Choʻlponning “Soz” toʻplami “Oktabr” sheʼri tahlili
Download 152.5 Kb.
|
Oktabr she\'ri
- Bu sahifa navigatsiya:
- I qism I band 1-misra
- bu kun(bukun)
Choʻlponning “Soz” toʻplami “Oktabr” sheʼri tahlili 1.Matnshunoslik a)grafik shakllantirilishi: 1.Cho'lponning “Soz” toʻplami 1935-yilda nashr qilingan. Ushbu toʻplamda “Oktabr” sheʼri 3 qism, 19 banddan iborat. 1-qismi 6 banddan iborat, har bir bandi 4 misradan; 2-qismi 12 banddan iborat, dastlabki 3 bandi 4 misra, 4-bandi 9 misra, 5-6-7-bandlari 4 misra, 8-bandi 5 misra, 9-10-11-bandlari 4 misra, 12-bandi 5 misradan;3-qismi 1 band, 8 misradan iborat. Sheʼrning umumiy hajmi 19 band, 87 misradan iborat. 2. Choʻlpon “Asarlar”i III jildlik I jildi 1994-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr qilingan. Bu nashrda ham she'r 3 qismdan iborat. Sheʼrning umumiy hajmi 17 band. 1-qism 6 band, har biri 4 misradan va 24 misradan iborat, 2-qism esa 10 banddan, 1,2,3,6,8-bandlar 4 misradan, 4,5,9-bandlar 8 misradan, 7- va 10-bandlar 5 misradan iborat, jami 86 misradan iborat. 3. Choʻlpon “Asarlar”i IV jildlik I jildi 2016-yili Akademnashrda chop etilgan. Bu toʻplamda she'r 3 qismdan, 21 banddan iborat. 1-qism 6 band va har bir bandi 4 misradan iborat, 2-qism 13 misradan iborat, 1-8-gacha, 10-12-gacha bandlar 4 misradan, 9- va 13-bandlar 5 misradan tashkil topgan, 3-qism bir band, 6 misradan iborat. Toʻplamlarni bir-biriga qiyoshlashim natijasi oʻzaro farqli va birlashtiruvchi belgilarga ega ekanligining guvohi boʻldim. Oʻziga xos ohang va sheʼrning asl mohiyatini chuqurroq anglab yetish uchun "Oktabr" she'ri kiritilgan har bir toʻplamda bandlar soni va ulardagi misralar soni turlicha ekanini angladim. Bu asar yozilgan davr va hozirgi zamondagi qoidalar va qonuniyatlarning bir-biridan farqli ekanligini yana bir isboti boʻla oladi. b)tinish belgilarining qoʻllanishi: I qism I band 1-misra: Berilgan barcha toʻplamlarda ey soʻzidan oldin tire qoʻllanilgan. Choʻlpon "Asarlar"I IV jildlik I jildi toʻplamida ey soʻzidan keyin vergul qoʻyilgan, boshqa toʻplamlarda tinish belgisi mavjud emas. Berilgan barcha toʻplamlarda bu kun(bukun) soʻzidan keyin vergul ishlatilgan. Choʻlpon "Asarlar"I IV jildlik I jildi, Choʻlpon "Asarlar"i III jildlik I jildi toʻplamlarida ey soʻzidan keyin vergul qoʻyilgan, "Soz" toʻplamida esa tinish belgisi qoʻyilmagan. Download 152.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling