Dazmol-bu kiyimlarni tekis va chiroyli ko’rsatuvchi,sifatini uzoq muddat yaxshi saqlashga yordam beruvchi buyum. Dazmol bizga oldindan Utuk’’ so’zi bilan tanilib kelgan va hozir ham bu so’zdan foydalaniladi


Download 1.11 Mb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1383084
  1   2
Bog'liq
dazmol


Dazmol-bu kiyimlarni tekis va chiroyli ko’rsatuvchi,sifatini uzoq muddat yaxshi saqlashga yordam beruvchi buyum.Dazmol bizga oldindan “Utuk’’ so’zi bilan tanilib kelgan va hozir ham bu so’zdan foydalaniladi. “Devoni lug’atit turkda” bu so’zga juda yaxshi ta’rif bergan ”oto’k” –andavaga o’xshash temir asbob bo’lib uni qizdiradilar va kiyimning chok hamda baxyalarini va tuklarini bostirib silliqlaydilar.Shuningdek qadimda “utuklamoq “ma’nosida “o’tidi”fe’li ham ishlatilgan. ”Utuk” so’zining kelib chiqishi haqida gap ketganda ba’zan: “utuk’’- “o’t” (olov)va “yuk”so’zlari qo’shilishidan yasalgan,uning ichiga o’t solingani (yuklangani)uchun shunday atalgan,degan qarashlar bo’lgan.Bu fikrning noto’g’riligini “Devoni lug’atit turk”da “o’t “ va “utuk”so’zlarining yozilishidagi farqdan ham ko’rish mumkin.Xususan,”Devonda” o’t so’zi (o:t)shaklida yozilgan ya’ni “o” tovushi cho’ziqroq,”o’to’k” va”o’tidi” so’zlari boshidagi “u”tovushi esa qisqa va yumshoqroq.Ehtimol,bu ikki so’z (“o:t” va “o’t”) qachonlardir bir no’zakdan o’sib chiqqan bo’lishi mumkin,chunki qadimda “o’t”-fe’li “silliqlamoq”,”olovda kuydirib tekislamoq ma’nolariga ega bo’lgan.
XVIII asrda ichiga ko’mir to’ldirilgan dazmollar paydo bo’ldi. Bunday vosita chetlariga mahsus teshiklar hosil qilinib, puflanganda ko’mir qizigan va dazmollash jarayoni boshlangan. Mazkur dazmollar vazni tekislash jarayonini haqiqiy tosh ko’tarish mashqiga aylantirib yuborgan. Ayrim dazmollar og’irligi 10 killogramni tashkil etardi.
Keyinchalik bug’li , gazli va hatto spirtli dazmollar paydo bo’ldi. 1882 yilda Genri Sili ismli inson ilk bor dazmol uchun patent oldi.

Ushbu voqeadan so’ng kundalik ehtiyojimizning zaruriy qismiga aylangan zamonaviy dazmollar tarixi boshlandi. Albatta, tok bilan ishlaydigan bunday dazmolning ham o’z kamchiliklari bo’lgan. 10 yil o’tgach aynan shu kabi dazmollarga qizdirilgan spiral qo’yib, uning qaytadan ishlangan nusxasi paydo bo’ldi.

  • Ushbu voqeadan so’ng kundalik ehtiyojimizning zaruriy qismiga aylangan zamonaviy dazmollar tarixi boshlandi. Albatta, tok bilan ishlaydigan bunday dazmolning ham o’z kamchiliklari bo’lgan. 10 yil o’tgach aynan shu kabi dazmollarga qizdirilgan spiral qo’yib, uning qaytadan ishlangan nusxasi paydo bo’ldi.
  • Shundan buyon dazmollar tuzilishi o’zgargani yo’q. bor– yog’i ularning ayrim qismari takomillashdi. Yillar o’tib, unga maxsus namlagich qism qo’shildi. Ma’lumotlarga ko’ra, dazmollash ishi qiziqarli bo’lishi uchun musiqiy dazmol ihtiro qilib, ushbu noyob buyum uchun patent olgan kishi ham bor ekan.

Dazmol turlari
An’anaviy zamonaviy dazmolga bug‘ generatori o‘rnatilgan bo‘ladi. Dag‘alroq matoni bug‘ purkab dazmollash mumkin. Buning uchun dazmollashdan oldin idishchasiga bir oz suv quyib olish kerak. Bug‘ purkovchi dazmollar do‘konlarda serob.
Bug‘ purkagichi alohida dazmol. Bu toifa dazmollarni oddiygina qilib bug‘ generatorli deb atashadi. Bunday dazmolning bug‘ yetkazuvchi qismi o‘zida emas, alohida joylashgandir. Ular ichak orqali birlashtiriladi. Odatda, bug‘ni kuchli va bir tekisda uzatadi. Asosan, katta matolarni, xususan, choyshab, yotoqxona qoplamalari va boshqa materiallarni tez-tez dazmollaydigan kishilarga kerak.
Yo‘l uchun dazmol. An’anaviy dazmolning kichikrog‘i. O‘lchami va vazni oz, chamadonda ko‘p joy egallamasligi uchun dastasi buklanadi. So‘nggi vaqtda yo‘l uchun dazmollarning ham bug‘lisini uchratish mumkin. Bir qultumgina suv quyasiz, tamom. Yo‘l uchun dazmol
Simsiz dazmol. An’anaviy dazmolga o‘xshaydi, ammo rozetkadan emas, tagligidan (asos stansiyasi) isiydi. Birgina afzalligi ish vaqtida xalaqit beruvchi simi yo‘qligidir. Ammo tez-tez taglikda isitib olish talab etiladi. Dazmollaydigan kiyimingiz kam bo‘lsa, bu aynan sizga mos.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling