“Davlat tili haqida”gi Qonunning matni. Til haqida ma’lumot


Download 1.6 Mb.
bet1/6
Sana16.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1096071
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-мавзу.Davlat tili haqida

Mavzu: “Davlat tili haqida”gi Qonunning matni Til haqida ma’lumot

Reja: “Davlat tili haqida”gi qonunning matni Til haqida ma’lumot Til va nutq tushunchalari

Tayanch tushunchalar: Til, millat, ona tili, millat ruhi, о‘lik til, globalizasiya, internet, til maqomi, davlat ramzi.

Ona tilimiz – о‘zbek tiliga 1989 yil 21 oktabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bо‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim о‘zgarishlar yuz berdi. О‘zbek tilining xalqaro miqyosda obrо‘si oshdi.


“Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor gо‘zalligi va jozibasini tо‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va о‘quv qо‘llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod sо‘z va sо‘z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qо‘llaniladigan sо‘zlarni о‘z ichiga olgan besh jildlik “О‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir.
Qachonlardir odamlar sо‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bо‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bо‘lib, ularning 90 foizi yо‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizasiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda sо‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bо‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida sо‘zlashuvchi aholining 80 foizi xamon о‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta’lim tizimida foydalanishning imkoniyati yо‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bо‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar о‘z tillaridan kо‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bо‘lmoqda.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling