D. I. Kimyoviy elementlar davriy jadvali va davriy qonun


Download 25.03 Kb.
Sana25.11.2020
Hajmi25.03 Kb.
#151726
Bog'liq
1-амалий машгулот Ноорганика


Mavzu: D.I. KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY JADVALI VA

DAVRIY QONUN

Mashg’ulot maqsadi: D.I. kimyoviy elementlar davriy jadvali va davriy qonun mavzuga doir masalalar ishlash.

1. Agar nisbiy atom massa birligi qiymati sifatida uglerod (12) izotopi massasining 1/12 qismini emas, 1 atom uglerod massasi (12) ni qabul qilsak, moddaning bir mol miqdorining massasi qanday o’zgaradi?

2. Yer qobig’i massasining 47,2 % kislorod va 8.8 % alyuminiydan iborat. Undagi alyuminiyning har bir atomiga kislorodning necha atomi to’g’ri keladi?

3. Besh valentli element oksidi tarkibida 56,33 % kislorod bor. Elementning nisbiy atom massasini aniqlang.

4. Davriy sistemaning IV guruh elementining hosil qilgan yuqori valentli xloridi va oksidining molekulyar massalari nisbati 17:6 ni tashkil etadi. Bu elementni aniqlang.

5. Magniy gidroksiddagi magniy, kislorod va vodorodlarning massalari nisbatini ko’rsating.

6. Uglerod bilan kislorod qanday og’irlik nisbatlarida reaksiyaga kirishishi mumkin?

7. Bir element oksidi tarkibida 50,45 % kislorod bor. Agar shu elementning nisbiy atom massasi 55 ga teng bo’lsa, uning valentligi nechaga teng bo’ladi?

8. Tarkibi faqat uglerod va vodorod atomlaridan iborat bo’lgan moddaning nisbiy molekulyar massasi 44 ga teng. Uning molekulyar formulasini aniqlang.

9. 5 mol kaliy sulfat tarkibidagi kaliy elementi necha gramm kaliy xlorid tarkibida bo’ladi?

10. Ikki xil atomlardan tashkil topgan birikmalarning tarkibi AxBy formula bilan ifodalanadi, x va y quyidagilarning qaysi biri bilan bog’liq?

11. Massasi 615 g bo’lgan magniy sulfat kristallogidratida tuz molekulalarining suv molekulalariga nisbati 1:7 bo’lsa, undagi kislorod atomlari sonini toping.

12. 0,56 g temir qipig’i bilan 0,325 g oltingugurt kukunlari orasidagi reaksiyada necha gramm temir sulfidi hosil bo’ladi? Ortib qolgan moddaning boshlang’ich aralashmaga nisbatan massa ulushi qanday bo’ladi?

13. 1,5051024ta suv molekulalarining massasini (g) va 6,021022ta suv molekulalarining miqdorini (mol) hisoblang.

14. Odam organizmidagi uchta elementning massa ulushlari quyidagicha: O – 65 %, C – 18 %, N – 10 %. Organizmdagi element atomlari sonining ortib borish tartibini aniqlang.

15. Sodaning 2,5 g kristallgidrati tarkibidagi kristallizatsiya suvi chiqarib yuborilgandan keyin, 0,926 gramm suvsizlantirilgan soda qoladi. Soda tarkibidagi kristallizatsiya suvining massa ulushini (%) hisoblang va kristallgidrat formulasini toping.

16. Xlor oksidlarining birida kislorodning 112 og’irlik qismiga xlorning 71 og’irlik qismi to’g’ri keladi. Bu birikmaning formulasi va undagi xlorning valentligini aniqlang.

17. Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha:



H – 1,59 %, N – 22,22 %, O – 76,19 %. Shu birikmani aniqlang.

18. Qalay va misning qotishmasida har bir atom qalayga 5 atom mis to’g’ri kelishi uchun shu qotishmada necha foiz qalay bo’lishi kerak?

19. G’o’za bargini to’kish uchun ishlatiladigan kalsiy sianamid tarkibida 50% kalsiy, 15% uglerod va 35% azot borligi ma’lum bo’lsa, birikmaning formulasini aniqlang.

20. Quyidagi holatlarning qaysilari to’g’ri?

1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi; 2) molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar singari to’xtovsiz harakatda bo’ladi; 3) kimyoviy hodisalarda molekulalar tarkibi o’zgaradi; 4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga teng bo’lmaydi; 5) molekulalar orasida o’zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud.

21. Moddalar massasining saqlanish qonuni qanday tariflanadi?

A) Har qanday murakkab moddaning tarkibi, qaysi usulda olinishidan qat’iy nazar, bir xil bo’ladi.

B) elektrodda ajralib chiqqan modda massasi elektrolitdan o’tgan tok kuchiga bog’liq bo’ladi.

C) agar ikki element o’zaro bir necha birikma hosil qilsa, bir element boshqa elementning bir xil va muayyan miqdori bilan birikadigan og’irlik miqdorlari o’zaro kichik butun sonlar kabi nisbatda bo’ladi.

D) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’dgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.E) bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi.

22. Quyidagi tariflarning qaysi biri M.V.Lomonosovning kimyoda kashf etgan qonunini ifodalaydi.

A) bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi.

B) har qanday kimyoviy toza modda olinish usulidan qat’iy nazar, bir xil o’zgarmas tarkibga ega bo’ladi.

C) o’zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo’layotgan gazlarning hajmlari o’zaro kichik butun sonlar nisbati kabi bo’ladi.D) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning umumiy massasi hosil bo’lgan moddalarning jami massasiga teng bo’ladi.

E) kimyoviy elementlar bir – birlari bilan o’z ekvivalentlariga proportsional bo’lgan og’irlik miqdorlarida birikadi.

23. Quyidagi reaksiya asosida nikel (II) oksidni qaytarib nikel olinadi: NiO+C→Ni+CO, agar ko’mirdagi uglerodning massa ulushi 90 % ni tashkil etsa, 58,7 g nikel olish uchun qanday massadagi ko’mir kerak? [Ar(Ni)=58,7]

24. Avogadro qonuni qanday tariflanadi?

A) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalar massasi hosil bo’lgan moddalar massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.

B) har qanday murakkab moddaning tarkibi, qaysi usulda olinishidan qatiy nazar, bir xil bo’ladi.

C) reaksiya uchun olingan gazlarning va hosil bo’lgan gazlarning hajmlari o’zaro butun sonlar nisbatida bo’ladi.

D) 1 mol har qanday gaz normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi. E) bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati

Asosiy adabiyotlar

1. D.Shriver, P. Atkins. Inorganic Chemistry. Published in Great Britain by Oxford University Press, New York, 2010.

2. James E.House. Inorganic Chemistry. Elsevier, Illinois Wesleyan University 2013. R 832

3. F.A. Cotton, G. Wilkinson. Advanced inorganic chemistry. John Willey & sons. inc. 1999. R.1368



Qo’shimcha adabiyotlar

1. Парпиев Н.А., Рахимов Ҳ.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё (назарий асослари). - Тошкент, “Ўзбекистон”, 2000.-479 б.

2. Н.С.Ахметов. Общая и неорганическая химия.-“Высшая школа”, 2002. - 743 с.

3. Общая и неорганическая химия. В 3 томах. Под ред. Третьякова Ю.Д. Москва: “Академия”, 2008.

4. Угай Я.А. Общая и неорганическая химия.- Москва: “Высшая школа”, 2002. - 527 с.

5. Глинка Н.Л. Общая химия. Москва: “Интеграл-Пресс”, 2006. – 728 с.

6.Коренев Ю.М., Григорьев А.Н., Желиговская Н.Н., Дунаева К.Н. Задачи и вопросы по общей и неорганической химии. Москва: “Мир”, 2004. – 368 с.

7. Глинка Н.Л. Задачи и упражнения по общей химии. Ленинград, “Химия”, 1985.- 263 с



Elektron manbalar

1. www. nuuz. uz.

2. www. natlib. uz.

3. www. ziyo net. uz.



4. www.chemexpress.fatal.ru.
Download 25.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling