Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori
Ilmiy rahbarlar zimmalariga
Download 179.5 Kb.
|
Ilmiy mavzular ro‘yxati va buyrug‘i 2023 кишки
- Bu sahifa navigatsiya:
- (F.Valixonov)
- (R.Mamajonov)
- Rektor G’.Raximov
Ilmiy rahbarlar zimmalariga:magistratura talabasining kalendar ish rejasini mazmunli tuzishda, unda talabaga beriladigan vazifa va topshiriqlaming mutanosibligini ta’minlash; tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha - tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish; - tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tatdqiqot ishida qo‘llashda magistratura talabasiga ko‘maklashish; - magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi o‘z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish; - dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish kabi vazifalar yuklatilsin. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘ i ( B.Jurayev ) zimmasiga :- talabalarning kalendar ish rejasining bajarilishi, ularning kafedralar majlislarida hisobotlarining eshitib borilishi, ilmiy seminarlarga jalb etilish holatlarini nazorat qilish va ularning samaradorligini baholab borish; - teglshli kafedra mudirdari va ilmiy rahbarlar ishtirokida magistratura talabalarining faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borish, unda talabalar tomonidan magistratura to‘g‘risidagi Nizomning 9-bo‘limi talablari asosida magistrlik dissertatsiyalarining bajarilish holati yuzasidan monitoringni tashkil qilib borish va uning xulosalari bo‘yicha ma’muriyatga takliflar kiritish; - talabalarning magistrlik dissertatsiyasining yakuniy rasmiy himoya yuzasidan tashkil etiladigan Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasining faoliyatining bir maromda bo‘lishi yuzasidan barcha tashkiliy ishlarni amalga oshirish; - tegishli kafedra mudirdari bilan birgalikda magistrlik dissertatsiyalarining yakuniy himoyasini o‘tkazish yuzasidan tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish va himoya grafiklarini ishlab chiqib uni tegishli xodimlarga yetkazish; - eng yaxshi magistrlik dissertatsiyalarini tanlovga tanlab, o‘quv-uslubiy boshqarmaga taqdim etish; - davlat attestatsiya komissiyalarining hisobotlarini qabul qilish va o‘quv- uslubiy boshqarmaga topshirish; - davlat attestatsiya komissiyalari a’zolari uchun soatbay ish haqi bildirishlarini reja va o‘quv-uslubiy boshqarmaga rasmiylashtirish; davlat attestatsiya komissiyalari kotiblari bilan himoya jarayonini tashkil qilish bo‘yicha seminar o‘tkazish va ularga namuna sifatida me’yoriy hujjatlarni tayyorlash; himoyadan so‘ng magistrlik dissertatsiyalari institut axborot resurs markaziga topshlrilishi va Davlat attestatsiya komissiyalari kotiblari tomonidan tegishli hujjatlar (hisobotlar)ning o‘quv-uslubiy boshqarma va xodimlar bo‘limiga topshirishlarini ta’minlash vazifalari yuklatilsin. Bosh buxgalter (F.Valixonov) zimmasiga talabalaming magistrlik dissertatsiyalariga llmiy rahbar bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga belgilangan tartibda haq to‘lash vazifasi yuklatilsin. Ushbu buyruq ijrosi nazorati Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (R.Mamajonov) zimmasiga yuklatilsin. Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2023 yil mart oyidagi -son qarori, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i bildirishi. Rektor G’.Raximov
Download 179.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling