Coreldraw dasturida kalendar tayyorlash darsi


Download 304.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi304.5 Kb.
#241141
Bog'liq
CorelDRAW dasturida kalendar tayyorlash darsi

CorelDRAW dasturida kalendar tayyorlash darsi


Muallif: Nodir Khalilov    Izoh

Ushbu darsda CorelDRAW dasturida qanday qilib, Kalendar tayyorlashni o‘rganamiz.



Corel Draw dasturida calendar tayyorlash juda oson, chunki dasturni o‘zida Kalendar tayyorlash uchun alohida funksiyalar joylashgan.

1.  Avvalo File > New buyrug‘i orqali yangi oyna ochamiz, yoki klaviaturamizdan Ctrl+N tugmalarini bosamiz.

2.  Menyudan Tools>Visual Basic> Playni bosamiz:

 Macros In: bo’limidan Calendar Wizardni tanlaymiz va Run tugmasini bosamiz.



Endi esa moslab chiqamiz:



Yuqoridagi oynada Small:Header va Small:Body bandlaridan foydalanib kalendarimizdagi oylarni xohlagan ko’rinishga keltiramiz, misol uchun men mana bunday ko’rinishga keltirdim:



Hammasi tayyor bo‘lgach Generate tugmasini bosamiz. Shundan so‘ng Macros kalendar tayyorligi haqida xabar chiqadi, OK tugmasini bosamiz va Close tugmasini bosamiz va bizda mana bunday ko‘rinishli kalendar tayyor bo’ladi:





3.  Asboblar orasidan Pick Toolni tanlaymiz:

Oynamizdagi rasm qo‘yilishi  kerak bo‘lga to‘rtburchak joy ustiga bir marta bosish orqali shu joyni belgilaymiz:





4.  Endi rasm joylash uchun Import tugmasini bosamiz yoki Ctrl+I tugmalarini bosamiz va kerakli rasmni tanlaymiz.

Shundan keyin yarim to‘rtburchak shakl chiqadi, ushbu shakl yordamida rasm joylanishi kerak bo‘lgan joyni belgilaymiz:





5.  Asboblar orasidan Text Tool (F8) ni tanlaymiz va kerakli yilni yozamiz. Keyin matn o‘lchamini xohlagancha o‘zgartirib, xohlagancha rang beramiz va kalendarmiz tayyor.



 

Tags: kalendar
Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling