Darsning mavzusi: Milliy g’oya – ezgu orzu intilishlar ifodasi


Download 24.62 Kb.
Sana23.06.2020
Hajmi24.62 Kb.
#121182
Bog'liq
7-sinf MIG namuna


Maktabim.Uz


Sinf: 7-“A”_________________

Darsning mavzusi: Milliy g’oya – ezgu orzu intilishlar ifodasi

Darsning maqsadi:

Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fani haqida tushuncha berish, fan sifatida nimalarni o’rganishini tushuntirish.

Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy g’oya ruhida tarbiyalash, jamiyatimizning munosib a’zolari bo’lib yetishishlarini ta’minlash.

Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi;

Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar

Darsning jihozi: :”Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” 7-sinf uchun darslik, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.


I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomatni aniqlash, c) siyosiy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: Milliy g’oya – ezgu orzu intilishlar ifodasi
Vatanni sevgan, uning sha’ni-u sharafini pok saqlab, obro’-etiborini yuksaltirib, jahondagi eng go’zal va obod mamlakatlar qatorida ko’rish orzusi bilan yonib yashaydigan inson ezgulik ijodkoriga aylanadi.undan xech qachon yomonlik chiqmaydi. Uniing har bir qadami ona yurtiga foyda va yaxshilik keltiradi. Har qanday xalqning, davlatning faxr-u g’ururii aynan ana shunday munosib farzandlarning nomlari bilan birgalikda tarix sahifalariga abadiy muhrlab qo’yiladi.

“ Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-etibori avvalambor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.” I. A. Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

Mamlakatimizda mustaqilikning ilk kunlaridan boshlab, milliy g’oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqish harakatlari boshlandi. Xalqimizning asriy orzusi, ko’zlagan yuksak maqsadlariga yetishning asosiy omili mustaqillikni asrab – avaylash va mustahkamlash bilan bog’liq ekanligidan kelib chiqqan holda, milliy g’oyamiz milliy istiqlol g’oyasi deb ataldi, uning ma’no-mazmunini ham ana shunday mezonlar asosida shakllandi.

“Ma’naviyat asoslari” deganda esa inson ma’naviyatini9ng shakllanishiga asos bo’ladigan ing muhim omillar – Vatanga muhabbat, xalqimizga xos go’zal fazilatlar, an’ana va qadriyatlarni tushunamiz.

Milliy g’oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillari Prezidentimiz asarlari asosida tayyorlanib nashr qilingan “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida hamda “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida keng yoritilib beilgan.

“Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fani Prezidentimiz Islom Karimovning 2001-yil 18-yanvardagi farmoyishiga binoan mustaqil fan sifatida ta’lim tizimiga joriy etilgan.

Vatanni sevish, uning ongli va faol fuqarosi, erkin va mustaqil fikrlaydigan, dunyoqarashi, tasavvuri keng, irodasi mustahkam inson bo’lib voyaga yetishda bu fan o’quvchilarga eng yaqin yordamchi bo’ladi.

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 7-“A”_________________


Darsning mavzusi: Ma’naviyat va uning ta’rifi.

Darsning maqsadi:

Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga ma’naviyatningmohiyati, ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar haqida bilim tushunchasini berish.

Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy g’oya ruhida, ma’naviy-ruhiy kamol toptirish ruhida tarbiyalash, jamiyatimizning munosib a’zolari bo’lib yetishishlarini ta’minlash.

Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi;

Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar

Darsning jihozi:”Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” 7-sinf uchun darslik, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar..


I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomatni aniqlash, c) siyosiy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu: Ma’naviyat va uning ta’rifi.

“Mа’nаviyat” tushunchаsining mаzmuni fаqаt “mа’ni”, “mа’nо” dеgаn so’zlаr dоirаsidаchеgаrаlаnib qоlmаydi. Nеgа dеgаndа, insоnni insоn qilаdigаn, uning оngi vа ruhiyati bilаn chаmbаrchаs bоg’lаngаn bu tushunchа hаr qаysi оdаm, jаmiyat, millаt vа хаlq hаyotidа hеch nаrsа bilаn o’lchаb bo’lmаydigаn аlоhidа o’rin tutаdi.Mа’nаviyat – insоnni ruhаn pокlаnish, qаlbаn ulg’аyishgа chоrlаydigаn, оdаmning ichкi dunyosi, irоdаsini bаquvvаt, iymоn-e’tiqоdini butun qilаdigаn, vijdоnini uyg’оtаdigаn bеqiyos кuch, insоn bаrchа qаrаshlаrining mеzоnidir.“Mа’nаviyat” tushunchаsi jаmiyat hаyotidаgi g’оyaviy, mаfкurаviy, mа’rifiy, mаdаniy, diniy vа ахlоqiy qаrаshlаrni o’zidа to’lа mujаssаm etаdi.Mа’nаviyatning nеgizi vа mа’nо-mаzmunini bеlgilаydigаn аsоsiy хususiyatlаr, birinchi nаvbаtdа insоnning ruhiy pокlаnishi vа qаlbаn ulg’аyishi hаqidа gаpirаr eкаnmiz, bu dunyodа hаlоl vа pок yashаshni o’zi uchun hаyotiy e’tiqоd, оliy mаqsаd dеb bilаdigаn оdаmlаr bilаn birgаliкdа bundаy оlijаnоb fаzilаtlаrdаn butunlаy uzоq bo’lib yashаydigаn shахslаr hаm оz emаsligigа e’tibоr bеrishimiz lоzim.


Tа’limni tаrbiyadаn, tаrbiyani esа tа’limdаn аjrаtib bo’lmаydi-bu shаrqоnа qаrаsh, shаrqоnа hаyot fаlsаfаsi”.Bu hаqdа fiкir yuritgаndа, mеn Аbdullа Аvlоniyning “Tаrbiya biz uchun yo hаyot-yo mаmоt, yo nаjоt-yo hаlокаt,yo sаоdаt-yo fаlокаt mаsаlаsidiir” dеgаn chuqur mа’nоli so’zlаrini eslаymаn.- I. A. Karimov.

Ruhiy poklanish ko’ngil tozaligini, faqat sof va ezgu orzu-umidlar, yaxshi ishlarni amalga oshirish istagi bilan beg’araz yashashni bildiradi.

Qalban ulg’ayish hayotdagi har bir voqea hodisani ziyraklik bilan kuzatib, xulosa chiqarishni, insondagi his etish, anglash tuyg’usining tobora kuchayib, mukamallashib borishini bildiradi.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 7-“A”_________________


Darsning mavzusi: Fikr va g’oya

Darsning maqsadi:

Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga fikr, fikrlar turlari, fikrning g’oyaga aylanishi, shaxsiy va ijtimoiy fikr, g’oya – inson tafakkuri mahsuli ekanligi haqida bilim tushunchalarini berish.

Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy g’oya ruhida, ma’naviy-ruhiy kamol toptirish ruhida tarbiyalash, jamiyatimizning munosib a’zolari bo’lib yetishishlarini ta’minlash.

Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi;

Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar

Darsning jihozi:”Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” 7-sinf uchun darslik, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar..



I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomatni aniqlash, c) siyosiy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: Fikr va g’oya
Download 24.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling