1
DAAD grant dasturlari 1-
bosqichiga topshirish bo’yicha tavsiyalar
Umumiy tavsiyalar
● Ariza topshirishning so’nggi muddati (“Deadline”)ga e'tibor bering;
● Tavsiyonama (“Recommendation Letter”) maxsus shaklini DAAD portalidan yuklab olish;
● Universitetlar haqida ma’lumotlar shaklini
ushbu
havola
orqali
yuklab oling;
● “All master disciplines” va “ERP” dastularidagi orasidagi e’tiborli jihat:
oilaviy yordam puli
“All master disciplines” dasturi sovrindorlarigagina beriladi. DAAD ERP iqtisodiyot yo’nalishi
bitiruvchilari uchun maxsus bo’lsada, oilaviy sharoitni hisobga olib, All master disciplines
dasturida ishtirok etish maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin.
E’tibor bering: “All master
disciplines
” yo’nalishida tanlov barcha sohalar o’rtasida bo’lib o’tadi;
● Germaniya davlat oliygohlarida tahsil olish bepul;
● Boshqa harajatlar uchun DAAD oylik stipendiyasi to’lab
boriladi;
●
Stipendiya miqdori (23.10.2022 holatiga ko’ra) oyiga
861 yevro;
● Bundan tashqari, quyidagi harajatlar alohida moliyalashtirilishi ko’zda tutilgan:
○ Tibbiy sug’urta;
○ Germaniyaga borish va o’qishni tugatgandan so’ng qaytish uchun chiptalar;
○ Katta shaharlarda yashashda turar joy uchun qo’shimcha harajatlar (turar joy hajmi va
ijara narxiga qarab);
○ Dastur boshlanishidan avval nemis tili kurslari. Dastur boshlangandan so’ng,
qo’shimcha til kurslari harajatlari
belgilangan miqdorgacha;
●
Motivatsion xat (Motivation letter) bo’yicha Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi
tavsiyalarini ushbu
havola
orqali o’qishingiz mumkin;
●
Ariza topshirish shaklini (
Application form) to’lidirsh bo’yicha video qo’llanmani ushbu
havola
orqali ko’rishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: video qo’llanma DAAD EPOS dasturi misolida keltirilgan. All master
disciplines
/ERP dasturlari ariza shakllari ma’lumotlar grafalar o’xshash jihatlarga ega.
Vaqtdan unumli foydalanish maqsadida, mavjud tashqi manbaa
ga havola keltirildi. O’zbek
tilida video qo’llanma haqida ma’lumot berib o’tamiz.
Tavsiya etilmaydi
:
○
Yo’nalishni o’zgartirish. Bu sizning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlaringizni
tushurib
yuborishi va tanlov ijobiy natijasiga
teskari ta’sir qilishi mumkin;
○
Motivation letterni belgilangan hajmdan ko’proq yozish. Ko’pchilik “qancha ko’p
yozsam, shuncha yaxshi’ deb o’lyaydi. Aslida hajmni keragidan ortiq ko’paytirish,
yutuqlaringiz ko’p bo’lsa ham, sizga qarshi ishlaydi;.
○
Baden-Württemberg universitetlarini tanlash. Germaniyada faqat Baden-
Württemberg federal yerida Yevropa Ittifoqi
fuqarosi bo’lmagan insonlar uchun o’qish
uchun yillik €3000 to’lov
mavjud
. Bu DAAD tomonidan
qoplab berilmaydi. Shuning
uchun aniq asossiz
ushbu hududdagi oliygohlarni tanlamaslik tavsiya qilinadi.
Qo’shimcha savollarga javob berish uchun
26-oktabr (2022) Chorshanba kuni,
soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan) loyihaning Telegram kanali orqali ovozli
suhbat o
’tkaziladi.
23.10.2022, Eduply.uz jamoasi DAAD mentorlari tomonidan tayyorlandi.