarlidir. Men o’ylaymanki do’stimiz bundan kelgusi ijodlarda xulosa Chiqaradi”. Muhokamani boshqargan uyushmaning raisi T.Sodiqov so’zga Chiqqanlarning fikrlarini mahqullab, shunay degan edi: “G.A. Mushelь simfoniyalari bizning o’lkamizda ilk bor yaratildi, so’zga Chiqqanlar kompozitorning ijodiy yutug’i va kamChiliklari haqida o’z fikrlarini bayon qilishdi, men ularga qo’shilaman, lekin M.Ashrafiyni fikriga qo’shila olmayman. CHunki Mushelni tuzgan original temalarida milliy intona tsi ya va milliy ruh juda ham sezilarli.
Bu to’g’risida Pekker domla ham juda to’g’ri baho berdilar. O’ylaymanki kompozitorlarimizning ijodlarida yangi yana milliy simfonik asarlar paydo bo’ladi”7.
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi musiqashunos professor yan B.Pekker kompozitor G.A.Mushelning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan monografik kitobida kompozitorni juda ko’p asarini tahlil qilgan. UChinChi simfoniyani tahlilini oxirini shunday yakunlaydi: “1943 yili D.S.Blok dirijyorligida simfoniya ilk bor ijro etildi. TanqidChilar bu asarga yakdillik bilan baho berdilar. Kompozitor, Leningrad davlat konservatori yasining professori X.S.Kushnarev shunday deydi: “Simfoniyani muallifi o’zini musiqiy tilining milliy musiqiy til bilan uzviy ravishda payvand qila olgan. Orkestrni tembriga, sof jaranglashga milliy koloritiga Mushelь jiddiy ahamiyat bergan”. Kompozitor, professor M.O.SHteynberg asarni ham yuqori baholab, so’zning oxirida “BirinChi darajali mahorati porloq” degan8.
1943 yili atoqli shoir Hamid Olimjon VII-asrda arab istehloChilariga qarshi vatanning ozodligi uChun kurashda jonini fido qilgan “Oq, kiyimliklar xalq qo’zg’olonining rahbari “Muqanna”ga bag’ishlangan asarga V.A.Uspenskiy, G. Mushelь bilan hamkorlikda maxsus musiqa yozgan edi. 1944 yili V.A.Uspenskiy mazkur asarni musiqay asosida, besh qismli simfonik syuita yaratdi. Ularning nomlari: “Karvon”, “Olovga sig’inish”, “Irodaga qarshi raqs”, “Otashparastlar masjid ravog’i oldida”, “Guloyimning Chiqishi”. Bu syuitani beshta qismda, huddi H.Olimjonning dramma asaridagi yozuv dushmanga nafrat va muqaddas Vatanga bo’lgan muhabbat rang-barang, xilma-xil musiqa sadolarda o’z aksini topgan. ya’ni birinChi qism huddi A.P.Borodinning “V Sredney Azii” nomli asariga o’xshagan holda bir maromdagi usul sadosiga dilkashlik-lirik musiqiy obrazga qarama-qarshi ikkinChi qismida otashparastliklarni olovga sig’inishlari mahyus-g’amgin, darg’azab intona tsi yalar boyitilgan. UChinChi qismi esa asr tushgan arablarni lashkarboshining majburlangan raqsi arab musiqasiga xos, bir yarim tonlik sakrash usullari bilan sug’orilgan musiqa uning g’amgin qalb sadosini ifodalaydi. To’rtinChi qismi otashparastliklarni romantik xayoliy qalb sadolarini, orkestorni turli Cholg’u guruhlari orqali aks sado topadi. BeshinChi qismida Guloyimni so’zidan olgan epigrafda shunday deyiladi: “Xalq bilan qo’limda qiliCh Muqannaning oldiga ketmoqdaman mana senga jangovor lashkarlar, sen bilan doyim har qanday kurashga tayyor” katta bo’lgan bu qismni musiqasi marsh dadil-usul sadolari bilan, yuqoridagi qismlarni musiqalardan ajralib turadi. V.A Uspenskiy “Muqanna” syuitasida folg’klordan bevosita foydalanmagan, lekin musiqasi ma’lum darajada qadimiy va milliy intona tsi ya alomatlaridan foydalangan. Simfonik orkestrga 6 ta doira, nog’ora va safoyil kiritgan. Umuman syuitaning musiqiy ruhida nafrat, lirik, dramatik va Vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’ular, hamda qalbning to’lqininshlari aks etilgan.
Ikkinchi jahon urishi yillari, O’zbekistonda vaqtinCha istiqomat qilgan, kelgindi kompozitor: Yu.N.Tyulin, B.A.Arapov, M.O.SHteynberg, V.V.Voloshinov o’zbek xalq musiqa merosi orasida, turli janrlarda musiqiy asarlar qatorida, simfonik musiqalar ham yaratdilar. Simfonik asarlari orasida 1942 yili kompozitor M.O.SHteynberg yaratgan “Simfoniya-rapsodi ya” (uning beshinChi simfoniyasi) programmali- mazmundaligi va milliyligi bilan ajralib turadi. Mazkur asar Komiljon Jabborov va Saidjon Kalonovlar bilan hamkorlikda yozgan. SHu bastakorlardan u 17 ta kuy va qo’shiqlarni notaga yozib olib, ularni ayrimlaridan simfoniyada “ TSitata” sifatida foydalangan. “Simfoniya- rapsodi ya”9 to’rt qismdan iborat: 1-qism o’zbek xalqning og’ir tarixiy o’tmishi, 2-qismi “oq imperi ya”ni qo’l ostida jabr-jafo Chekkan xalqning zulmga qarshi kurashi va yangi sovet xokimi yatini o’rnatilishi ifodalanadi. 3-qism sobiq sovet O’zbekistonda xalq bayram tantanalari aks topgan. 4-qism Germani ya fashistlarini sovetlar Vataniga bosib kirishi, butun sovet xalqini dushmanga qarshi jiddiy kurashi va g’alabaga erishmog’i ifodalangan mazkur asarni tahlil qilmasdan shuni aytish joizki, simfoniyaga-niho yatda ko’p xalq ko’ylari kiritilishi, umuman simfonizm qonuni yatiga zid edi. SHu sababli asarni dramaturgi yasi bo’shroq bo’lib qolgan. Bu esa asar badiiy natijasini birmunCha nomuvofiqlikka olib keldi. Xalq ko’ylaridan foydalanish nuqtai nazardan u ajoyib namuna va mahorat maktabi bo’lsa, simfoniya janr nuqtai nazaridan qaraganda dramaturgi yani nuqsoni sezilarlidir. Ammo, uning 1942 yil “Tohir va Zuhra” uvertyurasi va 1943 yili “Ilgari” nomli Qaxramonlik uvertyurasida simfonizm xususi yatlari mukammal ravshida saqlangan.
Urush yillari yaratilgan simfonik musiqalar orasida V.V.Voloshinovning “O’zbekCha”si ham olqishga sazavor. Bu uCh qismli syuitani birinChi va uChinChi qismlari o’zbekcha ko’ylar asosida yozilgan bo’lsa, ikkinChi qismi esa eron xalq kuyi asosida yaratilgan. Syuitaning qismlari bir-birlari bilan g’oyaviy yoki umumiy dramaturgi ya bilan uzviy bog’lanmaganlar. Ular har biri alohida-alohida o’zlarini keng ravishida temalarni rivojlanish jarayonlari, garmoni yali fakturalarini o’zgarishlari va shakllarni mujassamliklari bilan ajralib turadilar. SHunga qaramay, umuman mazkur syuita o’zining katta hajmi va rivojlanish alomatlari bilan qiziqarlidir.
Ikkinchi jahon urishida fashistlarga qarshi kurashda jasorat ko’rsatayotgan o’g’lonlarga, hamda urushda xalok bo’lgan askarlarga bag’ishlab yosh kompozitor M. Ashrafiy 1942 yili birinChi «Qaxramonlik» va 1944 yili esa kelajak, g’alabaga, ishonChga xitob qiluvChi ikkinChi bir qismli “G’oliblarga shon-sharaf” nomli simfoniyalarni yaratdi. Ikkala simfoniyalarni ijrosi respublikamizning madaniy hayotida sezilarli voqea bo’ldi. Mutahassis san’atkorlarning orasida mish-mish gaplar ham paydo bo’ldi. ya’ni qanday qilib hali ijodiy tajribasi yo’q yosh kompozitor birdaniga shunday murakkab, badiiy simfoniyalarini yarata oldi, deb. Yillar o’tdi. Bu ikkala simfoniyaga kompozitorlar S.N.Vasilenko va A.F.Kozlovskiylar mukammal ravshida yordam berganlarini kundalik daftarlarida yozib qoldirgan ekanlar10.
Ikkinchi jahon urushi sobiq sovet xalqlarning ulug g’alabasi bilan 1945 yili tugadi. Urush yillari, davr talabidan kelib Chiqib, yuqorida tilga olingan simfonik asarlar asosan rus kompozitorlarining ijodiyotlarida bunyodga keldilar. Ularning ijodlarida, milliy asarlar yaritish uChun, turli ijodiy metodlarni qo’llab simfonik musiqani turli janrlarni rivojlantirdilar. Urushdan keyingi besh yillik davrda simfonik musiqa sohasida, kompozitorlarning ijodiy faoliyatlarida birorta ko’zga ko’rinadigan badiiy simfonik asarlar bunyodga kelmadi desa ham bo’ladi. Bunga sabab, kelgindi kompozitorlar o’z shaharlarga qaytdilar. Toshkentda istiqomat qilayotgan kompozitorlar musiqaning boshqa janrlarida ijod qilishga ko’proq ehtibor berdilar.
XX-asrning 20-40 yillarida respublikamizda simfonik musiqaning rivojlantirishida yuqorida tilga olingan rus kompozitorlar bilan, ko’p ovozli musiqiy uslubiy yo’nalishdan saboq olgan, ijod maydoniga ilk qadam kuygan K.Abdullaev, M.Ashrafiy, M.Burxonov, T.Sodiqov, SH.Ramzanov, G’.Qodirov, I.Hamraev, M.Leviev, S.Yudakov, S.Boboev kabi istehdodli kompozitorlar ijodiy faoliyatlarida tutilgan turli ijodiy muammolarni yengib, simfonik musiqani ayrim janrlarida bir talay, rang-barang, badiiy simfonik asarlar yaratishga mu yassar bo’ldilar. Albatta, mazkur kompozitorlarning ijodiyotlari jahon, ayniqsa, rus va sovet musiqiy taraqqiyotiga xos siyosiy-ideologik va turli uslubiy yo’nalish jarayonidan holi bo’lmadi. Bu yerda ham klassik, ham romantik, ham realizm, ham so tsealizm kabi metod prin tsiplari butun ittifoq miqyosida keChkan uslubiy izlanishlar va eksperimental mashqlar ruhida ijod qildilar desak mubolag’a bo’lmaydi. ya’ni, o’sha davrda yosh o’zbek kompozitorlar ham insoni yat badiiy va uslubiy tafakkuri taraqqiyoti yangidan- yangi estetik prin tsiplarini kashf eta boshladilar. SHu bilan birga o’zbek kompozitorlari o’z ijodiy faoliyatlarida SHarq badiiy anhanalari zamirida shakllangan va o’ziga xos milliy musiqiy uslubdan uzoqlashmaslikka harakat qildilar. Qisqa qilib aytganda, shu muhitda bunyodga kelgan ijodiy sintez muammosi intelektual izlanishlar, hamda ijodiy mahoratni oshirish yo’lidagi qiyinChiliklar butunlay barpo etilmagan bo’lsa ham, lekin kompozitorlar eng yaxshi simfonik asarlari bilan o’zbek zaminida simfonik musiqani milliy ruhda rivojlantirish mumkinligi isbotlab berdilar va kelgusida simfonik musiqani barCha janr va shakllarni rivojlanishiga zamin yaratdilar.
XX asrning 50-60 yili zamonaviy o’zbek professional musiqiy san’atning rivojlanish jarayonida tamal toshini qo’ygan, yuqorida zikr qilingan kompozitorlarning safiga, konservatori yani bitirgan, Ikrom Akbarov, Fattox Nazarov, Doni Zokirov, Abduraxim Muhammedov, Hamid Rahimov, Dadaali Soatqulov, Rashid Hamroev, To’lqin Qurbonov, Sayfi Jalil, Sulton Hayitboev, Matniyoz Yusupov, Enmark Salixov, Aleksandr Berlin, Sovet Varelas, Feliks yanov – yanovskiy, SHoxida SHoimardonova, Dilorom Saidaminova, Zumrad To’yChieva, Rumilg’ Vilg’danov, Alg’bert Malaxov, Vladimir Milov kabi istehdodli yosh kompozitorlar qo’shildilar. Mazkur kompozitorlar simfonik musiqa yaratishda izlandilar, o’zlarini ijodiy imkoniyatlarini sinab ko’rdilar. Ularni ayrimlari bitta, ikkita simfonik asar yaratganidan so’ng, bu janrga butunlay qo’l urmay qo’ydilar.
Boshqa bir guruh kompozitorlar simfonik musiqani barCha janrlarni rivojlantirish jarayoniga katta ehtibor berdilar.
Rapsodi ya, simfoniya va Cholg’u kontsert kabi xilma-xil, rang-barang, badiiy savi yasi baland asarlar bunyodga keldi. SHu davrda o’zbek simfonik musiqasi yangi bosqiChga ko’tarildi va ustuvor san’atga aylandi.
XX asrni 70-80 yillarida esa o’zbek simfonik musiqasi yanada rivoj topdi. Bu uChinChi bosqiCh davrida keksa va o’rta bo’g’inga mansub «Simfonist»11 kompozitorlarini safiga yuqorida zikr qilingan hayotbaxsh ijodiy yutuqlarning shabodasi tahsirida shakllangan kompozitorlarning uChinChi va to’rtinChi avlodlari bo’lmish: Mirsodiq Tojiev, Mirxalil Maxmudov, Ulug’bek Musaev, Sobir Karimxo’jaev, Nadim Norxo’jaev, Najimiddin Muhameddinov, Rustam Abdullaev, Mustafo Bafoev, Habibulla Rahimov, Gaip Jemisanov, Dilorom Omonnulaeva, Qurbonboy Zaretdinov, Anvar Ergashev, Avaz Mansurov, Abdusaid Nabiev, Nuriddin G’iyosov, Muhammad Otajonov, Qaxramonjon Rahimov kabi istehdodli kompozitorlar o’zbek simfonik musiqasini rivojlanish jarayoniga dadil qadam tashlab kirib keldilar. Mazkur kompozitorlar ham o’rta avlodlar kabi professional musiqani turli-tuman yo’nalishlarini, klassi tsizm, romantizm, impressionizm, ekspressionizm va «Avangard» kabi tonal va notonal musiqiy oqim prin tsip va metodlarni egallab ijod qildilar. Mazkur metodlardan har bir kompozitor o’zining dunyoqarashi, oldiga qo’ygan maqsadi tufayli foydalandi. Ayrim kompozitor o’z ijodiy faoliyatlarida «Avangard»12 yozuv texnika bilan qiziqdilar va simfonik musiqalar ham yaratdilar. Ma’lumki, har qanday ijodiy oqimlarni va izlanishlarni inkor qilib bo’lmaydi. Lekin shuni ham tahkidlash o’rinliki, bu ijodiy erkinlik bayrog’i ostida milliylikni va realizmni inkor qilishdir. SHu bilan birga kompozitorga siz bu uslubiy va yoki boshqa uslubiy metod orqali simfonik asar yarating, deb ko’rsatma berish mutloqo mumkin emas. Albatta, ijodkor har qanday uslubiy yo’nalish texnikasida asarlar yaratish o’ziga havola. Lekin, gap faqat texnikada emas, yaratilgan simfonik asarni badiiy-obrazligi, milliyligi, tahsirChanligi, tinglovChiga qandayin mahnaviy estetik oziqa berishda. Asarni umrini faqat vaqt belgilaydi.
Respublikamizda o’zbek simfonik musiqa taraqqiyoti o’tgan davrda murakkab bosqiChlarni keChirdi. O’tgan davrda kompozitorlar juda ham ko’p syuita, poema uvertyura, rapsodi ya, simfoniya, Cholg’u kontsertlar yaratdilar.
Ularni barChasi bilan tanishishning imkoni yo’q. Mazkur janrlarda yaratilgan asarlarning nazarimizda mazmun, badiiy-estetik jihatdan baquvvat tahsirChan, tinglovChiga mahnaviy ozuqa bera oladigan asarlar misol sifatida har bir janrni alohida-alohida, tahlil qilishga dahvat qildik.


1 Izvеsti я» Krаykоmа Turk sikа, 8 iyul я 1920

2 «Nurхоn» simfоnik pоemаni pаrtiturаsi vа Chоlg’ulаrning pаrti яlаri оrkеstrning kutubхоnаsidа sаqlаngаn. Lеkin uruш yillаri judа ko’p nоtаlаr yong’in pаytidа kuyib kеtgаn. Kаminа M.Lеviyеvgа bаg’iшlаngаn kitоb yoziш jаrаyonidа 1980 yildа kutubхоnаni аrхivi bilаn tаniшgаnimdа: flеytа, vаltоrnа Chоlg’ulаrini яrmisi kuygаn pаrti яlаrdаn bir vаrаqlаri sаqlаnib qоlgаn ekаn хоlоs.


3 N.S. яnоv – яnоvskа я «Uzbеkskа я simfоniChеskа я muzikа», T., 1979. Шu simfоnik syuitа хаqidа mаzkur kitоbdаn qisqаrtirilgаn mаqоlа o’zbеk tilidа «O’zbеk musiqаsi tаriхi» kitоbidа Chоp etilgаn, T.,1981.

4 яn.B.Pеkkеr «Gеоrgiy Muшеl’». M., 1966 .
N.S. яnоv – яnоvskа я «O’zbеkiskа я simfоniChеskа я muzikа». T., 1979.
T.S.Vizgо «Istоri я uzbеkskоy muziki» 1t, T., 1972.

5 N.S. яnоv – яnоvskа яning tilgа оlingаn kitоbidа Glierning ikkitа simfоnik аsаrlаri tаҳlil qilingаn.

6 R.M.Glierning «Fаrg’оnаdа bаyrаm» uvеrtyurаsi 1941 yilning 20 mаrtidа Аmеrikаning Chikаgо шаҳridаgi simfоnik оrkеstri Frеdеrik Stоkning dirijyorligidа ijrо etilgаn. O’zbеk simfоnik musiqа ilk bоr Chеt eldа ijrо qilindi.

7 Yuqоridа kеltirilgаn muҳоkаmаni яn.B.Pеkkеrning хоtirаsigа iшlаngаn ҳоldа vа sоbiq “Pеrviy vsеsоyuzniy s’еzd sоvе цkiх kоmpоzitоrоv” 1948 yil, “«StеnоgrаfiChеskiy оtChеt” izd. sоyuz kоmpоzitоrоv SSR, Mоskvа-1948g. Mаzkur kitоbdа yuqоridа kеltirilgаn fikrlаr T.Sоdiqоvning vа M.Ашrаfiyning mа’ruzа nutqlаridа qisqа аksini tоpgаn.

8 яn Pеkkеr “Gеоrgiy Muшеl’”. M., 1966

9 «Simfоni я – rаpsоdi я» to’g’risidа musiqашunоslаr: А.M.Dоljаnskiyning «Simfоni я rаpsоdi я N5 Mаksimiliаnа Шtеynbеrgа» mаqоlаsini «Puti rаzviti я uzbеkskоy muziki» kitоbidаn, «Iskusstvо» Lеningrаd 1946., ҳаmdа N.S. яnоv – яnоvskа яning «Uzbеkskа я simfоniChеskа я muzikа» T.1979.dаn o’qiш mumkin


10 Bu ҳаqdа qаrаng jurnаl «Kоmmunist» PZ, 1960 yil. Mоskvа izd. «Prаvdа». Pki O’zbеkistоn kоmpоzitоrlаr uyuшmаsining 1960 yildа o’tgаn 3-Chi s’еzdni stеnоgrаmmаsigа.


11 «Simfоnist kоmpоzitоr» so’z аtаmа sifаtidа qаysi kоmpоzitоrning ijоdidа simfоnik musiqа ustuvоr tursа vа simfоnizm tаfаkkuri kеng bo’lsа, uni шu nоm bilаn аtаш o’rnашib qоlgаn.

12 «Аvаngаrd» tоnаlnik gаrmоni я vа pоlifоni я uslubidа musiqа яrаtiшni inkоr qilаdi. Ijоdkоr erkin rаviшdа ҳеCh qаndаy musiqiy qоidаlаrgа itоаt qilmаy musiqа яrаtiшi mumkin.

Download 98.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling