O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI
BUYRUG‘I
___.___.2023 yil № ____ Denov tumani
Magistrlik dissertatsiyasi mavzularini va
ilmiy rahbarlarini tasdiqlash to‘g‘ risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-son qarori hamda Institut kengashining 2023 yil mart oyidagi ____-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida
BUYURAMAN:
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalaming magistrlik dissertatsiyasi mavzulari va ilmiy rahbarlari ilovaga muvofıq tasdiqlansin:
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra mudirdari zimmalariga:
magistratura talabasi o‘zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo‘yicha har
oyda kafedra yig‘i1ishida hisobotini muhokamasini tashkil etish;
har o‘quv semestri yakunida tegishli fakultet o‘quv-uslubiy kengashi yig‘ilishida (magistratura bo‘1imida) magistratura talabalarining kalendar ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot berish;
kafedrada talabalaming magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasini yuqori saviyada tashkil etish, dastlabki himoya jarayonida ilmiy rahbar (ilmiy mas1ahatchi) larning ishtirokini ta’minlash, ushbu jarayon bilan bog‘liq tuzilgan komissiyaning adolatli ish olib borishini nazorat qilish;
talabalaning magistrlik dissertatsiyasining yakuniy rasmiy himoya yuzasidan tashkil etiladigan davlat yakuniy attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berish va davlat yakuniy attestatsiya komissiyasining ishlashi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni ta’minlab berish;
talabalarning magistrlilk dissertatsiyalariga institutda ishlamaydigan professor-o‘qituvchi (mutaxassislar) ilmiy rahbar biriktirilganda, talabaga kafedraning salohiyatli professor -o‘qituvchilaridan ilmiy maslahatchi tayinlash;
magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring jarayonida faol qatnashish:
- talabalaning magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar bo‘lgan professor- o‘qituvchilarga belgilangan tartibda haq to‘lashni rasmiylashtirish vazifalari yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |