Diospyrosdoshlar oilasi. Xurmo turkumi


Download 105.75 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi105.75 Kb.
#1250870
Bog'liq
DIOSPYROSDOSHLAR OILASI. XURMO TURKUMI


DIOSPYROSDOSHLAR OILASI. XURMO TURKUMI

Bu turkumga asosan daraxtlar kiradi. Ularning erkak gullari 3 tadan, urgochi gullari esa 1 tadan bo‘lib barglar qo‘ltig‘nda joylashadi. Quyida turkumning 3 ta turi bilan tanishamiz.


Sharq xurmosi (Diospyros kaki) bo‘yi 20 m ga yaqin daraxt bo‘li, shoxlari to‘q kul rang, iovdalari tukli. Kurtaklari konussimo| barg bandi 1 sm keladi. Barg plastinkasi qalin po‘stli, tuxumsimon, cho‘ziq-tuxumsimon yoki lansetsimon, tubi yumaloq yoki tor uchi ham tor bo‘lib, bo‘yi 5-15 sm, eni 2,5-6 sm. Yuz tomoni tuksiz, yaltnroq, to‘q yashnl, orqa tomoni tuksiz yeki tukli, yashil| zangorn. Kosachabarglari tuxumsimon, lansetsimon, tukli va cheti kiprikli. Gultojisi oq, sariq, gulbarglari tuxumsimon, uchi to‘mtoq bo‘ladi Mevasi olmaga o‘xshaydi, mag‘zi qizil yokn sariq bo‘ladn.
Sharq xurmosi yovvoyi holda Markaziy Xitoyda dengiz sathidan 900—1200 m balandlikda tog‘larda tarqalgan. Xitoyda u ko‘i ekiladi. U sharq hamda kavkaz xurmolari orasidagi duragaydir. Denov tumanida va Farg‘ona vodiysida hamda Andijonda bu xurmoning virgin xurmosiga nayvand qplib o‘stirilgan tuplari bor. Ularning.bargi yirik, po‘sti qalin, orqa tomoni qalin qo‘ngir tukli bo‘ladi. Mevasi yirik, mazali bo‘lib, iste’mol qilinadi. Urug‘i ham yirik, bo‘yi 2,8 sm gacha, tusi to‘q jigar rang yoki sariq-jigar rang. Sharq xurmosi sovuqqa deyarli chidamli, yer tanlaydi. Uni mevachilik kolxoz va sovxozlarida ko‘paytirish tavsiya etiladi.
Kavkaz xurmosi (Diospyros lotus) bo‘yi 20 m ga yaqin daraxt. Shox-shabbasi keng, qizg‘gish-qo‘ng‘ir rangda. Yosh shoxlari tukli, barg bandi 1 sm, barg plastinkasi qalin po‘stli, cho‘ziq yoki ellipssimon, tubi tor, uchi o‘tkir bo‘yi 9-15 sm, eni 3—5 sm bo‘ladi. Uning yuz tomoni to‘q yashil, tukli, orqa tomoni tiniq yashil, tuk bilan qalin qoplangan. Kosachabarglari tuxumsimon yoki uchburchak, tukli, cheti kiprikli. Gultojisi qo‘ngiroqsimon. Bu xurmo iyun-avgust oylarida gullaydi. Mevasi gilosga o‘xshaydi, avval sariq yoki kul rang bo‘lib, so‘ng qo‘ng‘ir rangga kiradi. Uni mahalliy xalq iste’mol qiladi. Sentyabr-oktyabr oylarida yetiladi. U urug‘dan yaxshi ko‘payadi. Ildizdan bachkilaydi, ildiz qalamchasidan ham ko‘karadi. Novda qalamcharidan ancha qiyin ildiz oladi. Sovuqqa nisbatan chidamli. Urug‘i mayda, bo‘yi 11 sm, eni 0,6 sm bo‘lib, yarimoy shaklida, yassi, to‘q jigar rang.
Kavkaz xurmosi xushmanzara daraxt. Undan ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish mumkin. Bu xurmo g‘arbiy Pomir-Oloy-Sangardak va To‘palang tog‘ daryolari qirgogida dengiz sathidan 2000 m gacha balandga ko‘tarilib, nam yerlarda o‘sadi. U Kavkazda, Kichik Ospyoda, Eronda, Xitoyda va Yaponiyada ham uchraydi. Botanika bogida yaxshi o‘sadi. Sovuqqa chidamli.
Virgin xurmosi (Diospyros virginiana) bo‘yi;5—30 m ga yaqin, yumaloq shox-shabbali daraxt. Po‘stlog‘i to‘q kul rang. novdalari kul rang, tuksiz yoki tukli, kurtagi konussimon. Barg bandi 1 sm, plastinkasi butun, po‘sti qalin, keng lansetsimon yoki keng ellipssimop, tub tomoni tor yoki yumaloq uchi o‘tkir, bo‘yi 6—15 sm, eni 2,5 sm keladi. Yuz tomoni tuksiz, yaltiroq, to‘q yapshl, orqa tomonp tinpq yashil-zangori, yosh barglari tukli bo‘-lib, keyin tuki to‘kilib ketadi. Barglari novdada navbat bilan joylashadi, tomirlarida tuk saqlanadi.

Download 105.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling