D triggerning shartli belgisi (a), holatlar jadvali (b) va
Download 128.37 Kb.
|
Msti DTJK
- Bu sahifa navigatsiya:
- JK – trigger
D – trigger D – triggerning shartli belgisi, holatlar jadvali va ishlash diagrammasi 4.6 – rasmda ko‘rsatilgan. Bu trigger bitta axborot D kirish va sinxron C kirishga ega. Uning asosiy xususiyati shundaki, D kirishidagi signal tugasa ham, to keyingi takt signali kelguncha (C kirish) trigger “1” – holatini saqlab turadi yoki D kirishga signal berilib, to takt signali tugaguncha trigger “0” holatni saqlab turadi. Shuning uchun D – trigger kechiktirish (задержка) triggeri deyiladi. D - triggerning shartli belgisi (a), holatlar jadvali (b) va ishlash (c) diagrammasi D – triggerning asinxron RS – trigger asosida VA – YO‘Q mantiqiy elementlarda tuzilgan sxemasi ko‘rsatilgan. Bu triggerda kirish signalining ruxsat etilmaydigan kombinatsiyasi yo‘q. T – trigger T – triggerning shartli belgisi, holatlar jadvali va ishlash diagrammasiko‘rsatilgan. Bu triggerda bitta T kirishi bo‘lib, bu kirishga kelgan har bir signal ta’sirida trigger bir holatdan boshqasiga o‘tadi. Shuning uchun T – trigger hisoblovchi (счетный) trigger deyiladi. T – triggerni ikkita asinxron RS – trigger asosida VA – YO‘Q mantiqiy elementlarda tuzish mumkin. T - triggerning shartli belgisi (a), holatlar jadvali (b) va ishlash (c) diagrammasi JK – trigger JK-triggerning shatli belgisi va holatlar jadvali ko‘rsatilgan. Trigger ikkita axborot (J, K) kirishlar va sinxron C kirishga ega. Bu trigger universal trigger bo‘lib, uni har xil turdagi triggerlar (RS, D, T) sifatida ishlatish mumkin. Chunki, u boshqa triggerlarning xususiyatlarini o‘zida jamlagan. Shuning uchun turli seriyadagi JK-triggerlar zamonaviy raqamli electron qurilmalarda keng qo‘llaniladi. JK- triggerning shartli belgisi (a ) va ishlash diagrammasi(b) Hozirgi vaqtda turli mantiq sxemalari asosida ko‘p qo‘llaniladigan trigger mikrosxemalari ko‘plab chiqarilmoqd Ushbu har xil seriyadagi trigger mikrosxemalarining asosiy parametrlari keltirilgan. Download 128.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling