Davlating otangdir jannating onang. Ota ona biri quyosh, biri misli oy, Oftob nurin eslatadi, yuzi kulgu bilan boy


Download 15.72 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi15.72 Kb.
#1740512
Bog'liq
Davlating otangdir jannating onang


Davlating otangdir jannating onang.
Ota ona biri quyosh, biri misli oy,
Oftob nurin eslatadi, yuzi kulgu bilan boy.
Qorong’u yo’lingni yorutguvchi bilgin, farzand, otangdir,
Xiralashgan qalbingni mehrla to’ldirguvchi onangdir.

O’zi xafa bo’lsa ham senga dalda berguvchi,
Og’ir kunda yoningda tirgak bo’lib turguvchi.
Kerak bo’lsa jonini senga bag’ishlaguvchi,
Bilib qo’ygin ey farzand sening xazinalaring,
Davlating otangdir , Jannating onang.

Jahling chiqsa jahlingni onangga hech qilmagin,
Otang gapirgan chog’da ko’ziga tik boqmagin.
Senga qilgan yaxshiligin bir umr unitmagin,
Yetti xazinamas bilgin ikki xazinang bor farzand,
Davlating otangdir jannating onang.


Dakki bersa tanbeh bersa so’zlariga quloq tut,
Bir ish buyurgan chog’da jismi joning tayyor tut.
Dilbandlarin gard yuqtirmay katta qilgan, bilgil farzand,
Davlating otangdir jannating onang.

Biroz betob bo’lganinda atrofingda parvona,
Ishing yurishmagan chog’da ko’ngli bo’lgan g’amxona.
Do’stlaring yuz o’girganda ham do’stlar qatorida,
Davlating otangdir jannating onang.

Kulfat arib omad kelganda kuzat shundagina bilasan,
Kim do’st kim dushman farqiga ham borasan
Olamda ikki do’sting bor tushinib yet ey farzand
Davlating otangdir jannating onang.

Navoiyni , Mashrabni so’zlaring dilga jo et albat,
Jannat onalar oyog’I ostida, bundadir barcha hikmat.
Ota rozi bo’lsa bilgin Alloh rozi bo’lgay farzand,
Davlating otangdir jannating onang.

Bir o’ylab ko’rgin o’zing isxori dil qilganmisan,
Onamlarni dunyolarga alishmayman deganmisan.
Otajonim xonumonim, borboyligim deganmisan,
So’z bo’lsada oddiygina quvontirar bu misralar.
Aytib turgil, bil ey farzand!
Davlating otangdir jannating onang

Tug’ilganda jon quloqni zir titratar ovozlaring,
Seni siypab allalovchi onaginang ovozlari.
Odam bo’lguningcha seni boshlarida ko’targuvchi,
Davlating otangdir jannating onang.

Zo’r shoirlar bu xilqatga ko’p ham ta’rif berolmagan,
Ta’riflab bo’lmas deya bir nom bilan atolmagan.
Ham otangni, ham do’stingni o’rnini ola olgan,
Davlating otangdir jannating onang.

Metin iroda kuchi po’latdan ortiq bilsang,
Xonadoning fayzidir, taningdagi joningdir agarda ko’ra olsang,
Yigitchilik tarbiyasin undan olasan bilsang,
Davlating otangdir jannating onang.

Ular yo’q bo’lsa bir zum xonadoning huvullar
Onangsiz och qolasan oshqozoning uvullar,
Otang bo’lmasa bir on rejalaring buzilar.
Davlating otangdir jannating onang.

O’qimishli bo’lsin deb duo qilar onalar,
Bu uchun zir yugurar doimgidek otalar.
Ularsiz ish bitdimi ayting, ayting farzandlar,
Davlating otangdir jannating onang.

O’qiding ishlayapsan o’ylab ko’rgil ey farzand,
Ishlaring oxiri yo’qdir umring o’tadi albat.
Savol bergin o’zingga nima qildim umrimda,
Hali vaqting bordir ota, ona uchun bir amal
Hajga jo’nat hojona qil safar qilsin ey farzand
Davlating otangdir jannating onang.

Butun umring bag’ishlasang kamlik qilar bu zot uchun,
Hayotda qarzing ko’pdir otang uchun onang uchun.
Bir yaxshilik qilma aslo, ming yaxshilik kamdir farzand,
Davlating otangdir jannating onang.

Ota ona so’zini hech yuzaki olma farzand
Nasihat qilar chog’da e’tibor qil ey farzand,
Boshingdagi tojing deb bilgin faqat onangni
Suyanishga tirgak deb bilgin faqat otangni,
Hayot nurli borlig’in ko’ksida jam etgan zot
Davlating otangdir jannating onang.



Dunyoga kelding farzand ne uchun bildingmi hech,
Ota onang quvonchisan hol ahvolin so’rdingmi hech.
Vaqt borida hurmat qilgin ish bitguncha bo’ladi kech,
Davlating otangdir jannating onang.

Insonlarning orzusidir kelajak nurlarin ko’rmoq,
Keksalarning orzusidir jannat yo’llarin ko’rmoq.
Ota onang orzusidir bir sening baxting ko’rmoq
Davlating otangdir jannating onang.

Sen uchun tosh kemirar suv kelsa suv simirar,
Senga baxil har insonga yoy qoshlarin chimirar.
Zulmat tunda senga hamroh onang mehri bilinar.
Zero har on har daqiqa senga hamrohdir ular,
Davlating otangdir jannating onang.

Kuzat hayotingda otang har bir qilgan ishini,
Sen o’zingga sharaf bilgin aytgan har bir yumushin.
Ota kaspin davom ettir 3 yildir qarz ulushlaring,
Tug’ulmasdan senga intiq orzusidir kulishlaring,
Davlating otangdir jannating onang.

Ona qalbi xuddi yog’dek tez eriydi agar bilsang,
Otang qalbi va ishonchi onang bilan hamohang
Sen tanasan , qanotlaring otang bilan onangdir,
Ko’kka parvoz qilolmassan ularsiz, zero farzand
Davlating otangdir jannating onang.


Hech bir qisqa qilolmasman bu zotlarning tarifin
Dunyo, olam kitoblarga sig’maydi shon sharafin
Shunday ekan shoirlar ham qo’lga olar qalamin
Bil ey farzand, yagonadir tarifiga til ojiz
Davlating otangdir jannating onang.

Daqiqalar o’tib bir zum o’yladingiz muxlisim,
Bebahoyim otamligin qaro, ko’z onam munisim.
Dilingizda jo aylangiz Nasibaning aytgan so’zin
Davlating otangdir jannating onang.



MUALLIF: NASIBA XOLMO’MINOVA 114 SATR
Download 15.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling