D. Mamatbuvayevadan tavsifnoma


Download 19 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi19 Kb.
#1211067
Bog'liq
Arofatxon


Farg’ona davlat universiteti Mt va Bt fakulteti
Boshlang'ich ta'lim yo’nalishi 20.38Dguruh talabasi
Muhammadjonova Diyorabonu amaliyot davri bo’yicha
3-maktab direktori D.Mamatbuvayevadan


TAVSIFNOMA

Talaba Muhammadjonova Diyorabonu pedagogik amaliyot o‘tash davrida o‘zining namunali xulqi va odobi bilan boshqalardan ajralib turdi. Dars jarayonlarini tashkillashda 4-"V"- sinf rahbari o‘qituvchisi Gulhayoxonga astoydil ko‘makchi bo‘lib, o‘zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashda tirishqoqligi bilan amaliyotda o‘rnak bo‘ldi. O‘qituvchilardan dars o‘tish metodlarini o‘zlashtirib o‘zi ham mustaqil darslarni tashkil qildi va o‘z ustida muntazam ish olib bordi. Darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘zlashtirishi passiv bo‘lgan o‘quvchilar bilan alohida shug'ullandi.Sinf bilan birgalikda ishlashda va jamoat ishlarida faol qatnashdi, o'zining sohasida intiluvchanligi bilan amaliyot davrini namunali o‘tkazdi.


Kelajakda Muhammadjonova Diyorabonu malakali yetuk kadr bo‘lib yetishishiga ishonamiz.


Maktab direktori: D.Mamatbuvayeva
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling