Damlarim o’tdi Yaxshi ham, yomon ham kunlarim o`tdi


Download 21.59 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi21.59 Kb.
#1344573
Bog'liq
she\'rlar(qo\'shiqlar)


Damlarim o’tdi
Yaxshi ham, yomon ham kunlarim o`tdi,
Do`stim deganlari yuz burib ketdi,
Mardlikda lof urib nomardlik yetdi,
Yo`limda tugunlar turgan zamonim,
Mendan yuzing burma, qoshi kamonim,
Sen-da yuzing burma, qoshi kamonim.

Sanamlar bor, ba’zan mardlikda o`tar,
Ba’zi bir erkaklar ayoldan battar,
Munofiq eng avval do`stini sotar,
Sen-da bundaylardan yiroq bo`l, jonim,
Mendan yuzing burma, qoshi kamonim.

Tog`lardek og`irdir do`stning minnati,
Ba’zan hayron etar dushman himmati,
Go`zallik-da mardlik inson ziynati,
Temurbek himmati ushbu kalomim,
Mendan yuzing burma, qoshi kamonim.

Sahar, tong otadur, oppoq tong bugun,
Do`stlar shodon bo`lib, bayramdur bugun,
Biz kirgan xonalar bayramdur bugun,
Shu elga ayondur yaxshi-yomonim,
O`zing shohiddursan, qodir Xudoyim.

MUQADDAS AYOL


Oshiqlaring poyingta gul otib ham bo‘ldi, 


Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi, 
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi, 
Sen bari bir muqaddassan, 
Muqaddas Ayol!

Avval: «Kel-ey, quchog‘imga to‘l, balq», dedilar, 


Unamading, ayol o‘zi ters «xalq», dedilar, 
Icholmagach yuz o‘girib, sho‘r, talx, dedilar, 
Sen bari bir muqaddassan, 
Muqaddas Ayol!

Sen daryosan, o‘pganini qirg‘oq yashirar, 


Juftim bo‘l, - deb chopganini har toq yashirar
Jannatim, - deb quvonmasdan qumloq yashirar, 
Sen bari bir muqaddassan, 
Muqaddas Ayol!

Asli bu bor ermaklarning borar yeri Sen, 


Rostu yolg‘on ertaklarning borar yeri Sen, 
Asov otday erkaklarning borar yeri Sen, 
Sen bari bir muqaddassan, 
Muqaddas Ayol!

Chorlashganda sen kelsang, goh bekor kelsang-da, 


Mast davraga bir sarin yel, bir tor kelsang-da, 
Xor kelsang-da, nomardlarga goh xor kelsang-da,
Sen bari bir muqaddassan, 
Muqaddas Ayol!

Qimtinasan, astagina ko‘tarasan bosh, 


Ming yillikdir ko‘zingdagi javdiragan yosh, 
Gunohkorlar mingu bitta Senga tegar tosh, 
Sen bari bir muqaddassan, 
Muqaddas Ayol!

Harir, xushbo‘y badaningda toshlar izi bor, 


Ko‘kragingda egilgan ne boshlar izi bor, 
Quyosh izi, kuydirgan quyoshlar izi bor, 
Sen bari bir muqaddassan, 
Muqaddas Ayol!

DORILAMON KUNLAR KELDI…


Onaginam!


Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Quyosh boqsang, shaylanishlar va sozlashlar tor.
Olcha gulni ko’zlaringga surtasan behold.
"Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.
So’lg’in-so’lg’in lablaringdan ucharkan shu so’z,
Otaginam xayolimda rostlay boshlar qad.
Dorilamon kunlarga qayt, onam, yumib ko’z
O’ksik dilda boshlanmasin desang qiyomat.
Bu tabiat suyumlidir ham ko’zlari ko’r,
Goh sharobdan, goh og’udan qilar bizni mast.
Belginangga tirak bo’lay, onajonim, tur.
Dorilamon quyoshga boq, unga qasdma-qasd.
Yuzing ardoqli quyoshday issiq va mahvash.
Ko’zlaringda umid yonar tikilgan oni.
Qorli kunlar bilan ketsin dilingdagi g’ash,
Qizg’ish, lola rang qonlaydir bu kun dunyoni.
Bu dunyoning qir-darasi mo’l,
Yerni yalang oyoq bossang yayraydi taning.
Yashamoq – bir tansiq taom, unga ursang qo’l,
Brogan sari ochiladir ishtahang saning.
Bog’lardagi yetilgusi har mevali shox,
Rizqdir bizga, rizqqa doim dil ilinjlikdir.
O’g’lonlaring kelar ana, ochishib quchoq,
O’g’lonlaring meva qadar bir shirinlikdir.
Onaginam!
O’zing tortma davralardan, el chorlaganda,
"Tiriklikning bayrami”, deb sozlaganda tor,
O’zing so’lg’in lablar bilan pichirlaganda:
"Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.

TASKIN

Dunyo g‘irrom. Ammo halol 
Do‘st bor. Topsang bo‘ladi. 
Xuddi oftob, xuddi hilol
So‘z bor. O‘psang bo‘ladi.

Dunyo biri kamligidan 


Dod solmagin, birodar. 
Ketar chog‘ ham tobutingga 
Bo‘z bor, yopsang bo‘ladi.
http://vostoka.ucoz.com/publ/3-1-0-1121

"Uvaysiyman" radifli g'azal
Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.
Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub ko‘zni muddao Uvaysiyman,
Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»
Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.
To ko‘rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.
Faqr borgohiga qo‘ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo‘lsa, jon fido Uvaysiyman.
Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.

Manba https://tafakkur.net/uvaysiyman-radifli-gazal/jahon-otin-uvaysiy.uz

"Har tilni biluv emdi bani odama jondur..."
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.
G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar,
Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting foida kondur.
Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni,
Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.
Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur

Manba https://tafakkur.net/har-tilni-biluv-emdi-bani-odama-jondur/avaz-otar.uz

Qalandar ishqi
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo‘lni yo‘qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig‘ bu xatarlik yo‘lda qotdim-ku.
Karashma dengizin ko‘rdim, na nozlik to‘lqini bordir,
Halokat bo‘lg‘usin bilmay qulochni katta otdim-ku.
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo do‘stlar,
Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.
Uning gulzorida bulbul o‘qib qon ayladi bag‘rim,
Ko‘zimdan yoshni jo‘ aylab alamlar ichra botdim-ku.
Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorni
Yana kulbamga qayg‘ular, alamlar birla qaytdim-ku.
Muhabbat osmonida go‘zal Cho‘lpon edim, do‘stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.
Boku, 1920

Manba https://tafakkur.net/qalandar-ishqi/abdulhamid-cholpon.uz

Fasli navbahor o‘ldi...
Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar,
Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.
Subhidam tushub shabnam bo‘ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam yog’di abri naysonlar.
Nastaran yuvib yuzni, yosumon tuzib o‘zni,
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
Bir sahar edim uyg’oq: o‘t tutoshti olamg‘a,
Tog’lar chekib larza, titradi biyobonlar.
Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah,
Sarv gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar.
Bulbul o’qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.
Kechtilar vafo ahli qolmayin tutub savsan,
Kiydi ko’k qilib sunbul zulfini parishonlar,
Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog’imkim,
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.

Manba https://tafakkur.net/fasli-navbahor-oldi/zokirjon-xolmuhammad-ogli-furqat.uz

Mani rasvo qilam kimdurki, bir siymi badan nozik,


Solam boshima savdokim, bir ul gulkiri ham nozik.

Qading nozik, qoshing nozik, ko`zing nozik, labing nozik,


Tiling nozik, so`zing nozik, tishing durri adam nozik.

Hatingdur sabzai rayhon, labingdur kavsar andomi, {x2}


Mijang bo`ston, yuzing gulmi yo gulzori chaman, nozik.

Qading nozik, qoshing nozik, ko`zing nozik, labing nozik,


Tiling nozik, so`zing nozik, tishing durri adam nozik.

Ikki nargiz, ikki ko`ngul, ikki tan ikki jon birla,


Birin bir-bir qamal aylab, qilaylik anjuman, nozik.

Uvaysiy, o`z-o`zingcha so`ylama, tiyg`il zaboningni,


Mabodo ketmasin nozi diliga so`ylagan nozik.

Qading nozik, qoshing nozik, ko`zing nozik, labing nozik,


Tiling nozik, so`zing nozik, tishing durri adam nozik.

Read more: https://uz.lyricsus.com/sherali-jorayev/nozik/
Download 21.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling