Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume`tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


Download 31.6 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi31.6 Kb.
#1626847
Bog'liq
1


  1. Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume`tirof etilgan tamoyillari.

Demokratiya — (qad. yun. δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum.
Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi.
Demokratiyaning asosiy talablari koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishidir. Demokratiyaning bevosita demokratiya (asosiy qarorlar yigʻilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yoʻli bilan qabul qilinadi) va vakillik demokratiyasi (qarorlar saylab qoʻyiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor.
Kishilik jamiyati paydo boʻlgandanoq, demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham oʻzining soʻnggi choʻqqisiga erishganicha yoʻq. Davlat bilan birga vujudga kelgan demokratiya insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shart-sharoitlarga moslasha borgan. Har bir davlatda, millatda oʻziga xos qadriyatlar, mentalitet, anʼanalar mavjuddir. Ular jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta taʼsir koʻrsatadi, binobarin demokratik muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, albatta, hisobga olinadi.
Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har narsadan yuqori turadi. Bunday davlat oʻzini oʻzi boshqarish, koʻp partiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin boʻlishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya tartibotlari huquqiy davlatda mukammal rivojlanib boradi.
Demokratiyaning umumjahon e`tirof etgan asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir;

  • erkin va adolatli saylovlar;

  • ochiq va hisobot beruvchi hukumat;

  • inson huquqlarining ustuvorligi;

  • hokimiyat organlarining saylanib qo`yilishi;

  • so`z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi;

  • qonun ustuvorligi;

  • fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi;

  • tayinlash yo`li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo`yiladigan organlar oldida hisob berish burchliligi;

  • ko`ppartiyaviylik tizimining mavjudligi;

  • umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o`tkazilishi;

  • siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko`rsatishi;

  • jamiyatda plyuralizm, ya`ni fikrlar xilma-xilligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi;

Download 31.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling