Cувни зарасизлантириш ва унинг гигиеник ахамияти. Зарарсизлантириш усулларини киёсий санитария тавсифномаси. Зарарсизлантиришнинг самарадорлигини назорат килиш


Download 248.5 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi248.5 Kb.
#1151523
Bog'liq
5-mavzu taqdimoti

Mavzu: Atrof muhitning ekologik omillari va kimyoviy jarayonlari

  • Reja:
  • 1. Ekologik omillar va ularning turlari.
  • 2. Atrof-muhitda kechadigan kimyoviy jarayonlar.
  • Ekologik omillarning organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri turlicha bo‘lsada, ular quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi:
  • 1. Organizmning turli funksiyalariga bir omil ta’sirining turlicha bo‘lishi. Alohida olingan bir omil bir organizmning turli funksiyalariga turlicha ta’sir qiladi. Masalan: havo haroratining 40-45оC issiq bo‘lishi sovuqqonli hayvonlarda (masalan, sudralib yuruvchilarda) modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi, lekin shu bilan birga ularning harakatchanligini susaytiradi, ya’ni organizmning to‘laqonli yashashiga xalaqit beradi.
  • Organizmlar o‘zining hayot faoliyatidagi barcha jarayonlarni saqlab qolish uchun ularni omillarning optimal ta’siriga moslashtirishga harakat qiladi. Bunga misol qilib qushlarning mavsumiy ko‘chib yurishlarini, deraza oldidagi o‘simlik o‘zining yaproqlarini yorug‘lik tushadigan tomonga qaratishi (fototropizm) va shu singarilarni keltirish mumkin.
  • 2. Muhit omillari ta’sir kuchining turli individlar uchun turlicha bo‘lishi. Organizmlarning muhit omillari ta’sir kuchiga bardosh doirasi bir turga mansub individlarda ularning fiziologik holati, yoshi va jinsiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan: tegirmon kapalagining lichinkasi 7оC sovuqda halok bo‘lgani, holda, uning voyaga etgan individi 22оC, tuxumlari esa 27оC gacha sovuqqa chidaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ekologik valentlik alohida olingan bir individga ko‘ra tur miqyosida kengroq bo‘ladi.
  • 3. Organizmda muhitning turli omillariga moslashish turlicha bo‘lishi. Organizmning ekologik valentligi muhitning turli omillariga nisbatan turlicha bo‘ladi. Masalan; biror evriterm organizm harorat o‘zgarishining keng diapazoniga bardosh beraolgani holda, u bosim, sho‘rlik va shunga o‘xshagan boshqa omillarning o‘zgarishiga bardoshsiz bo‘lishi mumkin. Organizm moslasha oladigan omillar turining ko‘pligi organizmning «ekologik spektri»ni belgilaydi.
  • 4. Ekologik spektrning har xil turdagi organizmlarda har xil bo‘lishi. Muhit omillarining xilma-xilligiga moslasha olish imkoniyati har xil turda har xil bo‘lib, bu imkoniyat hatto bir-biriga yaqin turlarda ham bir xil bo‘lmaydi. Ba’zi omillarga nisbatan moslashish turlararo bir-biriga yaqin kelishi mumkin, lekin ular muhitning barcha omillariga aynan bir xil moslasha olmaydi, ya’ni har xil turdagi organizmlarning ekologik spektri har xil bo‘ladi.
  • 5. Omillarning birgalikda ta’sir qilishi. Organizmlarning alohida olingan biror bir omilga moslashuvida boshqa omillarning ham ta’siri bo‘ladi. Masalan: jazirama issiqqa bardosh berish quruq iqlimda nam iqlimga ko‘ra oson kechadi. Havoning namligi yuqori bo‘lgan joyda uning namligi past joyga qaraganda sovuqqa bardosh berish oson. Demak, organizmning issiqqa moslashuvida ham, sovuqqa moslashuvida ham muhitning ikkala omili ya’ni harorat va namlik birgalikda ta’sir qiladi.
  • Ifloslantiruvchi kimyoviy mahsulotlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
  • Ifloslantiruvchi moddalarning tabiatiga ko’ra (fizikaviy, kimyoviy, biologik);
  • Agregat holatiga ko’ra (gazlar, suyuqlikar, qattiq chiqindilar);
  • Tabiiy muhitda ifloslanish barqarorligiga ko’ra (parchalanib ketuvchi, barqaror);
  • Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish muhitiga ko’ra (atmosfera, gidrosfera, litosferada tarqalgan ifloslantiruvchi moddalar);
  • Organizmni zararlovchi usuliga ko’ra (oziqq-ovqat orqali, teri bilan muloqot orqali, nafas olish orqali va h.k.)
  • Manbalari, qo’llanilish sohalari va xarakteriga ko’ra. Bunda ifloslantiruvchi moddalarni uch guruhga ajratish mumkin.

Sanoat korxonalarining ta’siri

  • Kimyoviy mahsulotlarning alohida guruhini radioaktiv moddalar tashkil etadi. Bu kimyoviy element yoki ularning birikmalarining yemirilishi natijasida ionlashgan nurlanish hosil bo’lib, u kuchli biologik ta’sir etadi. Nurlanish dozasi birligi nurlanishning biologik ta’siriga mos ravishda ber (biologicheskiy ekvivalent rentgena – rentgen biologik ekvivalenti, 1ber = 0,01J/kg) da o’lchanadi. Kimyoviy ta’sir uchun bunday o’lchov birligi mavjud emas.
  • Tadqiqoqtlar natijasiga ko’ra kimyoviy moddalarning ko’pchiligi inson sog’ligi uchun zararli bo’lib, ularning konsentratsiyasi oshganda tirik organizmlarga ziyon yetkazishi mumkin. Bunday kimyoviy mahsulotlarga og’ir metallar birikmalari, dioksinlar, dibenzofuranlar, benzatratsenlar, mikotoksinlar , naftilaminlar va nitrozoaminlar misol bo’ladi.

Download 248.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling