Cps 808 Introduction To Modeling and Simulation


Download 0.59 Mb.
bet1/4
Sana07.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1440406
TuriСборник упражнений
  1   2   3   4
Bog'liq
Maruza 1

TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI kafedrasi

Fan: MAGNIT MAYDONLAR VA TO’LQINLAR

Umumiy soatlar soni: 180

Ma’ruza – 12 soat

Laboratoriya ishi – 6 soat

Mustaqil ish – 162 soat

O’qituvchi: t.f.d, Sadatdiynov Kuanishbay Ernazarovich.

Asosiy adabiyotlar

  • Пименов Ю.В, Вольман В.И. , Техническая электродинамика, - М: Радио и Связь, 2002 г.
  • Витевский В. И., Павловская Э. А. Электромагнитные волны в технике связи, - М: Радио и связь, 1995-125с.
  • Сборник упражнений и задач по электродинамическим дисциплинам: Учебное пособие для вузов. / Под ред. Э.А. Павловской, - М.; Радио и связь,1996- 197с.:
  • Лебедев И.В. Техника и приборы сверх высоких частот в 2-х т., т. 1. - М.:Госэнергоиздат, 1970.
  • U.X. Aripova, V.S.Kan. Elektromagnit maydonlar va to`lqinlar. I qism. O`quv qo`llanma. Toshkent: TATU, 2011, 52b

Mavzu: Kirish. Elektromagnit maydon haqida tushuncha

Kirish

Zamonaviy telekommunikasiya sohasida radiotexnik tizimlarning tutgan o`rni tobora yuksalmoqda. Bunda eltuvchi tebranishlarning ishchi diapazonni chastota spektrining ancha yuqori sohasiga siljishi kuzatiladi. Masalan, sun'iy yo`ldoshli televidenie 4...6 GGs diapazoni bartaraf etib 11...14 GGs intervalni egalladi, kosmik retranslyatorlar orqali televizion uzatishning 20...30 GGs diapazonidagi yangi uchinchi avlodi tayyorlanmoqda.

Signallarni eltuvchi chastotalarni oshirish ko`p sonli kanallarni joylashtirish imkonini beradi, ya'ni foydalanilaniluvchi diapazon sig`imi ortadi. Shu nuqtai nazardan chastotasi 3·1012 Gs dan yuqori bo`lgan optik diapazonning imkoniyatlari cheksiz. Aynan shu sababli zamonaviy telekommunikasiya sohasida optik tolali aloqa tizimi (OTAT) muhim o`rinni egallaydi.

OTAT asosini uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmani tutashtiruvchi kvars tola tashkil etadi. Biroq harakatdagi ob'ektlar uchun OTAT asosiy aloqa vositasi sifatida namoyon bo`la olmaydi, chunki ko`chma abonentlar uchun erkin radioto`lqinlardan foydalanish qulayroq. Masalan, harakatdagi ob'ektli mobil aloqada 900...1800 MGs chastota diapazoni keng qo`llaniladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling