Davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlari o'zaro munosabatlari. Bajardi: Bo`lisbekov Qayrat reja


Download 35.46 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi35.46 Kb.
#186171
  1   2
Bog'liq
209 A guruh Bo`lisbekov Qayrat STR Mustaqil ish


DAVLAT BOSHQARUVI VA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI O'ZARO MUNOSABATLARI.

Bajardi: Bo`lisbekov Qayrat

REJA:

  • Davlat — siyosiy tahlil obyekti sifatida. 

  • Davlat tuzulishi va shakllari.

  • Jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institularining o’rni va roli.

  • Siyosiy partiyalar va ularning turlari.

Ijtimoiy fanlarda davlat va siyosiy hokimiyat tushunchalari bir butun qaraladi, negaki davlat hokimiyati oliy siyosiy hokimiyat tarzida namoyon bo‘ladi. Ammo siyosiy hokimiyatning davlatdan tashqari bashqa institutlarda ham mujassam bo‘lishini kuzatish mumkin: siyosiy partiyalar, assotsiatsiyalar, OAVlar. Shuning uchun ham hokimiyat — ijtimoiy hodisa sifatida — ko‘p qirrali, ko‘p o‘lchovlidir.  Davlat ega bo‘lgak muhim belgi—suverenitetdir.

Zamonaviy nazariyalarda davlat suvereniteti cheksizligig‘oyasi o‘zgarib, u ijtimoiy tashkilotlar va uyushmalar tomonidan cheklanishi tamoyili kiritildi. Eng ko‘p o‘zgarishlarga bu tushuncha federativ tuzilishga ega davlatlarda uchraydi.Davlatning umumiyligi va universalligini ta’minlovchi yana bir muhim xususiyati — “qonun”dir. Davlatning yana bir belgisi –uning ommaviy hokimiyatga, ya’ni muayyan ma’muriy-boshqaruv apparati va huquqiy-tartibot organlariga tayanishdir. Davlat-fuqorolik institutiga tayanadi.Bu-uning yana bir belgisi.U fuqorolik hatti-harakatlarini ularning ijtimoiy,diniy,malakaviy yoki boshqa sifatlaridan qat’iy nazar umumiy o‘lchov bilan baholaydi.

Davlat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud, armiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tashkil topgan. Davlatlarni turkumlashning yana bir nechta usuli mavjud: Oliy hokimiyatni tashkil etish usuli buyicha davlatlar monarxiya va respublikaga bo‘linadi

O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar - ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.


Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat muassasalaridan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida “nodavlat notijorat tashkiloti” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nodavlat notijorat tashkiloti –jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish


Download 35.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling