Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Rivojlanish bu
Download 58.86 Kb.
|
Falsafa shpargalka
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Falsafa kategoriyalarining tasnifi.
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo’llaniladigan o’ta keng tushunchalar majmuidir. Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin. 1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo’llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan). 2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo’limlariga tegishli bo’lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya borliq va yo’qlik, substantsiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, zamon, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antro’ologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o’z kategoriyalar a’’aratiga egadir. 3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. . Estetikada go’zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug’vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo’llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko’rib chiqamiz. Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substantsion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar. Substantsion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat’iy nazar, alohida-alohida qo’llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob’ektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg’un bog’liq bo’lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik. Download 58.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling