Din psixologiyasi ijtimoiy ahamiyati


Download 60.84 Kb.
bet1/2
Sana06.11.2023
Hajmi60.84 Kb.
#1750481
  1   2
Bog'liq
Din psixologiyasi ijtimoiy ahamiyati


Shuxrat Toshniyozov

Din psixologiyasi ijtimoiy ahamiyati

REJA:



  1. Din psixologiyasining fan sifatida shakllanishi hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish.

  2. Din psixologiyasining dinshunoslik fani bilan bog‘liqligi

  3. Din psixologiyasining jamiyat hayotida tutgan o‘rni

  4. Dunyo dinlari ta’limotlarida ruh masalasining talqini

Tayanch tushunchalar: din psixologiyasi, hissiyot, tasavvur, sezgi, diniy tuyg‘u, ruh, ruhiyat, ruhiy, reinkarnatsiya


Din psixologiyasi dinshunoslik va psixologiya bilimlari zaminida vujudga kelgan bo‘lsa ham, o‘ziga xos mavzu, maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan mustaqil fan tarmog‘i sifatida shakllanib, rivojlanib kelayapti. Bu fanning ob’ektini inson ruhiyati, diniy guruhlar va tashkilotlar hulqi, inson qalbida joylashgan va turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘luvchi diniy e’tiqod va amallar tashkil etadi. Uning predmeti esa, dinning ruhiy fenomen sifatida kishilar qalbi, xulq-atvori, hayot tarzi, hissiyot va tafakkuriga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganishdan iborat. Buning uchun diniy e’tiqodning shakllanishi va ta’sir etishini, diniy tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lgan tuyg‘ular, tasavvurlar, qiziqish va boshqa ruhiy holatlarning yuzaga chiqishini, ularning xulq-atvorga singishi, e’tiqodlarning yuksalishi va o‘zgarishlarini, ularning samimiyligi, chuqurlik darajasi kabi holatlarni tadqiq etish lozim bo‘ladi. Bunda psixologiya va boshqa fanlar tomonidan yaratilgan metodlardan foydalaniladi. Din psixologiyasi fani inson va jamiyat qonuniyatlarini o‘rganadigan barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liqdir. Ayniqsa, falsafa, etnologiya, antropologiya, tarix, sotsial psixologiya, dinshunoslik, huquqshunoslik kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan va bu ilmiy bilimlar tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.
Din psixologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish, G‘arb olimlari tomonidan, deyarli bir asrdan buyon muayyan konsepsiyalar asosida tadqiq etib kelinyapti. Shuning uchun din psixologiyasiga oid ko‘plab kitoblar va manbalarda ularning ilmiy tadqiqot natijalari keltiriladi. Mamlakatimizda bu fan endigina shakllanib kelyapti. F.Abdurahmonov va Z.Abdurahmonovalarning “Din psixologiyasi” (2011) kitobi va bir qator mualliflarning maqola va ma’ruzalari bu yo‘lda qo‘yilgan dastlabki qadamlardandir. Bu fanga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi, avvalo dinning jamiyat ma’naviy hayotida tutadigan o‘rni, ijtimoiy zarurat va ehtiyojlar bilan bog‘liqdir. Qolaversa, O‘zbekiston ko‘p millatli davlat bo‘lib, unda 16 xil konfessiyaga e’tiqod qiluvchi xalqlar yonma-yon yashaydi.
Din psixologiyasi diniy ibodatlar va amallar jarayonida ibodat qiluvchi qalbidagi katarsis (forig‘lanish) jarayonini, uning bosqich va darajalarini psixologik jihatdan tahlil etadi. Diniy tuyg‘u insonning boshqa hissiy kechinmalaridan farq qilib u intim (yashirin, sirli) va ilmiy tushuncha, so‘zlar bilan ifodalab berish qiyin bo‘lgan ruhiy holat va xususiyatdir. Din muxoliflari diniy tuyg‘uni insonning boshqa hissiy kechinmalaridan, masalan, qo‘shiq va musiqa tinglashdan hosil bo‘lgan zavqlanishdan, yaqin do‘stini, qarindoshini ko‘rgandagi xursandchilikdan, narkotik modda iste’mol qilganda vujudga keladigan sarxushlik holatidan nima farqi bor? deb e’tiroz bildiradilar. Bir qarashda, savol o‘rinli, javob berish ham murakkab ko‘rinadi. Chunki, barcha hissiy kechinmalar inson vujudida, ruhida sodir bo‘lganligi uchun, ularni farqlash, izohlash ham qiyinchilik tug‘diradi. Lekin farq shundaki, diniy tuyg‘ulardan boshqa barcha hissiy kechinmalar, insonning besh xil sezgilari asosida hosil bo‘ladi. Masalan, qo‘shiq va musiqa tinglash orqali tug‘iladigan zavqlanish, eshitish a’zolarimiz orqali olingan tovushlar yordamida tug‘ilsa, qarindosh va do‘stni ko‘rgandagi xursandchilik, ko‘rish sezgimiz asosida hosil bo‘ladi. Narkotik moddalarning iste’molidan vujudga keladigan sarxushlik holati esa, ta’m-maza sezgisi va oshqozon- ichakdagi retseptorlarning kimyoviy moddalardan ta’sirlanish hosilasidir. Bularning barchasi inson vujudidagi fiziologik va ruhiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Inson ruhining makoni bo‘lgan qalb esa moddiy narsa emas. Zero, ruhning o‘zi ham moddiy bo‘lmagan latif javhardir. Moddiy bo‘lmagan narsaning makoni ham nomoddiy bo‘ladi. Shuning uchun qalbda bo‘ladigan tuyg‘ular, evrilishlar ilohiy manbaga ega bo‘lib, ularni vujudda sodir bo‘ladigan hissiy kechinmalar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Diniy tuyg‘ular manbaining ilohiyligi, nomoddiyligi ularni ilmiy jihatdan o‘rganish mumkin emas, degan fikrni tug‘dirmaydimi? Yo‘q, tug‘dirmaydi. Zero, bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan falsafa, mantiq kabi fanlar ruh va inson tafakkuri, uning hosilalari bo‘lgan fikrlarni, nomoddiy xususiyatga ega ma’naviy hodisalarni o‘rganib keladi.
Dindor odamning hissiy va ruhiy kechinmalari, ayniqsa, diniy amallarni bajarish jarayonida yorqin namoyon bo‘ladi. Shuning uchun din psixologiyasi dindorlarning diniy amallarni bajarish jarayonida vujudga kelgan ruhiy holatlari va kechinmalarini ham o‘rganadi. Ma’lumki, islomda va boshqa dinlarda ham ibodat va diniy amallarning jamoa bo‘lib bajarilishiga katta e’tibor beriladi. Shuning uchun yolg‘iz o‘qiladigan namozga qaraganda, jamoa bo‘lib o‘qiladigan namozning savobi 25-27 marta ko‘p, deb aytiladi. Chunki, jamoa bo‘lib turgan vaqtdagi shaxsning ruhiy holati, yolg‘iz turgan paytdagi holatidan farqlanadi. Birgalikda qilinadigan harakatlar, safning zich turishi, auralarning qo‘shilishi, kuchayishi, machitdagi muhit, barchasi namozxon ruhiga ijobiy ta’sir etadi.
Din va din psixologiyasi bilan bog‘liq masalalarni bir qator fanlar o‘rganadi. Lekin ular bu voqelikni o‘z predmeti, ilmiy konsepsiyasidan kelib chiqqan holda o‘rganadi va munosabat bildiradi. Diniy bilimlarni o‘zida aks ettirgan diniy manbalarni tibbiyot, psixologiya, falsafa, astronomiya, fizika, sotsiologiya, dinshunoslik kabi fanlar tomonidan o‘rganilishi, tahlil etilishi shuni ko‘rsatadiki, ilm-fan, texnika rivojlangan sari, ilohiy kitoblarda bayon qilingan ma’lumotlarning yangi-yangi qirralari ochilib borilyapti.
Diniy e’tiqodlarning shaxsga ta’sir etishi va shaxsdagi diniy tuyg‘u, psixologik holat va xususiyatlarni ilmiy jihatdan taxlil qilish ham din psixologiyasi fani oldida turgan vazifalarga kiradi. Diniy va milliy tuyg‘ular o‘ta nozik va ta’sirchan kechinmalar xisoblanadi. Salgina nopisandlik bilan aytiladigan fikr, hatto hazil tariqasida aytilgan ibora, bu tuyg‘ularni junbushga keltirib, turli noxushliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Din psixologiyasi muammolarini o‘rganayotgan tadqiqotchi diniy mavzularga extiyotkorlik bilan yondoshishi, turli din vakillarini ranjitmasdan, Qur’on va Hadislarga, buyuk salaflar qoldirgan boy meroslarga tayangan holda tadqiqotlarini olib borishi kerak. Tarixiy shaxslarni o‘ranishda, xususan, Payg‘ambarlar shaxsiyatiga psixologik metodlar va prinsiplar bilan xolisona nazar tashlashi va o‘rganishi lozim. 2005 yili Daniyadagi bir xususiy gazeta Payg‘ambarimizga (s.a.v.) karikatura chiqargan. Bu islom olamida juda katta norozilik, hatto, davlatlararo mojarolarni keltirib chiqardi. 2012 yili Amerikada Payg‘ambarimizni (s.a.v.) kamsituvchi qisqa metrajli film internetga chiqib ketgan. Butun islom olamida Amerikaga qarshi norozilik mitinglari boshlanib ketdi. Ayniqsa, Misrda katta to‘polonlar bo‘lib, Amerika elchixonasiga xujum qilingan. Yana bir islom mamlakatida Amerika elchixonosining xodimi o‘ldirilgan. Shunga o‘xshash noxush va ko‘ngilsiz hodisalar afsuski, tez – tez sodir bo‘lyati.
Diniy e’tiqodning shakllanish bosqichlari hamda e’tiqodni o‘zgartirish kabi masalalarni o‘rganish ham din psixologiyasi vazifasiga kiradi. Mustaqillikni dastlabki kunlaridanoq fuqarolarning vijdon erkinligiga alohida e’tibor berildi. Diniy qadriyatlarimizning tiklanishi bilan bir qatorda, diniy bilimlar berishga shart-sharoitlar yaratila boshlandi. 1999 yili Toshkent islom universitetining ochilishi, o‘nlab o‘rta maxsus diniy bilim yurtlarida o‘quv ishlarining boshlanishi, minglab dindorlarning haj va umra safariga borishi, ikki mingdan ortiq machitlarning faoliyat olib borayotganligi va boshka shunga o‘xshash faktlar bunga misol bo‘la oladi. Diniy bilimlar va diniy e’tiqodlar asosida avlodlarning yanada barkamollikka erishishi, diniy bilimlarning jamiyat hayotiga ta’sir kuchini ilmiy jihatdan o‘rganish, dinshunoslik va din psixologiyasi fani oldida turgan dolzarb vazifalardandir.
Insonning qayg‘u-hasrat ko‘rmay, g‘am-anduh chekmay umr ko‘rishi mumkin emas. Zero, yaratilgan va jamiyatda mavjud bo‘lgan narsalarning barchasi o‘z ziddiga ega bo‘lib, ular o‘rtasida doimo kurash ketadi. Vaqti-vaqti bilan ular o‘rin almashib turishadi. Tun ketidan kun, qishdan keyin bahor almashganidek, odam bolasining hayotida to‘kinchilik, farovonlik, sog‘liq-salomatlik o‘rnini, ba’zan yo‘qchilik, inqiroz, kasallik kabi mashaqqatlar egallaydi. Haqiqiy imon bu mashaqqatlarga avvalo, sabr qilishda, tushkunlikka tushmay, ularni bartaraf etish uchun qilingan say’-harakatlarda sinaladi.
Ko‘pincha, bunday holatlarda e’tiqodsiz odamlarda tushkunlik kayfiyati ustunlik qilib, vahimali fikrlarga bora boshlaydi. Peshonam sho‘r ekan, deb noshukurlik qiladi. Dunyo ko‘ziga qorong‘u ko‘rinib, hayotda bo‘lgan quvonchli kunlar, farog‘baxsh onlarni unutib, umri davomida bo‘lgan neki noxushlik, qiyinchiliklar bo‘lsa, barchasini bir-bir ko‘z oldidan o‘tkaza boshlaydi. Natijada, bir g‘ami o‘n g‘amga aylanadiki, unday kishilarning turmushidan xotirijamlik, fayz-baraka, hayotidan lazzat yo‘qoladi. Ularda pessimistik (badbinlik) kayfiyati ustuvor bo‘lib qoladi. Eng yomoni, bu xil kishilar boshlariga tushgan mashaqqat sabablarini tahlil qilib, uni yengillatish yoki bartaraf etishni o‘ylamay, aybni o‘zidan emas, boshqalardan izlab, kimlardandir gumon qila boshlaydilar.
Har bir insonda bu ikki holatdan biri vaqti–vaqti bilan o‘rin almashib turadi. Lekin hech kim o‘zidagi taqdiri qadarni bahona qilib, qilmishini oqlamasligi zarur. “Agar azalda yaxshilar safiga yozilgan bo‘lsam, qiladigan har qanday ishlarimning oxiri hayrli bo‘ladi. Qazoda yomonlar orasiga yozilgan bo‘lsam, qiladigan yaxshiligimning ham nafi bo‘lmaydi”, deyish nodon insonning ishi. Bunga Odam(a.s.) bilan Shayton la’in haqidagi rivoyatni misol qilish mumkin. Iblis qilgan amalini o‘zidan emas, taqdirga havola qilib, kofir bo‘ldi va ulug‘ dargohdan quvildi. Odam (a.s) esa, qilgan xatolikni nafsidan, o‘zidan bildi va gunohi avf etilib, rahmatga erishdi. Har bir inson qadar haqida fikr yuritganda, taqdiru azalning ilohiy bilimlar jumlasidan ekanligini yodda tutishi, u haqda ko‘p bahs yuritmaslik kerak. Aks holda turli shubha va xatolar ichida qolib, oxir-oqibat zindiq (mo‘minning aksi) holiga tushib qolish xavfi bor.3
Islomiy aqida egalari esa, narsalar Allohning irodasi bilan bo‘lishligini anglab, musibatlarni o‘zi uchun bir sinov, Yaratganning ne’mati sifatida qabul qiladi. Noo‘rin gumonlarga bormaydi. Mashaqqatlar sababini o‘zidan izlab, uni o‘zining biror qilmishining jazosi, deb xulosa chiqaradi. Chunki Parvardigor xohishisiz hech kimga, hatto bitta tikan ham kirmaydi. Jismimizga qadalgan bir tikan, qaysidir qilgan qilmishimiz uchun kafforot ekanligini biladi. Dindor kishilarga xos xususiyatlardan yana biri shuki, ular turli musibatlardan ham yaxshi xulosalar chiqara oladilar. Musibat kelganda sabr qilsa, bu musibatlarning oqibati hayrli bo‘lishini biladilar. Shuningdek, bu xil mashaqqatlar, musibatlar buyuk insonlar, Allohning suyuk bandalari - payg‘ambarlar boshiga ham tushganligini, ular bu musibatlarni mardona yenga olishganligini yaxshi bilishadi.
Tarixdan ma’lumki, Muhammad(s.a.v.)ning boshlariga Makka mushriklari qanchadan-qancha kulfatlarni solishdi. Xo‘rlashdi, haqoratlashdi. Hanafiy mazhabining asoschisi hazrati Imomi A’zam hokim xohishiga ko‘ra qozi bo‘lmaganlari uchun zindonga tashlandilar. Imon egalari hayotning bu qiyinchiliklariga sabri jamillar qilib, Allohning yorug‘ va hayrli kunlariga umid va ishonch bilan yashashdi.
Amerika anarxistlarining boshlig‘i SEM Xaysmit (Abdul Vadud)ning 2001 yili musulmonlikni qabul qilishiga, aynan, musulmonlarning har qanday qiyinchilik va ofatlarga chiroyli sabr qilishlari sabab bo‘lganligini aytgan.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday dedi: “islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas.”4
Ijtimoiy hodisa sifatda dinning bir qancha sotsial-psixologik funksiyalari mavjud. Bular: kommunikativ, regulyativ, interaktiv, psixoterapevtik va gnoseologik funksiyalardir.
Dinning kommunikativ funksiyasi insonlarning diniy munosabatlar asosida o‘zaro psixologik, sotsial-psixologik, emotsional munosabatlarga kirishishi, axborotlar almashishini ta’minlashdan iboratdir. Regulyativ funksiya o‘zaro munosabatga kirishuvchilar, suhbatdoshlar xulq-atvorini, emotsional kechinmalarini e’tiqodlar, diniy normalar asosida muayyan darajada tartibga solib turish vazifasini bajaradi. Bunda diniy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, udum va marosimlar shaxslararo munosabatlarni boshqarishda ishtirok etadi.
Dinning interaktiv funksiyasiga munosabat va muomalaga kiruvchilarning bir-birlariga ta’sir etishi, taqlid qilishi, ta’sirlanishi, xulq-atvorini o‘zgartirishi kabi ruhiy va hissiy holat hamda jarayonlar kiradi. Gnoseologik vazifa esa, dinni, uning tarixini, diniy bilimlarning vujudga kelishidagi sotsial-psixologik jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishdan iboratdir. Psixoterapevtik funksiyada diniy amallarni bajarish bilan bog‘liq ravishda dindorda vujudga keladigan tinchlanish, taskin topish, ruhlanish, forig‘lanish kabi holat va kechinmalar nazarda tutiladi.
Din psixologiyasi fani XIX asr oxirlari XX asr boshlarida vujudga kelgan, deb qabul qilingan. Bunda nemis psixologi V.Vundt, fransuz psixolog va sotsiologlari E.Dyurkgeym, T.Ribo, amerikalik psixolog V.Jeyms xizmatlari katta. Din psixologiyasi fanining shakllanishi arafasida, ya’ni XIX asr oxiri XX asr boshlarida bir qator G‘arb psixologlari – Z.Freyd, V.Vundt, V.Jeyms, M.Sheller, E.Dyurkgeym, E.Fromm, K.Yung kabi olimlar din psixologiyasi fanining predmeti, ob’ekti, vazifalari, o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammolari, metodlari haqida turli fikrlarni bayon qilishgan. Shunga ko‘ra din psixologiyasining ob’ekti, predmeti haqida turli qarashlar shakllandi. Xususan, diniy hodisalarni sub’ektiv idealistik, biologik, antropologik, fenomenologik, sotsiologik va jamoaviy ongsizlik asosida tushunish va tushuntirishlarni ko‘rsatish mumkin.
Din psixologiyasi fanining predmetini belgilashda ham turfa xil qarashlar bor. Masalan, amerikalik psixologlar G.Ollport va U.Klarklar insonning barcha ruhiy jarayon va holatlari diniy kechinmalar bilan uzviy bog‘langanligi uchun din psixologiyasi insonni kompleks o‘rganishi kerak, deb ta’kidlashsa, E.Fromm va V.Gryun dinga ishonuvchi va e’tiqod qiluvchi odamlarning barcha xulq-atvor, yurish-turishlari din psixologiyasining predmeti hisoblanadi, deb yozadilar. Nemis mumtoz falsafasining yirik vakili Lyudvig Feyerbax esa, dinning boshlanishi ham odam, o‘rtasi ham odam, nihoyasi ham odam bilan tugaydi. Shuning uchun din va din psixologiyasining ob’ekti va sub’ekti insondir, deb ko‘rsatadi.
XX asrning 60-yillari o‘rtalaridan boshlab sobiq Ittifoqda din psixologiyasining ayrim muammolari bo‘yicha bir qator ilmiy maqolalar, kitoblar chop etila boshlandi. 1967 yili psixologiya fanlari doktori, professor K.K.Platonovning «Din psixologiyasi» kitobi rus tilida nashrdan chiqdi. 1986-yili shu nomda falsafa fanlari doktori K.D.Ugrinovichning ham kitobi nashr etildi. Lekin bu maqola va kitoblar dinning inson hayotida, ruhiy olamida tutadigan o‘rni, uning ta’sirini asosan ateistik ruhda bayon etib, dinning «xalq uchun af’yun» ekanligini, inson ongini «zaharlashi»ni isbotlashga harakat qilgan, shu doiradagi mavzular bilan cheklanilgan.
Endilikda esa, diniy e’tiqodlarning shakllanishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 1)Din psixologiyasining umumnazariy masalalarini o‘rganish. Bu diniy g‘oyalar va ta’limotlar, diniy e’tiqodning mazmuni, tarkibi va xususiyatlari, dinning shaxs va jamiyat ma’naviy hayotidagi psixologik vazifalarini o‘z ichiga qamrab oladigan yo‘nalish. 2)Differensial din psixologiyasi. Bunda diniy e’tiqod va dindorlar ruhiyati ma’lum ijtimoiy muhit va tarixiy davrlarni hisobga olgan holda tadqiq etiladi. Ko‘pincha buni hisobga olmaslik natijasida turli guruh va oqimlar o‘rtasida bahsli holat va nizolar vujudga kelib qoladi. Ma’lumki, tabiiy ofatlar, qirg‘in-barot urushlar, ijtimoiy notinchlik, iqtisodiy tanazullar davrida diniy hissiyotlar kuchayib ketadi. Hatto SSSR dek daxriy davlat ikkinchi jahon urushi davrida diniy idoralar, cherkov va machitlarni ochishga, dindorlar faoliyatiga erkinlik bergan. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi Toshkentda 1943 yili ochilgan. Shu yili Qur’onning hazrati Usmon nusxasi ham Ermitajdan Toshkentga olib kelingan. 1945 yili Buxoroda Mir Arab madrasasi qayta tiklangan. 3) Diniy guruhlar (mazxab, yo‘nalishlar) psixologiyasi. Unda diniy tashkilotlar, jamoalarning sotsial-psixologik tuzilmasini, o‘zaro muomala, bir-biridan ta’sirlanish va taqlid qilish kabi holatlar mexanizmi, ularning kishilar hulq-atvori, hissiyot va ongiga ta’sir etishini o‘rganiladi. 4)Diniy marosimlar psixologiyasi, ya’ni diniy marosim va amallarni bajarishning inson ruhiyatiga ta’siri tadqiq etiladi.
Ruh haqida Sharq mutafakkirlari, islom dunyosida ham muayyan fikrlar bayon qilingan. Islomiy bilimlarning asosiy manbai bo‘lmish Qur’oni karimning «Al–Isro» surasi, 85 oyatida, «Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir. Sizlarga juda oz ilm berilgandir» deyiladiBu oyatda ruh, Allohning g‘ayb ilmlaridan ekanligi, bu haqda insoniyatga, hatto o‘z payg‘ambarlariga ham oz ilm berilganligi ta’kidlanyapti. Albatta, Parvardigorning insoniyatga in’om etgan shu oz ilmining o‘zini o‘rganish uchun minglab daholarning umrlari kifoya qilmaydi. Har bir inson o‘z imkoniyati taqozo etgan darajada uni anglab olishga intilishi, bu orqali o‘zini bilib, Robbisini tanib, uning kuch–qudratini yanada to‘laroq anglab olishi kerak bo‘ladi, deb ta’kidlaydi G‘azzoliy, «Kimyoyi saodat» kitobida.
Islomiy bilimlarda ham ruhning birlamchiligi, tanaga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudligi, u Alloh dargohidan inson tanasi(vujudi)ga vaqtinchalik kiritilishi ta’kidlanadi. Mutafakkir shoirimiz A.Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida Farhod bilan Husrav o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dialogda Husravning: – «Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast?» – deb bergan savoliga, Farhod: – «Ruh ermas erdi tanga payvast» – deb javob beradiki, bu savol – javobdanoq ruh va tana boshqa–boshqa mohiyat sifatida qaralyapti. Junayd Bag‘dodiy(r.a): “Ruh qadimdir ham demasmiz, maxluqdir, deyishdan ham tiyilurmiz”, deydi. (N.Kubro. “Tasavvufiy hayot”, T. 2004. 161- bet.)
Vatandoshimiz Shayx Aziziddin Nasafiy «Zubdat ul haqoyiq» (Haqiqatlar qaymog‘i) asarida Olamni yaratilishi, ruh va jism, odamlarning o‘zaro munosabatlari haqida shariat va hikmat(faylasuf) ahlining fikrlarini keltiradi. Kitobda aytilishicha, islomda shariat ahli ikki vujud haqida gapiradilar. Birinchisi – Vujudi azal bo‘lib, uning avvali yo‘q, u abadiy vujuddir. Azaliy va abadiy vujudni Xudo, deydilar. Ikkinchisi – vujudi hodis (dunyo), uning boshlanishi bor. Demak, u foniy vujud bo‘lib, uni Olam deydilar. Olam Xudoning ijodi. Xudo olam emas, olam ham Xudo emas. Olamni yaratishdan maqsad, Odamni yaratish edi. Buning hikmati esa, olam ahliga o‘zini tanitish.
Haq subhanaxu taolo ilk daf’a bir javhar (substansiya) yaratdi. Uning nomi Nafsi avvaldir. Hikmat ahli uni “Ruhi avval” deydilar. Shu javhardan (“javhar”- bo‘laklarga bo‘linmaydigan zarra) avval ruh olamini, so‘ngra mulk (jismlar) olamini yaratganligi keltiriladi.
Ruh–latif javhar. U jismni harakatga keltiradi va takomillashtiradi. Muallif ruhni uch ko‘rinishda zuhr bo‘ladi, deb ko‘rsatadiki, bu jihatdan uning qarashlari Arastu hakim qarashlariga uyqashdir. Ruh tabiatga muvofiq–o‘simlik darajasida, sezgi va harakatga muvofiq–hayvon darajasida, aqlga muvofiq–inson darajasida namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatadi. Shayxning yozishicha, o‘simlik ruhi jigarda, hayvon ruhi yurakda, jon ruhi ( aqliy ruh) miyada joylashgan bo‘ladi.
Jism (mulk) qattiq va dag‘al narsadir. U maydalanadi, qismlarga bo‘linadi. Mulk (jism) olami malakut olamining belgisidir. Jism ruhga o‘xshaydi. Shu bois mulk orqali malakut, malakut orqali mulkni isbotlash mumkin. Ruh Amr olamidandir va hatto o‘zi amrdir. Tanani boshqarish, takomillashtirish ruh hukmidadir. Shariat ahli, deb ko‘rsatadi A. Nasafiy, juz’ (qism) va kull (butun) ni idrok etadigan, o‘zini va Parvardigorni taniydigan, biladigan insoniy haqiqatni inson ruhi, deydilar, deb ruhga ta’rif beradi. Alloh ruhlar va jismlar olamini yaratgandan keyin, uch maxluqni–ma’dan, o‘simliklar, hayvonni yaratdi. Oxirida Odamni yaratdi, deb yozadi mullif. (Aziziddin Nasafiy. Zubdat ul haqoyiq. Toshkent,”Kamalak”,1995, 6-35 b.)
Movlono Fariduddin Attor «Ilohiynoma» asarida ruhga murojaat qilib, Ey ruhi qudsiy, sendadir, Rabboniy ruhning amri. Sen hamma narsani qamrab olgansanu, lekin bizdan yiroqsan, ko‘zga ko‘rinmaysanu, biroq ko‘zning o‘zidasan... Bizning tushuncha–tasavvurimiz, isbotu tasdig‘imiz, inkoru raddiyamizdan tashqarisan. Na yerdasan, na osmonda, balki Rabbul olamin huzuridasan, deb ruhni anglash, tasavvur qilish mushkulotlari haqida fikr bildiradi.
Ruhning asosida olti belgi borligi va shular orqali zuhr bo‘lishni ko‘rsatadi. Bularning har birini o‘zi murakkab bir olamdir. Bular:
1. Biri Nafs bo‘lib, uning joyi sezgi a’zolaridir. Ilmiy psixologiyadagi beshta tashqi sezgilarni shu birinchi belgilarga muqoyasa qilsak bo‘ladi.
2. Biri Nafsi ammora (shaytoniy nafs) bo‘lib, ziddiyatlar shundan. Bu insonni turli gunoh ishlarga buyuruvchi, yetaklovchi, badan manfaatlari va huzurlanishlarini ta’minlovchi moddiy ehtiyojlarning ko‘rinishidir.
Z. Biri Aqldir. U aqlga muvofiqlikni, mantiqni boshqaradi. Bu belgi ilmiy psixologiyadagi «Tafakkur» mavzusiga muvofiq kelib, insonning mantiqiy, ijodiy, ilmiy tafakkurlash jarayonlari sifatida namoyon bo‘ladi.
4. Biri Ilmdir. U turli ma’lumotlar, bilim to‘plash bilan band. Bu «xotira» jarayoniga nisbatan mos kelib, ilm o‘rganish, ilmiy va ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy sohalar bilan bog‘liq axborotlar to‘plashdan, ularni saqlash va kerak paytda qayta tiklashdan iborat bo‘lgan ruhiy faoliyatga muvofiqdir.
5. Biri Faqrdir. Doimo fano, ya’ni yo‘qlik istaydi. Ba’zi Mutasavviflarning fikriga ko‘ra, bu nafsi lavvoma bosqichi bo‘lib, insonda tanqidiy tafakkurning kuchayishi, o‘zidagi xato, kamchiliklarni anglashi, o‘ziga tanqidiy qarab, o‘zidan norozilik, o‘zidan qoniqmaslik, kamsitish va h.k. shaklida namoyon bo‘ladi.
6. Biri Tavhiddir. Yagona Zotga-intilish, uni istash. Bu oliy ong darajasi bo‘lib ilm–fanda ta’riflanadigan o‘z–o‘zini tarbiyalash, taftish qilish orqali nafsini o‘ldirgan, dunyoviy ehtiyojlardan forig‘ bo‘lgan komil insonlar darajasi. Alloh jamoli uning doimiy ehtiyojiga aylanadi.
Ushbu olti asos Ruh farmonidir. Ruh, deb ta’kidlaydi F.Attor, insonning ichidadir. Shuning uchun har bir inson o‘z ichiga safar qilmog‘i, o‘zini chuqurroq anglashi zarur.(Fariduddin Attor. Ilohiynoma. Toshkent. “Kamalak”, 1994 y.).
Islom dunyosining yana bir mashhur mutasavvifi mavlono Jaloliddin Rumiy «Ma’naviy masnaviy» kulliyotning 1– kitobida inson ikki qismdan iborat ekanligini ta’kidlab, uning badani zohiran idrok etilishi, lekin ruhni ko‘rmak mumkin emasligini, ruh jism va moddadan iborat bo‘lmay, rabboniy amrdir, deydi. Uning bu qarashlari yunon faylasuflarining qarashlariga hamohang. Lekin J.Rumiy ruh aql, zako, muhabbat, nutq, safo va yana boshqa ruhiy holatlarda namoyon bo‘lishligini ta’kidlaydi. Inson ruhi Allohdan ajralib, Allohga qaytar ekan, deb ta’kidlaydi, Rumiy: «...u irfon nuridan bahramand bo‘lib yuksalib borishi lozim. Shundagina ruh haqiqat martabasiga ko‘tarilib, asl mohiyatga yaqinlashadi. (Jaloliddin Rumiy. Ma’naviy masnaviy. Toshkent,”Sharq”,1999. 7-12b.).
Psixologiya fani «ruh ilmi» sifatida inson ruhiy dunyosini o‘rganishda, tushuntirib berishda moddiyunchilar qo‘lga kiritgan boy bilimlar, empirik tadqiqot natijalari va uxroviy ta’limdan ham foydalanishi, tarafkashlikka yo‘l qo‘ymasligi zarur. Moddiyunchilarning inson ruhiyatini asab tizimi va uning oliy qismi bo‘lgan bosh miyaning faoliyati bilan bog‘lab tushuntirganlarini ko‘rdik. Asab tizimi va boshqa a’zolar nihoyatda mukammal mexanizmlarki, ularni o‘rganish ruhiy hodisalarni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Psixologik bilimlarni o‘zlashtirish boshqa fanlarni o‘rganish kabi, avvalo, kishi bilim va ma’lumot olishi uchun katta ahamiyatga ega. Bu fanni o‘rganar ekan odam, avvalo o‘z aql–idrokini, uning jarayonlari, vujudga kelish qonuniyatlarini bilib oladi. Ular faoliyatini kuchaytiradigan shart–sharoitlar bilan tanishadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish yo‘llarini o‘zlashtiradi. Ruhiyatni chinakamiga ilmiy asosda tushunish, kishilar ongidagi har xil bid’at va hurofotlarning barham topishiga yordam beradi. Psixologiya fanining asosiy vazifasi – ruhiy faoliyatning ob’ektiv qonuniyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iboratdir. Shuningdek, har bir odamga xos bo‘lgan individiual psixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va uni komil inson tarbiyasi va shakllanishiga yo‘naltirishdir.
Din tarixidan ma’lumki, insoniyat jismoniy vujuddan farqli, uning botiniga joylashgan, nomoddiy xilqat mavjudligiga e’tiqod qilib kelishgan. Insonlarni doimo o‘ylashga chorlovchi bu xilqat – “ruh” deb nomlanib, uni bilishga bo‘lgan qiziqishni, dastlabki insonning ilohiy manbadan ilhomlanganligi bilan izohlanishi mumkin. Shu boisdan insonlar qadim vaqtlardan kishi xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, e’tiqodlarini boshqarib turuvchi bu javharni o‘rganishga, bilishga harakat qilganlar.
Insoniyat tarixining muayyan davrida ko‘p xudolik va dunyoviy dinlar rivojlana boshlagan. Shunga ko‘ra, ruh ham turli vazifalarni bajaruvchi, ifodalovchi, o‘z ichiga qo‘rquv, topinish, umid, ishonch kabi his va holatlarni harakatga keltiruvchi, qudratli kuchlardan biri sifatida talqin etila boshlandi. Ibtidoiy budparastlik dinlarida qattiq jismlardan butlar yasalib yoki muqaddas hisoblangan narsa va buyumlar iloh darajasiga ko‘tarilib, sig‘inish ob’ektiga aylangan. Bu e’tiqod esa, keyinchalik turfa xil ibodat, marosim va udumlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Sababi, topinayotgan jismlarda insonlar qandaydir ruhiy quvvat mavjudligiga ishonganlar.
Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida yashovchi va hozir ham ibtidoiy turmush tarziga amal qiluvchi xalqlarning diniy e’tiqodlari, ilk diniy tasavvurlar - animizm, fetishizm, totemizm, shamanizm va magiyaga asoslangan. Bu jihatdan Avstraliya, Melaneziya va Polineziya xalqlarida e’tiqod va ruh haqidagi qarashlarda yaqinlikni ko‘rish mumkin.
Avstraliyaliklarda kishi vafotidan keyin ruhning abadiy qolishi yoki qolmasligi masalasi anchagina mubham. Ba’zi qabilalar kishi vafotidan keyin uning ruhi yer yuzi bo‘ylab daydib yurishiga ishonishsa, boshqalarning e’tiqodicha, ruhlar shimolga yoki samoga yo‘l oladi. Ayrim qabilalarda esa ruh jasad bilan birga yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi. Avstraliyaliklarda o‘limdan keyingi hayotga e’tiqod deyarli mavjud emas. Ular ruhning borligiga ishonishadi, lekin ruh vujud vafotidan ma’lum muddat o‘tgach o‘ladi. Shu bois ularning diniy e’tiqodlarida ruhga bo‘lgan e’tibor u qadar muhim o‘rin tutmaydi.
Tasmaniyada istiqomat qiluvchi qabilalarda esa, qorong‘ulik ruhi va yorug‘lik ruhiga e’tiqod mavjud. Ular qorong‘ulik ruhidan qattiq qo‘rqadilar. Ular kechalari qorong‘ulikda yovuz ruhlar paydo bo‘lishiga ishonadilar. Bu albatta ularning yashash tarzi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Bu dushman qabilalar, vaxshiy hayvonlarning qorong‘ulikda ularni g‘aflatda qoldirib hujum qilishlari oqibatida shakllangan bo‘lishi mumkin.
Melaneziyaliklarda ruh haqida o‘ziga xos qarashlar keng tarqalgan. Ular fikricha, sirli va insoniyatga xos bo‘lmagan g‘ayritabiiy ruh mavjud bo‘lib, turli yo‘llar bilan bo‘layotgan yaxshilik va yomonlik shu ruh orqali bo‘ladi. Kim bu ruhni o‘rganib, o‘ziga bo‘ysundirib olsa, katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu ruhning nomi “mana” deyiladi. Melaneziyaliklar e’tiqodini o‘rgangan tadqiqotchilarning fikricha, bu ishonch animizm(lot. anima-ruh, jon)ning ibtidoiy ko‘rinishlaridan biridir. Bu yerda o‘lganlar ruhi haqida tasavvur bor, lekin ularga uncha e’tibor qaratmaydilar. Ruhlar haqidagi tasavvurlar neytral xarakter kasb etadi. Lekin qabila boshlig‘i ruhiga topinishadi.
Polineziyaliklarda ham ruh haqida e’tiqod mavjud bo‘lib, ko‘pincha u dafn marosimlarida o‘z ifodasini topadi. Ularning e’tiqodicha qabila sardori va obro‘li kishilarning ruhi bilan oddiy odamlar ruhini vafotidan keyin turli qismat kutadi. Agar qabila boshlig‘i ruhi samoga yoki saodatli bir orolga yo‘l olib, yashashda davom etsa, oddiy kishilar ruhi esa yer ostidagi zulmatga yo‘l olib, yo‘q bo‘lib ketadi.
Amerika qit’asida yashovchi tub aholining diniy e’tiqodlari ilohiy dinlardan farqli ravishda o‘ziga xos ravishda shakllangan Eskimoslar e’tiqodiga ko‘ra, barcha narsalarning o‘z ruhlari mavjud. Hayotdagi barcha muvaffaqiyat yoki muvafaqqiyatsizlik asosida ruhlar faoliyati yotadi. Ularning faoliyati esa shamanlar iznida bo‘lib, eskimoslar ruhlarga shamanlarning mulki sifatida qaraydilar. Eskimoslarning fikricha, o‘limdan so‘ng ruh yana boshqa inson vujudiga ko‘chib o‘tadi. Ko‘pincha bu- nabiralarga o‘tadi, degan e’tiqod mavjud. Shuning uchun eskimoslar bolalarini axmoqona ishlari uchun ham jazolamaydilar. Chunki, ularda ajdodlar ruhi yashaydi. Amerika hindularining diniy e’tiqodlariga ko‘ra, har bir kishining g‘ayb olamidan oladigan, uni qo‘llab, himoya qiluvchi “homiy ruh”i bo‘ladi. Bu ruh kuchli bo‘lsa, o‘sha odam ko‘p hollarda shaman bo‘lgan.
Qadimgi Misr ko‘pxudolik e’tiqodlarida o‘limdan keyin ruhning taqdiri, oxirat dunyosi, hisob-kitob, keyingi holatlari to‘g‘risida muayyan tasavvurlar mavjud. Qadimgi misrliklar e’tiqodi bo‘yicha o‘lim kishining faqat jismiga keladi. Uning ruhi esa yashashda davom etadi. Lekin bu ruh abadiy bo‘lmaydi. Agar mayit zarur narsalar bilan dafn etilmasa, ruh ochlik yoki tashnalikdan halok bo‘lishi, kerakli duolar bilan himoya qilib turilmasa, turli maxluqlarga yem bo‘lishi mumkin. Mayit mumiyolansa yoki uning haykali saqlansa, ruh uzoq muddatgacha yashaydi. Misr ehromlarida dafn qilingan fir’avnlar va ular avlodlarining mumiyolanishi, mayit bilan turli taomlar, taqinchoq va zeb-ziynatlar ko‘milishining asosida ushbu e’tiqod yotadi.
Ruhning tanani tark etishi, uning keyingi hayoti, Mutloq ruhga talpinishi kabi masalalar Qadimgi Yunon faylasuflarini qiziqtirib kelgan. Antik dunyoning buyuk aql egasi Suqrot ruh va tana munosabatlari haqida fikr bildirib, tana ruhga tobe bo‘lib, ruh tanaga rahbarlik qilgandagina asl mohiyati – Mutloq ruh bilan birlashishi mumkin. Aks holda ruh tananing quliga aylanib qoladi.
Yunon faylasufi Pifagor ruhning ko‘chib yurishi (reinkarnatsiya)ga ishongan. Platon(Aflotun) esa, inson bilimlari uning avvalgi hayotlaridan beri to‘planib kelayotgan ma’lumotlar majmuasi ekani haqida fikr bildirib, ruhning ko‘chishi haqidagi e’tiqodni qo‘llab-quvvatlaydi va yuqoridagi fikrni dalil sifatida keltiradi.
Dunyoda keng tarqalgan buddizm dinining asoschisi Budda Shakya Muni miloddan avvalgi 556-476 yillarda Hindistonda yashab o‘tgan. Buddizmda ham o‘zidan avvalgi braxmanizm diniga o‘xshash ruhning ko‘chib yurishi (reinkarnatsiya)ga e’tiqod mavjud. Unda qayta tug‘ilish va ruhning ko‘chishi haqidagi ta’limotga katta e’tibor qaratiladi. Bu ta’limotga ko‘ra, inson jon taslim qilayotgan paytda nima haqida o‘ylasa, keyingi tug‘ilishida aynan shu qiyofa kasb etishiga asos bo‘ladi.
Ruhning ko‘chishini Budda rad etgan, degan qarashlar ham mavjud. Bu buddizmning Terevada deb nomlangan tarmog‘iga xosdir. Bu ta’limotga ko‘ra, tirik xilqat hech qachon abadiy ruhga ega bo‘la olmaydi. Qayta tug‘ilish uchun esa har bir insonda mavjud bo‘lgan “Men” tushunchasi ham yo‘q. Chunki “Men” besh unsurdan: birinchisi
Download 60.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling