Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Rivojlanish bu


Download 58.86 Kb.
bet1/12
Sana20.11.2023
Hajmi58.86 Kb.
#1789571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Falsafa shpargalka


Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.
Rivojlanish bu - muayyan sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, kompleks, orqaga qaytmaydigan, ilgarilanma yo`nalishga ega bo`lgan, miqdoriy va sifatiy o`zgarishidir. Rivojlanish jarayoni ham ikki turda bo`ladi. Birinchi turdagi rivojlanish bo`yicha, jismda har qanday sifatiy o`zgarish ro`y berishiga qaramasdan, uni tashkil etgan materiyaning sifatiy tuzilish darajasi o`zgarmasdan qolaveradi.
Falsafa fanida harakatning bir-biridan sifatiy farq qiluvchi bir qancha boshqa shakllari ham o`rganiladi. Materialist bo`lgan faylasuflar harakat shakllarini turkumlaganida, quyidagi mulohazalarga tayanib ish yuritidilar:
1) harakat shakllari bir-birlari bilan sifat jihatidan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyan bosqichida namoyon bo`ladi.
2) materiyaning harakat shakllari bir-biri bilan genetik jihatidan, kelib chiqishi jahatdan ketma-ket bog`langan, ya`ni harakatning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir.
3) harakatning yuqori shakllari tarkibidagi quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o`zidan quyi shakldagi harakatga mansub emasdir.
Rivojlanish kontseptsiyalari. Ijtimoiy harakat bizga ma`lum bo`lgan harakat shakllari ichida eng murakkabi bo`lib, unda insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o`zaro munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikr birgalikda harakatga keladi. Bu harakatni chiziqli, batartib harakatlar bilan mutlaqo taqqoslab bo`lmaydi. Uning kelajagini bashorat qilish ham o`ta murakkabdir.
Rivojlanish. Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda yuz berayotgan evolutsiya jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning o’sishi; jamiyatda – fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining o’sishi, ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi va shu kabilar misol bo’lib xizmat qilishi mumkin. «Rivojlanish» tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, g’oya, nazariyaning rivojlanishi to’g’risida so’z yuritilgan holda, qo’llanilishi mumkin. Fikrning rivojlanishi uning «pishib yetilishi»ni, ya’ni murakkablashuvi, takomillashuvi, yanada aniqroq ma’no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning ob’ektiv dunyosidan farqli o’laroq, sub’ektiv konstruktsiyalar (tafakkur, g’oyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan ko’lam ko’rsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi vaqtda kechadi.



Download 58.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling