Dinlararo bag'rikenglik g'oyasi


Download 8.87 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi8.87 Kb.
#1498800
Bog'liq
DINLARARO BAG\'RIKENGLIK G\'OYASI




DINLARARO BAG'RIKENGLIK G'OYASI
Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida ham-korlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi.
Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.
Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda.
Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do'stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqot -ga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy zamin boiib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.
Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyata'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Bizning mamlakatimiz hududida qadim-qadimdan islom, nasroniylik (xristianlik), iudaizm, buddaviylik kabi dinlar o'zaro hamkorlikda yashab kelgan. Shuning uchun asrlar davomida yirik shaharlarimizda musulmonlar masji-di, nasroniylar cherkovi, iudaizm diniga e'tiqod qiluvchi yahudiylar sinagogi yonma-yon faoliyat yuritgan. Chunki qadimda Buyuk ipak yo'li aynan bizning yirik shaharlarimiz orqali o'tgan. Shu bois turli din vakillari yurtimizga kelib, bu yerda muqim yashab qolgan. ularning diniy e'tiqodiga hech kim zarar yetkazmagan. Qadimiy shaharlarimizdan topilgan osori atiqalar, ko'hna yodgorliklar buni yaqqol tasdiqlaydi. Bu boradagi an'analarbugungi kungacha davom etib kelmoqda. Bizning yurtimizda tarixning eng murakkab davrlarida ham diniy asosdagi nizolar bo'lmagan. Bularning barchasi xalqimiz dinlararo bag'rikenglik borasida boy tajribaga ega ekanidan dalolat beradi.
Xalqimizga xos bag'rikenglik an'analari hozir ham davom etmoqda. Uning bunday fazilatlari davlatimiz madhiyasida ham alohida ta'kidlangan:

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni —


Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot.
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo'l obod.


Bugungi kunda mamlakatimizda barcha diniy konfessiyalar laoliyati uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O'zbekiston Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunida belgilab berilgan. Yurtimizda o'ndan ziyod konfessiyaga mansub diniy tashkilot mavjud. Amaldagi huquqiy asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo’lib, ulug’ va mushtarak g’oyalar yo’lida harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Download 8.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling