Даврий ишлайдиган ректификацион колонналар Узлуксиз ишлайдиган ректификацион колонналар. Ректификацион колонналар ёрдамчи курилмалари


Download 355.29 Kb.
bet1/5
Sana13.02.2023
Hajmi355.29 Kb.
#1192837
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kursavoy nasadkali


Мундарижа


Даврий ишлайдиган ректификацион колонналар……………………….


2.Узлуксиз ишлайдиган ректификацион колонналар.


3.Ректификацион колонналар ёрдамчи курилмалари.


4.Тарелкали ректификацион колонна .


5.Тарелкаларнинг турлари.


6.Роторли контакт курилмаси.


7.Насадкали ректификацион колонналар.


8.Пленкали ректификацион колонналар.


9.Ректификацион колонналарни хисоблаш ва лойихалаш.

KIRISH


Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Kichik ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar qo‘llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi zmyevik joylashtirilgan bo‘lib, aralashma qaynash temperaturasigacha isitiladi. Hosil bo‘lgan bug‘lar rektifikatsion kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga o‘tadi. Bug‘ kolonna buylab ko‘tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida ӯz tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug‘ fazasiga beradi. Bug‘ va suyuq fazalarning bir necha bor o‘zaro kontakti natijasida bug‘ fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat kilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.
Kolonnaning yuqorigi qismidan bug‘lar diflegmatorga o‘tadi va u yerda to‘la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug‘lar to‘la kondensatsiyalanganda hosil bo‘lgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan so‘ng, yig‘ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon tӯxtatiladi, qoldiq tushiriladi va sikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo‘lishini uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi(13-rasm).

Download 355.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling