D. Dauletnazarova ndpi pedagogika kafedrasi assistent o`qituvchisi N. Otajonova- 3-kurs talabasi M. Qodirberganova- 3-kurs talabasi


Download 22.99 Kb.
Sana05.08.2023
Hajmi22.99 Kb.
#1665287
Bog'liq
Д. Даулетназарова


Pedagogika fanini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o`rni va ahamiyati
D.Dauletnazarova
NDPI
pedagogika kafedrasi assistent o`qituvchisi
N.Otajonova- 3-kurs talabasi
M. Qodirberganova- 3-kurs talabasi
Z. Xasanboyeva- 3-kurs talabasi
Hozirgi kunda mamlakatimizda ilm-fan sohasiga katta ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa o`sib kelayotgan yosh avlodni zamon talabiga mos ravishda bilim berish bu asosiy vazifalardan biridir. Mamakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin O`zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarni o`rnata boshladilar. Jumladan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilm-fan soxalarida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Natijada yurtimizga ilg`or va samarali zamonaviy texnologiyalar kirib keldi. Zamonaviy ta`lim texnologiyalari yoshlarning o`sishi rivojlanishi va yangiliklar yaratishi uchun juda zarur.
1 Dastlab “Texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so`z fanga 1872-yilda kirib keldi va grekcha ikki so`zdan – “texnos” – hunar va “logos” – fan, so`zlaridan tashkil topib, hunar fani ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to`liq tavsiflab bera olmaydi, texnologik jarayon deyilganda-mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish bo`yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushiniladi. Demak, bu ta`rifni istalgancha sharxlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya- bu o`qituvchi tomonidan o`qitish vositalari yordamida o`qituvchilarga ta`sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatida shakllantirish jarayoni, deb ta`riflasak xato bo`lmaydi [1, b.8].
Ta`lim jarayonida o`qitish texnologiyalari, vositalari yordamida o`quvchi- talabalarga muayyan bir fanni keng ma`noda yetkazib berish hamda ularda shu soha bo`yicha tasavvur, bilim, ko`nikma, malaka yaratish uchhun zamonaviy texnologiyalarning o`rni beqiyos hisoblanadi. Texnologiyalar har doim zaruriy vosita va sharoitlardan foydalanib o`quvchi-talabalarga aniq maqsadli oldindan rejalashtirilgan amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishini ko`zda tutadi.
2 Ta`lim texnologiyalarining ilmiy xarakterdaligiga e`tibor qaratgan holda, uning amaliy yo`nalishlarga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo`llash mumkinligini e`tirof etish kerak.
Demak, nazariya o`quv amaliyoti bilan bog`lash zaruriyati va ta`lim texnologiyalarining nazariy asoslarini o`rganish zamonaviy ta`lim texnologiyalarini aniqlab beradigan qator holatlarni belgilashga imkon berdi:

  1. Zamonaviylik ta`lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba-sinovda tekshirilgan, tasdiqlangan didaktikaga oid yangiliklar, tartib-qoidalarni joriy etish majburiyligini taqozo etadi.

  2. O`quv jarayonini maqbullashtirish.

  3. Ilmiylik ta`limda yangi vositalar, faol usullar, didaktik materiallarni, tashkiliy masalalarning yangi yechimlarini qo`llashni taqazo etadi.

  4. Talaba va pedagog-o`qituvchining dasturli faoliyati o`quv jarayonidan jamiki ortiq harakatlarni yo`qotishga, yuqori hamjihatlikni ta`minlashga, kerakli natijalarni qo`lga kiritishga intilishni talab etadi.

  5. Ta`limni faollashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng asosiy belgilaridan biridir.

  6. O`quv jarayoni uchun moddiy-texnik bazaning maqsadga muvofiqligi pedagogik texnologiyalarning navbatdagi belgisidir.

  7. O`quv-tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli baholash pedagogik texnologiyaning o`z oldiga qo`ygan natijaviy maqsadidir [2,b.7-8].

Ta`lim tizimida noan`anaviy ta`lim dasturlarining o`rni hozirgi kunda juda ham ortib bormoqda ayniqsa yoshlar boshqa xorijiy mamlakatlarning ta`lim dasturlariga ham juda qiziqishadi. Talabalarning sohani o`rganish jarayonida odatiy ta`lim dasturidan zamonaviy ta`lim dasturlarida o`zlashtirishlari osonroq va tezroq amalga oshadi. Ushbu texnologiyalar orqali talabalar olgan bilimlarini yanada chuqurroq o`rganish hamda rivojlantitish, tarqatish harakterlari ham rivojlanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy ta`lim texnologiyalari o`zining nafaqat pedagogika balki boshqa fanlar bilan ham bog`liq xususiy nazariyalariga ham ega hisoblanadi. U avvalo o`quv-tarbiyaviy jarayonga ilmiy jihatdan yondashishga yo`naltirilgan hamda o`qitishda axborot vositalaridan va turli xildagi didaktik vositalardan keng tarzda foydalanishga asoslangan pedagog-o`qituvchi va o`quvchi-talabalarning birgalikdagi samarali faoliyat yuritishiga katta zamin yaratadi. Hozirda bunday zamonaviy texnologiyalarga talab juda oshib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. H.T. Omonov, N.X. Xo`jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent “Iqtisod-moliya” 2009.
2. Z.F. Sharopova. Ta`lim texnologiyalari. Toshkent-2019 “Navro`z” nashriyoti.

Download 22.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling