Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Kimyo va biologiya kafedrasining 2023 yil 24 fevraldagi majlisi Bayoni №7 Ishtirok etuvchilar


Download 17.15 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi17.15 Kb.
#1368164
Bog'liq
7 БАЁННОМА


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Kimyo va biologiya kafedrasining
2023 yil 24 fevraldagi majlisi Bayoni №__7_

Ishtirok etuvchilar:  16 nafar pedagoglar,M.K.Hamroyeva-kafedra mudiri,kafedra a’zolari:b.f.f.d.(PhD),M.A.Xalmuratov b.f.f.d (PhD),I.J.Ro’ziyeva b.f.f.d.(PhD),D.Kenjayev t.f.f.d (PhD), Sodiqova Dilfuza G‘afforovna O‘qituvchi, Mammadiyev Absaxat Xasanovich O‘qituvchi, Raximov Alisher Xudoyqulovich O‘qituvchi, Mardonov Sherzod Umaraliyevich Stajor-o‘qituvchi, Qorayev Sarvarbek Egamnazar o‘g‘li Stajor-o‘qituvchi, Xayitova O‘g‘iloy Ziyodullayevna Stajor-o‘qituvchi, Ro‘ziyeva O‘g‘iloy Mamatraimovna Stajor-o‘qituvchi, Yo‘lliyev Dilshod Toji o‘g‘li Stajor-o‘qituvchi, Raxmonov Bekzod Abdixamidovich Stajor-o‘qituvchi, Ergashev Azamat Azimovich Stajor-o‘qituvchi, Boboxonov Muzaffar Ziyodullaevich Stajor-o‘qituvchi, Tojibayeva Shoxista G‘ayratovna Laboratoriya mudiri


Kun tartibi:

1. Kafedra katta o‘qituvchisi lavozimi tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar 


muhokamasi.

1. ESHITILDI:


Tinglandi kafedra mudiri Xamroyeva M.K:
"Chag‘aniyon" gazetasining 2023-yil 12-yanvardagi 12 (11742) sonida e’lon kilingan tanlov bo‘yicha kafedra katta o‘qituvchisi lavozimiga ikki nomzoddan ariza tushdi. Biri kafedraning o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgan D.Sodiqovadan, ikkinchisi xam kafedraning o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgan I.Bozorovdan. Kafedra bilan kelishuvga asosan I.Bozorov anorganik kimyo fanidan sinov darsi o‘tkazdi va unda kafedra o‘qituvchilari D.Kenjayev, A.Mammadiyev, kafedra mudiri M.Xamroyevalar ishtirok etdilar.
O‘tgan besh yillik muddatda amalga oshirilgan pedagogik, uslubiy, ilmiy va tarbiyaviy ishlar natijalari haqida hisobot uchun so‘z D.Sodiqovaga beriladi.
Tinglandi d.Sodiqova (hisobot ilova qilinadi).
Savollar berildi: b.f.f.d (PhD) I.Ro‘ziyeva, t.f.f.d (PhD) D.Kenjayev, o‘q. A.Mammadiyev.
Muxokamada ishtirok etdilar: b.f.f.d(PhD) M.Xalmuratov, kaf.mudiri M.Xamroyeva
Keyingi so‘z I.Bozorovning sinov darsida ishtirok etgan ekspertlarga beriladi (ekspert xulosa ilova qilinadi).
Savol beruvchilar: t.f.f.d(PhD)D.Kenjayev ,o‘q.Sh.Mardonov.
Muxokamada ishtirok etdilar: kat.o‘q. t.f.f.d(PhD)D.Kenjayev, kaf.mudiri M.Xamroyeva.
Har ikkala nomzod hisoboti va sinov darslari bo‘yicha ekspert xulosalari tinglanib muxokama qilinib kafedra quyidagilarni aniqladi:
Kafedra o‘qituvchisi D.Sodiqova avvalgi besh yil muddatda o‘z fani bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini 2,7 %ga, davomatni 3 %ga ko‘tarishga erishdi. Uning tomonidan ma’ruza matnlari (2020, 2023 yillari), test savollari (400 savollar) tayyorlangan.
Nomzodlik dissertatsiyasi ishi bo‘yicha ish olib bormoqda, mavzusi bo‘yicha 5 ta maqola e’lon qildi, shu jumladan 3 tasi xorijiy mamlakatlarda, 1ta scopus. bazasidagi jurnalda.2019 yilda malaka oshirish kursidan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Kamchilik sifatida ilmiy grantlar tanlovlarida yutib chiqmaganlik, uch yillik muddatda nomzodlik dissertatsisini himoya qilmaganlik qayd etildi.
Katta o‘qituvchi lavozimiga ikkinchi da’vogar I.Bozorovning sinov darsi bo‘yicha quyidagilar aniqlandi.Nomzodlik dissertatsiyasi ishi bo‘yicha ish olib bormoqda mavzusi bo‘yicha 4 ta maqola e’lon qildi, shu jumladan 2 tasi xorijiy mamlakatlarda, sinov darsi ishchi dasturga to‘la mos va yuqori ilmiy asosda, keng ko‘lamda ko‘rgazmali va tarqatma materiallardan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘tildi. Darslar interfaol usulda tashkil etilganligi bois auditoriya to‘la qamrab olindi, dars mashg‘uloti mantiqiy xulosa bilan yakunlanib, keyingi mavzuga yo‘nalish va topshiriqlar shakllantirildi.Malaka oshirish kursiga xali yuborilmagan.
Kafedra mudiri nomzodlarni ovozga quyish shakli bo‘yicha takliflar so‘rab majlisga murojaat qildi. Tushgan takliflarga muvofiq ochiq ovoz berish tartibi qabul qilindi.
Kafedra mudiri taklifiga muvofiq majlis ishtirokchilari ovoz berdilar. Unga ko‘ra D.Sodiqovaning katta o‘qituvchi lavozimiga tavsiya etishni yoqlab 11 nafar, I.Bozorovni yoqlab 3 nafar majlis ishtirokchilari ovoz berdilar. Ikki kishi betaraf qoldi.
Kimyo va biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga tanlovida ishtirok etgan nomzodlarni muxokoma qilib kafedra majlisi
QAROR QILINDI:
1. Ko‘pchilik ovoz bilan Kimyo va biologiya kafedrasi o‘qituvchisi D.Sodiqova Kimyo va biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga tavsiya qilinsin.
2. Mazkur qaror bo‘yicha kafedra mudiri M.Xamroyevaga fakultet (OTM) kengashi majlisida axborot berish topshirilsin.

Kafedra mudiri___________M.K.Xamroyeva



Kotib___________ M.Z. Boboxonov
Download 17.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling