Deb ataydilar xalq, Germaniyaning asosiy aholisi
Download 54.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Nemislar - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Nemislar Nemislar (oʻzlarini doyche deb ataydilar) — xalq, Germaniyaning asosiy aholisi (74,6 mln. kishidan ortiq). Umumiy soni 86 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasida 843 ming kishi, Qozogʻistonda 958 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Nemis tilida soʻzlashadi. Dindorlari — protestantlar (asosan, lyuteranlar) va katoliklar.
Nemis xalqining etnik asosini milodiy 1- ming yillik oʻrtalarida Reyn va Oder daryolari oraligʻida yashagan qad. german qabilalari: franklar, sakslar, bavarlar, alemannlar, tyuringlar, tevtonlar, kimvrlar qabilalari ittifoqlari tashkil etgan. Bu ittifoq namoyandalari 10-asr ga kelib oʻzlarini — "tevtonlar" deb atay boshlaganlar. N. 9-asrda elat boʻlib shakllangan. Nemis xalqining shakllanishi jarayonida (12—13-asrlar) gʻarbiy slavyan (polab) va Bol-tiqboʻyi qabilalari (prusslar va ularga qardosh litva qabilalari) ham qatnashgan. 1871 yilda Prussiya yetakchiligida Germaniyaning siyosiy va
iktisodiy birlashuvi nemis millatining shakllanishini, asosan, nihoyasiga yetkazgan. N.ning aksariyati yuksak rivojlangan sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band. [1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Manbalar
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Nemislar&oldid=1827352 " dan olindi
Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 54.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling