Dendrologiya fani maqsadi va vazifalari dendrologiya xalq xo’jaligida ahamiyati dendrologiya fani rivojlanish tarixi


Download 23.75 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1509497
Bog'liq
DENROLOGIYA FANI




DENROLOGIYA FANI VA UNI O’RGANISH

REJA:

  1. DENDROLOGIYA FANI MAQSADI VA VAZIFALARI

  2. DENDROLOGIYA XALQ XO’JALIGIDA AHAMIYATI

  3. DENDROLOGIYA FANI RIVOJLANISH TARIXI

Dendrologiya (grekcha dendron — daraxt, logos — fan) botanikaning bir qismi bo‘hb, daraxt va butalaming sistematikasini, biologik hamda ekologik xususiyatlarini, evolutsiyasini, morfologik va anatomik tuzilishini, fiziologiyasini, geografik tarqalishi hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘rganadi. Dendrologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga o'rmonchilik, bog'dorchilik va ko'kalamzorlashtirish sohalarining xalq xo "jaligidagi ahamiyatining tobora ortib borishi sabab bo‘ldi. Dendrologiya fan sifatida bir tomonda o'simliklarning morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bog'langan bo'lsa, ikkinchi tomondan o'ziga yaqin bo'lgan fanlar — o'rmonchilik, o'rmon taksatsiyasi, o'rmon seieksiyasi, madaniy o'rmonlar va o'rmon melioratsiyasi kabi maxsus fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir. Uzoq o'tmishdayoq insonlar daraxt-butalar haqida boshlang'ich bilimlarga ega bo'lganlar. Dastlabki chop etilgan botanika kitoblarida daraxt-buta o'simliklari to'g'risida faqat morfologik va sistematik ma’lumotlar keltirilgan bo'lib, o'rmonchilar hamda bog'bonlar daraxt-buta turlarining faqat morfologik belgilariga ko'ra ajrata olganlar. Keyinchalik o'rmon melioratsiyasi sohasida — ayniqsa ko'chma qumlarni mustahkamlash, tog'lami o'rmonlashtirish, temir va avtomobil yo'llarini himoyalovchi o'rmonlar barpo etish, eroziyaga uchragan tuproqlarni mustahkamlash, parklar, sayilgohlar, shaharlarda rekratsion zonalar barpo etish ishlari ko'lamining kengayishi dendrologik bilimlarni ortishiga olib keldi. Hozirgi paytda dendrologiyada daraxt-buta o'simliklarining geografik tarqalishi, morfologiyasi, ayniqsa ichki yoki anatomik tuzilishi, biologik (hayotiy) va ekologik (tashqi muhit bilan munosabati) xususiyatlari hamda tur ichidagi shakilarming turli tumanligini o'rganishga e’tibor ortmoqda. Dendrologiya, umuman olganda o'rmon


biologiyasi haqidagi ta’limotning birinchi bo‘limi bolib, o'rmon hayotining mohiyatini tushunish, uni maqsadli o'zgartirish uchun o‘rmonning asosiy tarkibini hosil qiluvchi daraxt-butalami bilish hamda ajrata olish kerak. Xalq xo'jaligida daraxt va butalar dendrologiya o'rganuvchi asosiy obyekt sifatida muhim ahamiyatga egadir. Avvalambor ular sanoat va xalq xo'jaligida keng foydalaniladigan yog'och mahsulotlari olishning yagona manbaidir. Yog'och bu kimyo sanoati uchun xomashyodir. Yog'ochni qayta ishlash natijasida skipidar, sirka kislota, metil va etil spirti, selluloza, nitrolaklar va boshqa ko'plab moddalar olinadi. Daraxt-butalarning ba’zi turlari oziq-ovqat ahamiyatiga ega bo'lgan yong'oqlar, mevalar va urug'lar manbayi bo'lib, ularga grek yong'og'i, bodom, xandonpista, sibir kedri, o'rmon yong'og'i, pekan, iste’molbop kashtan kiradi. Ko'pgina turlar dorivor o'simliklar sifatida muhim ahamiyatga ega bo'lib, ularning barglari, gullari, mevalari, tana po'stlog'i va ildizlari biologik faol moddalar va vitaminlarga boydir. Bu kabi daraxt-buta o'simliklariga eman, tog' jumrut, soxta kashtan, yapon soforasi, do'lana, na’matak, zirk, chakanda, chilonjiyda, maymunjon, malina, qoraqat, hurmo, marjondaraxt, tut, cherkez, oq qayin, irg'ay, chetan va boshqalar kiradi. Ba’zi daraxt-butalar xalq xo'jaligida foydalaniladigan texnik xomashyo manbayi bo'lib xizmat qiladi. Ulardan po'kak, oshlovchi moddalar, tannidlar, qand moddasi, smola, texnik moy, guttapercha (rezina xomashyosi) kabi ko'plab qimmatli birikmalar olinadi. Bu kabi o'simliklarga po'kakli eman, sumax, skumpiya, qandli zarang, qarag'aylar, dukkaklilar, evkommiya, qayin, jiyda kabi turlar kiradi. Va nihoyat daraxtlarning chiroyli, baland bo'yli, sersoya shoxshabbalari qaytarilmas shakldagi barglari, gullari shahardagi parklar, alleyalar, bulvarlar, sayilgohlarga o'zgacha chiroy beradi, yuqori estetik landshafflarni yuzaga keltiradi. Shaharda o'suvchi manzarah daraxt-butalar havoni gazlar va changdan tozalab, muhim sanitargigiyenik fimksiyalami bajaradi. Ko'pgina daraxtlar havoga uchuvchi moddalar — fitonsidlami ajratadi, ular o'z navbatida havodagi zararli va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalami qirib yuboradi. Bunday ko'kalamzorlashtirishda keng foydalaniladigan daraxt-butalarga soxta kashtan, chinor, eman, sofora, terak, shamshod, qrim va eldor qarag'ayi, tyan-shan, kanada va tikonli qoraqarag'ay, forzisiya, bagryannik, bunduk, virgin va oddiy archa, biota, sarv, tuyya, majnuntoi, katalpa, zamab va boshqalar kiradi. Daraxt va butalar o‘rmon melioratsiyasida ayniqsa tog‘ o‘rmon hamda qum sahro melioratsiyasida muhim ahamiyatga ega. Daraxtlarni himoyalovchi ihota o‘rmonlari qishloq xo‘jaligi ekinlarini garmsel shamollardan saqlab, hosildorligini oshiradi. Tog‘ bag‘iriarida terrasalarga ekilgan daraxt turlari kuchli rivojlangan gorizontal ildiz tizimlari bilan tuproqni mustahkamlaydi,shu sababli tog‘ o‘rmonlari eroziyaning oldini oladi. Ko'chma qumlami mustahkamlashda psammofit o'simliklar — saksovul, cherkez, qandim, quyonsuyak va astragal kabilarning ahamiyati kattadir. Turli xil iqlim, tuproq sharoitlarga mos keluvchi qurg'oqchilikka, sovuqqa chidamli, mahsuldor va uzoq yashaydigan xilma-xil daraxt-butalaming tanlash ham dendrologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Shunday qilib, xalq xo‘jaligida daraxt-butalaming ahamiyati juda katta va turli-tumandir. Daraxt turlarining qimmatli xususiyatlarini to‘g‘ri baholash uchun ushbu turning barcha biologik, ekologik va fiziologik xususiyatlarini bilish zarur. Dendrologiya fan sifatida daraxtbutalami har tomonlama o‘rganib, ularning har birini turh sharoitlarda qaysi usulda va qanday maqsadlar uchun yetishtirish kerak degan savolga javob beradi. Dendrologiya fan sifatida o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon melioratsiyasi va manzarali bog‘dorchilikning amaliy talablarini bajarish uchun xizmat qiladi. 0 ‘rmon xo‘jaligi uchun yog‘och mahsuldorligi yuqori boigan daraxt turlari o‘rmon melioratsiyasi uchun qurg‘oqchilikka, sho‘rxok erlarda o‘sishga moslashgan, kuchli ildiz tizimiga ega tuproqqa talabchan emas, manzarali bog'dorchilik uchun gazga chidamli, changni tutib qoluvchi shovqinni kamaytiruvchi, uzoq yashovchi, lekin bir paytning o‘zida manzarali xususiyatlarga ega daraxt-buta turlari zarurdir. Hozirgi paytda mamlakatimiz o‘rmon xo‘jaligi sohasi oldida katta muammolar o‘z yechimini kutib turibdi, ularga o'rmon bilan qoplanganlik darajasini oshirish, archa o‘rmonlari maydonini kengaytirish, mamlakatimiz dendroflorasini yangi turlar bilan boyitish, Orel dengizining qurigan tubining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish, o'rmonlashtirish va hokazolar kiradi. Bu muammolami faqat chuqur dendrologik bilimlarga ega bo'lgan yuqori malakah mutaxassislar hal qilishi mumkin. Yuqori malakah mutaxassislami tayyorlash uchun hozirgi zamon fani darajasini ifodalovchi darsliklar, o‘quv qo'hanmalari bo'hshini taqozo etadi. Hozirda o'quv jarayonida qo'llanilayotgan dendrologiya darshklari (F. L. Shchepotev (1949), B. R. Grozdov (1952), (1960), P. L. Bogdanov (1974), A. I. Vanin (1960) asosan Rossiya, Ukraina va Belorussiya davlatlaridagi o'rmonchilik oliy o‘quv yurtlari uchun chop etilgan. Markaziy Osiyo o'rmonlari o'rmon o'sish sharoitlari, dendrologik tarkibiga va xo'jahk yuritish uslublariga ko'ra Rossiya, Ukraina, Belorussiya o'rmonlaridan tubdan farq qiladi. Mamlakatimiz o'rmonlari asosan himoyalovchi funksiyalarini bajaradi. 1974-yilda o'zbek tilida chop etilgan A.U. Usmonovning «Dendrologiya» o'quv qo'llanmasi oliy o'quv yurtlarining biologiya va qishloq xo'jaligi ixtisosligi talabalari uchun tavsiya etilgan. 1980- yilda L.V. Yaskinaning «Dendrologiya» qo'llanmasi chop etilgan. 0 ‘tgan davr mobaynida biologiya va o'rmonchiLik fanlari ko'plab yangi va nazariy ma’lumotlar bilan boyidi. Shu sababli ham zamon talabiga mos o'quv qo'llanmasi dendrologiya kursi darslik sifatida O'zbekiston Qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlariga o'quv jarayoni uchun tavsiya etiladi. Dendrologiya fani oldiga mamlakatimiz o'rmonlarining tarkibini yaxshilash, ularning mahsuldorligini oshirish va yangi chidamli o'rmonlar barpo etish vazifasi qo'yilgan. Bu fan daraxt-butalarning tur ichidagi bioxilmaxillikni o'rganish, ularning ekologik va biologik xususiyatlariga tavsif bergan holda, turli iqlim — tuproq sharoitlari uchun lozim bo'lgan turlami tavsiya etadi.
Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling