Deflyasiya narxlarning umumiy darajasi pasayishi. Aksiya
Download 15.84 Kb.
|
Biznes muloqot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy foiz stavkasi
- Valyuta
- Pul muomalasi
- Naqdsiz pullar
- Kredit kartasi
- Emissiya
1-topshiriq 1. Inflyatsiya - mahsulot va xizmatlarning narx-navosi darajasining oshishi natijasida pulning qadrsizlanishi va aholining to’lovlilik qobiliyatning pasayishi. 2. Deflyasiya - narxlarning umumiy darajasi pasayishi. 3. Aksiya - o’z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’oz. 4. Asosiy foiz stavkasi – tijorat banklari uchun qarz olish foiz stavkasini hamda qarz oluvchilar uchun kredit xarajatlarini belgilab beruvchi foiz stavkasi. 5. Kapital - tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo’lgan mablag’. 6. Kredit - qaytarishlilik sharti bilan (foiz to’lovlari bilan birgalikda) mahsulot yoki pul ko’rinishidagi qarz 7. Narx - qandaydir tovar yoki xizmat uchun taklif etilayotgan, so’ralayotgan yoki to’langan pul summasi. 8. Valyuta - turli xil davlatlarning pul birligining umumiy nomi. 9. Subsidiya (lotincha subsidium – yordam, nafaqa, qo‘llab-quvvatlash) – bu davlat byudjeti yoki maxsus fondlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga, mahalliy organlarga yoki boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag‘i yoki moddiy ko‘rinishdagi yordamdir. 10. Pul muomalasi - pul mablag’larining naqd va naqd bo’lmagan shaklidagi aylanmasi bo’lib, u tovar, shuningdek to’lovlar va hisob-kitoblar aylanmasini ta’minlaydi. 11. Pul massasi – muomaladagi naqd pullar va banklar hisobvaraqlaridagi depozit mablag‘larining yig‘indisi. 12. Omonat -jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlash va daromad olish maqsadida bankning maxsus hisobvaraqlarida qo’yiladigan milliy yoki horijiy valyutadagi pul mablag’lari. 13. Naqdsiz pullar - hisob-kitoblar uchun foydalaniladigan u yoki bu hisobvaraqda saqlanadigan pul mablag’lari. 14. Moliya bozori - qimmatli qog’ozlar, qimmatbaho metallar, valyutalar va boshqa investisiya vositalarini qarz olish, berish, sotib olish va sotish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi. 15. Likvid aktivlar - qiymati bozorda shakllanadigan, bozor qiymati bo’yicha qisqa muddat ichida ularni sotib olishga osonlik bilan xaridor topiladigan, doimiy ravishda ko’zda tutilmagan (nomaqbul) yo’qotishlarsiz sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlar. 16. Kredit kartasi - bankning kredit mablag’lari hisobidan mahsulot va xizmatlar uchun to’lovlarni naqd pulsiz ko’rinishda amalga oshirish uchun ishlatiladigan to’lov kartasi. 17. Ipoteka - garovga oluvchi kreditorning egaligiga o’tkazilmaydigan ko’chmas mulk (asosan, yer, bino-inshootlar) garov turi. 18. Investor - foyda olish maqsadida investisiya faoliyati ob’ektlariga o’zining mablag’larini va (yoki) qarz mablag’larini yoxud jalb qilingan boshqa investisiya resurslarini investisiya qilishni amalga oshiruvchi investisiya faoliyati subyekti. 19. Emissiya - banknotalar va qimmatli qog’ozlarni chiqarish. 20. Defitsit - muayyan davrda davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi. Download 15.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling