Darveshxon (Darvesh sulton)


Download 64.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2023
Hajmi64.27 Kb.
#1123880
Bog'liq
Darveshxon - Vikipediya



Darveshxon
Darveshxon (Darvesh sulton) (?—1578-yil
dekabr) — Toshkent va Turkiston hokimi
(1556—1578). Shayboniylar oʻzbek
sulolasi vakili. Mirzo Ulugʻbek va
Suyunchxoʻjaxonlarning avlodi.
Baroqxonning (Navroʻz Ahmadxonning)
toʻngʻich oʻgʻli. Ukasi Bobo sulton bilan
birgalikda Movarounnahrda hukmron
boʻlish uchun Buxoro xonligi hukmdorlari
Iskandarxon va Abdullaxon IIlarga qarshi
urushlar olib borgan. Xususan, 1557-yil
Ilonoʻtti mavzeida Abdullaxon II qarshi


jang qilgan. Unda Abdullaxon II
Darveshxonga yordamga oshiqqan Bobo
sulton qoʻshinini Darveshxon bilan
birlashishiga yoʻl qoʻymay, ularni alohida-
alohida yenggan. Darveshxon bu
magʻlubiyatdan soʻng bir muncha
vaqtgacha Abdullaxon II bilan ittifoqlikda
boʻlgan, jumladan, Abdullaxon IIning
Xurosonga qilgan yurishida (1567)
Darveshxon oʻz birodari (ukasi) Tohir
sultonni koʻp qoʻshin bilan yordamga
yuborgan. Biroq Bobo sulton Abdullaxon
IIga boʻyin egmay kurashni davom
ettirgan, u 1578-yil qishida Toshkentda
isyon koʻtarib Darveshxonni qatl etgan.
Bundan xabar topgan Abdullaxon II
Darveshxonning oʻchini olish bahonasida


Toshkentga yurish qilib, Chirchiq jangida
(1579-yil 18-aprel) Bobo sulton qoʻshinini
tor-mor keltirgan. Bobo sulton
Turkistonga qochib ketgan.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Axmedov B.A., Istoriya Balxa, T., 1982;
Istoriya Oʻzbekistana, t.Z, T., 1993;
Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV
— XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.
Hofiz Tanish Al-Buxoriy, Abdullanoma,
1- va 2-kitob, T., 1999—2000.
Adabiyot


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 18:18 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Darveshxon&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Darveshxon&oldid=2836799" 
dan olindi


boʻlsa).

Download 64.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling