Robiya Adaviya Sharq tasavvufida haqiqiy muhabbat-ishqi ilohiy g’oyasini
Download 22 Kb.
|
ROBIYa ADAVIYa
ROBIYa ADAVIYa Robiya Adaviya Sharq tasavvufida haqiqiy muhabbat-ishqi ilohiy g’oyasini targ’ib etgan birinchi mutasavvif ayoldir. U taxminan 713-718 yillar oralig’ida Basrada donishmand Ismoil Adaviy Kaysi oilasida dunyoga kelgan. Qiz oilada to’rtinchi farzand bo’lgani uchun unga «Robiya» deb nom qo’yishgan. Uni go’dakligidayoq o’g’irlab, qul sifatida sotib yuborishgan ekan. U tabiatan shoira va xalq qo’shiqlarini yuksak mahorat bilan ijro etadigan laparchi-xonanda bo’lgan. Ana shu sifatlari uchun Xojasi uni ozod etadi. Shundan so’ng Robiya bu dunyo mehridan yuz o’girib, ishqi qulga bog’lanadi. Bir necha yil sahroda chodirnishinlik qilib, o’ziga ko’plab muridlarni jalb etgach, Basraga keladi; zamonasidagi ko’plab donishmandlar bilan bahsu talashlarda bo’ladi. «Kashf-ul majhub li arbobul-qulub», «Tazkiratul avliyo» singari manbalarda u haqda rang-barang, turli-tuman naqllar, hikoyatu rivoyatlar keltirilgan. Naql qilishlaricha, ko’plardan bir kun Robiya bir qo’lida otash va ikkinchi qo’lida suv ushlagancha kuchada ketayotgan ekan. – Bu ne hol, bularni ne qilmoqchisiz so’rashibdi uni o’rab turgan odamlar. Olov bilan jannatga o’t qo’yaman, tokim odamlar bihishtga kirish umidi bilan yurmasinlar, suv bilan esa do’zax otashini so’ndiraman, tokim odamlar bu qo’rqinch va azobdan abadulabad qutulsiilar, – javob beribdi Robiya. Zeroki, u Allohga ibodatni chin muhabbat bilan, betama, qilgan inoyatiga, bergan umriga shukronalik bilan ado etishni uqtirardi. Robiyaning aqidasicha, azaliyat haqiqati, ishqi ilohiy ma’rifatning asl mohiyatidir. Obid bilan Orif o’rtasidagi farq ham ana shu haqiqat mohiyatini qanday anglab etishidadir. Uning ta’limoti asosida Odamu Olam birligi yotadi. Shuning uchun ham olima g’oyasining asosini pok axloq, yuksak darajadagi insonparvarlik tashkil qiladi. «Boyazid Bistomiydan Nuralishohi Gunobodiygacha»... kitobining muallifi Abdulrafe’ Haqiqat tomonidan aniqlanishicha Robiya Adaviya umrining oxirlarida Baytul muqaddasga ko’chib borib yashagan va o’sha erda 781 yili vafot 40 etgan.
«Modomiki, gunohlaringizni yashirishga intilar ekansiz, yaxshiliklaringizni pinhon tutishga ham odatlaning», deydi hikmatlaridan birida Robiya. Robiya arab tilida ko’plab qo’shiq va she’rlar yaratgan. Sarchashmalarda Robiya she’rlaridan namunalar keltirilgan. Jumladan, Fariduddin Atgorning «Tazkiratul avliyo» hamda «Mantiqut tayr» dostonida Robiya haqida fikr yurita turib, she’rlaridan misol keltirib o’tadi. Robiyaning karomat va shijoatlari xususida ko’plab hikoyat va naqllar tarqalgan. Hasan Basriy bir kuii Robiyaning ibodatxonasiga borib dedi: – Ey Robiya! Kishidan o’rgangan va hech kimdan eshitmagan, payvasta ko’nglingga tushgan ilmdan manga bir harf o’rgatgil. Robiya dedi: – Bir qamish if yigirib erdim. To ani sotib g’izo qilg’ayman. Ikki pulg’a sottim. Birini bir ilkimga oldim va yana birini bir ilkimga oldim va qo’rqtimkim, ikkisini bir qo’limga olsam, ikkovlon jam’ bo’lib meni yuldan chiqorg’aylar. Bugun ko’nglumga tushgan kushoyish ushbudir. * * *
Naqldurkim, bir necha kishi ozmoyish va imtihon qilmoq uchun Robiyaiing qoshig’a keldilar. G’arazlari bukim, bir necha so’z unga degaylar. Robiya anga javob topolmag’ay. Bas dedilarkim: Xudo hamma fazilat va ziyodalikni va ulug’likni er kishiga beribdur; payg’ambarlik tojini er kishi boshiga qo’yibdirlar, karomat po’tasini er kishining beliga bog’labdurlar. Hech xotinga payg’ambarlik etmabdur. Sen bu karomatlarni qaydin urarsen? Robiya dedi: – Har neki dersizlar, rostdur: xudparastlik ham eranlardin chiqdi. «Sizning xudoiingizman» deb da’vo qilmoq ham eranlardan chiqdi. Hech xotin hargiz «hoji qiz» bo’lmabdur, «hoji qizi» ham eranlardan chiqibdur. Download 22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling