CHUQURCHALAR,KO’Z KOSASI,BURUN BO’SHLIG’I,BUTUN KALLA. CHAKKA CHUQURCHASI(fossa temporalis) - DEVORLARI:orqa va yuqoridan linea temporalis inferior,pastdan chakka osti qirrasi(crista infratemporalis) va yonoq ravog’i, oldindan yonoq suyagi bilan chegaralanadi. Bu chuqurchani chakka mushagi to’ldirib turadi.
CHAKKA OSTI CHUQURCHASI(fossa infratemporalis) - DEVORLARI:ustki devorini chakka suyagi va ponasimon suyakning katta qanoti,medial devorini lamina lateralis pterygoideus, old devorini tuber maxilla va yonoq suyagi,lateral va orqa devoir yo’q.
- Fissura orbitalis inferior orqali ko’z kosasiga,fissure pterygomaxillaris orqali qanot-tanglay chuqurchasiga ochiladi.
- Bu chuqurchani chakka-pastki jag’ bo’gimi to’ldirib turadi.
QANOT-TANGLAY CHUQURCHASI(fossa pterygopalatina) - DEVORLARI:old tomondan tuber maxilla, orqa tomondan processus pterygoideus,medial tomondan lamina perpendicularis os palatinum,lateral tomondan fossa infratemporalis bilan tutashgan. Shu sohada n.maxillaris tarmoqlarga ajraladi va shu chuqurcha quyidagi teshiklar bilan kallaning quyidagi qismlari bilan tutashgan:
- Foramen sphenopalatina orqali burun bo’shlig’iga,canalis palatinus major orqali og’iz bo’shlig’iga,fissura orbitalis inferior orqali ko’z kosasiga,foramen rotundum orqali o’rta kalla chuqurchasiga,canalis pterygoideus orqali kallaning tashqi asosiga tutashgan.
Ko’z kosasi (orbita)- 1juft bo’lib,to’rt tomonlidir.Ustki devorini peshona suyagining ko’z kosasi qismi,ponasimon suyakning kichik qanotlari tashkil qiladi.Bu devor bilan lateral devor orasida fossa glandula lacrimalis(ko’z Yoshi bezi chuqurchasi) joylashgan.Pastki devorini yuqori jag’ suyagining ko’z kosasi yuzasi,yonoq suyagi, tanglay suyagining processus orbitalis tashkil qiladi.Bu devorida canalis infraorbitalis bo’lib davom etadi.Medial devorini processus frontalis os maxillaris,ko’z Yoshi suyagi,peshona suyagining ko’z kosasi qismi va os ethmoidalisning lamina orbitalis tashkil qiladi.Shu sohada fossa sacri lacrimalis(ko’z Yoshi chuqurchasi) bor va undan pastga tomon canalis lacrimalis bo’lib davom etadi.Lateral devorini ala majoring ko’z kosasiga qaragan yuzasi, yonoqning peshona o’simtasi va peshonaning yonoq o’simtasi hosil qiladi.Lateral va ustki devorlari orasida fissura orbitalis superior, lateral va pastki devorlar orasida fissure orbitalis inferior joylashgan. - Ko’z kosasi (orbita)- 1juft bo’lib,to’rt tomonlidir.Ustki devorini peshona suyagining ko’z kosasi qismi,ponasimon suyakning kichik qanotlari tashkil qiladi.Bu devor bilan lateral devor orasida fossa glandula lacrimalis(ko’z Yoshi bezi chuqurchasi) joylashgan.Pastki devorini yuqori jag’ suyagining ko’z kosasi yuzasi,yonoq suyagi, tanglay suyagining processus orbitalis tashkil qiladi.Bu devorida canalis infraorbitalis bo’lib davom etadi.Medial devorini processus frontalis os maxillaris,ko’z Yoshi suyagi,peshona suyagining ko’z kosasi qismi va os ethmoidalisning lamina orbitalis tashkil qiladi.Shu sohada fossa sacri lacrimalis(ko’z Yoshi chuqurchasi) bor va undan pastga tomon canalis lacrimalis bo’lib davom etadi.Lateral devorini ala majoring ko’z kosasiga qaragan yuzasi, yonoqning peshona o’simtasi va peshonaning yonoq o’simtasi hosil qiladi.Lateral va ustki devorlari orasida fissura orbitalis superior, lateral va pastki devorlar orasida fissure orbitalis inferior joylashgan.
Burun bo’shlig’i(cavum nasi)- septi nasi yordamida ajralgan bo’lib, orqa tomondan xoanalar yordamida halqumga qo’shiladi.Teshigi apertura nasi piriformis(noksimon burun teshigi) deb nomlanadi.Burun bo’shlig’ining 3ta devorlari bor:Ustki devorini burun suyaklari,peshona suyagining burun qismi,g’alvirsimonning g’alvirsimon plastinkasi va ponasimon suyakning tanasining pastki yuzasi, pastki devorini os maxillaning processus palatinus va tanglay suyagining gorizontal plastinkasi hosil qiladi. Lateral devorini os maxillaning process.frontalis,yonoq suyagi,g’alvirsimon labirintlar,tanglayning perpendikulyar plastinkasi,qanotsimon o’simtaning medial plastinkasi hosil qiladi. - Burun bo’shlig’i(cavum nasi)- septi nasi yordamida ajralgan bo’lib, orqa tomondan xoanalar yordamida halqumga qo’shiladi.Teshigi apertura nasi piriformis(noksimon burun teshigi) deb nomlanadi.Burun bo’shlig’ining 3ta devorlari bor:Ustki devorini burun suyaklari,peshona suyagining burun qismi,g’alvirsimonning g’alvirsimon plastinkasi va ponasimon suyakning tanasining pastki yuzasi, pastki devorini os maxillaning processus palatinus va tanglay suyagining gorizontal plastinkasi hosil qiladi. Lateral devorini os maxillaning process.frontalis,yonoq suyagi,g’alvirsimon labirintlar,tanglayning perpendikulyar plastinkasi,qanotsimon o’simtaning medial plastinkasi hosil qiladi.
Burun bo’shlig’ining lateral devorida 3ta burun chig’anog’i bo’lib,burunning yon devorini 3ta burun yo’liga ajratadi. - Burun bo’shlig’ining lateral devorida 3ta burun chig’anog’i bo’lib,burunning yon devorini 3ta burun yo’liga ajratadi.
- Meatus nasi superior- yuqorigi va o’rta burun chig’anoqlari orasida joylashgan,unga g’alvirsimon suyakning orqa katakchalari va ponasimon bo’shliq aperturasi ochiladi.
- Meatus nasi media-o’rta va pastki burun chig’anoqlari orasida joylashgan,unga g’alvirsimon suyakning oldingi va o’rta katakchalari , peshona,yuqori jag’ aperturasi va foramen sphenopalatinum ochiladi.
- Meatus nasi inferior- pastki burun chig’anog’i bilan qattiq tanglay o’rtasida joylashgan, unga canalis nasolacrimalis ochiladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |