Disk uloqtrish tehnikasi
Download 51.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqDisk uloqtrish tehnikasi
Disk uloqtrish tehnikasi REJA: Diskni tutish. Ayilanishga tayyorlanish. Aylanish va ohirgi kuch berishga tayyorlanish. Disk uloqtirish texnikasini o`rgatish Diskni aylanib borib uloqtiriladi.Uning qancha uzoqqa tushganini aniqlash uchun uloqtirilgan doiradan disk tushgan yerida qoldirilgan izgacha ulchanadi.Uloqtiruvchi diskni eng qo`lay burchak xosil qilib katta tezlikda uchurishga harakat kiladi. Disk tekisligining qo`ldan qay xolatda chiqishining xavo qarshiligini kamaytirishda va snariyad yaxshiroq uchishida katta ahamiyati bor. Disk uloqtirishda paydo bulgan texnika disk shakli vazni va doira bilan chegaralangan uloqtirish joyini belgilovchi musoboqa qoidasiga bog`liqdir. Disk to`rgan joydan uloqtirilsa ham buladi, lekin faqat aylana turib uloqtirganda uning ancha uzoqqa uchishiga erishmoq mumkin.Burilib uloqtirganda turgan joydan uloqtirishga nisbatan diskning uchush tezligi sekundiga 20 metr va undan ham kuproq bulib disk 5-8 m o`zokrokka tushushi mumkin. Xozirgi zamon uloqtiruvchilari aylanishlni uloqtirish tamoniga teskari turib boshlaydilar va diskni qo`ldan chiqarib yuborguncha 540 gradus aylanadilar.Uloqtiruvchining doira yasashi uloqtirish tamoniga qarab intiluvchi umumiy harakat bilan bir vaqtda yo`z beradi. Uloqtiruvchi aylanish vaqtida dastlabki xolatdan boshlab aylaniyotganda kuydagi fazalardan utadi.1dastlabki kush tayanchli faza.chap oyoqda yakka tayanchli faza,ung oyoqda yakka tayanchli faza va yakunlovchi qush tayanchli faza. Diskning eng qo`lay burchak xosil qilib uchushi kup jixatdan shamolning tezligi va yunalishiga bog`liq. Masalan havo sokin paytlarda diskning uchishi uchun eng qo`lay burchak taxminan 33-36 gradusga teng. Shamolga qarshi uloqtirganda esa shamol tezligi oshgan sari qo`lay burchak kamayib boradi. Shamol yo`nalishiga qarab uloqtirilganda uchish kuproq bo`ladi. Diskni tutish. Disk pastga tushirilgan qo`lning bosh bormoqdan tashqari bukilgan barmoqlaridagi tirnoq bug`umiga tayanishi kerak. Bosh barmoq faqat disk yo`zasiga tegib turadi. Bunda panja kift-bilak bugunida sal bukilgan bulib, disk gardishining yuqori qismi bilakga tegib turadi. Barmoqlar bir-biriga yaqin bo`lmasligi tarang yozilgan ham bulmasligi kerak, chunki har ikkala xolda ham diskni boshqarish qiyinlashadi. Aylanishga tayyorlanish. Aylanish uchun dastlabki xolatda uloqtiruvchi doiraning orqa qismida turadi oyoqlar elka kengligida yoki sal kengroq ochiladi Uloqtirish tamoniga nisbatan uloqtiruvchi tanasining xolati baza bir farqga ega bulishi mumkin. Qo`l ayroq uloqtirish tomoniga orqa ug`irib turishdir. Bunday xolatdan yon tomon bilan turishga nisbatan burulish ancha kyiinrok lekin bunday vaziyatda uloqtiruvchining disk bilan birgalikda qiladigan harakat yuli o`zayadi,demak aylanishni boshlashda harakat miqdorini kupaytirish uchun yaxshiroq sharoit yaratiladi Dastlabki xolatda ung oyoq doiraning chekkasiga, gardishiga juda ham takab qo`yiladi. Dastlabki siljitishni boshlash yoki ayni vaqtda disk tutgan qo`lni ung tamonga siljitishdan oldin chap oyoq elka kengligida xatto undan ham kengroq qo`yiladi. Uloqtirishga tayyorlanish vaqtida gavda deyarli tik to`uradi, oyoqlar sal bukiladi.Uloqtiruvchi aylanishga tayyorlana turib disk tutgan qo`lni ungga-orqaga silkitadi, dastlabki silkinishlari bunga yordam beradi.Silkitish vaqtida disk tutgan ung qo`l avval gavdaning ozgina burulishi bilan birgalikda chapga olib boriladi, gavda og`irligi chap oyoqga salgini o`tkaziladi. Keyin qo`l silkinib ungga olib boriladi tana og`irligi ung oyoqga o`tkaziladi. Bu paytda ung oyoq tavon bilan chap oyoq esa oldingi qismi bilan yerga turadi. Disk silkitilayotganda yelka bug`umidan yuqori ko`tarilmasligi kerak. Qo`l bilan ungga orqaga silkinish yelka kengligining erkin burulishi bilan birgalikda amalga oshiriladi va buning natijasida uloqtiruvchining silkinish oxirida buralib muvozanatni puxta saqlab qolishi kerak. Silkitish vaqtidagi disk tutgan qo`l xolatining ikki xil varianti kuproq tarqalgan bo`lib, ular aylanishning keyingi harakatlarini bajarishbilan o`zaro bog`liqdir. Birinchi variantda silkitiliyotgandisk taxminan elka bugumi balandligida yoki sal pastroq turadi. Ikkinchi variantda esa gavda egilgan bulib disk elka bug`unidan pastroqda, disk tutgan qo`l esa elka chizig`idan ancha orqada turadi.Bunday holatda uloqtiruvchi silkitish vaqtida qo`lni band qilib ko`yadi. Aylanish va ohirgi kuch berishga tayyorlanish. Disk uloqtirishdagi aylanish uloqtiruvchining chegaralangan tekislikda harakat tezligini oshirish uchun zarur. Uni bajariyotganda uloqtiruvchining oldida qo`yidagi vazifalar turadi. A) Ohirgi kuch berishda samarali foydalanish mumkin bulgan yuqori harakat tezligiga erishish. B)Ohirgi kuch berishga keragicha tayyorlanib olish. Uloqtiruvchi aylanishdagi harakat tezligini tayanib turgan xolatdayoq yaratishi mumkin. Ammo burulish ritmi tug`rigini bo`zmaslik va muskulllar otiqcha ogirmasligi uchun aylanishni keskin boshlash kerak emas Sportchi uloqtirish texnikasini egallashi va jismoniy tayyorgarligining yaxshilanishiga qarab aylanish tezligi oshib borishi mumkun. Aylanish tezligini oshirish uchun uloqtiruvchi oyoqlariga navbatma-navbat tayanib tayanch vaziyatda ung oyoqni silkitib oldinga intilish mashqlaridan foydalanishi mumkin. Disk uloqtirishdagi aylanish butun gavda bilan birgalikda chap oyoq uchida aylanishdan boshlanadi. Uloqtiruvchi o`ng oyoqda kuch berib va tos suyagini ozroq burib tana og`irligini chap oyoqga o`tkazadi. Natijada uloqtiruvchinig oyoqlari tizzasi sal sirtga burulib tayanib qoladi. Depsingandan keyin bukilgan ung oyoq aylaniyotgan chap oyoq atrofida zarb bilan o`tib so`ngra uloqtirish tomoniga qarab qadam tashlaydi. Bu vaziyatda gavdaning chapga burulishi sekinlashadi. Aylanish vaqtida disk tutgan o`ng qo`l oyoq ortida turadi. Dastlab chap oyoqning burulishi bilan bilinar-bilinmas pasayadi va keyin ko`tariladi. Uloqtiruvchi aylana boshlayotganda boshini to`g`ri tutadi va bu xolatni butun aylanish davomida saqlab qoladi. . Boshning chapga keskin va kup burulishi elka bug`unidagi muskullarni ortiqcha taranglashtiradi va yelka bug`unini oldinroq burishga olib keladi.Bu uloqtiruvchilar orasida kup tarqalgan xatodir. Burulish vaqtida chap oyoqni tayanchdan boshlab to ung oyoqni yerga qo`yishgacha bo`lgan uchush fazasi eng passiv hisoblanadi. Ohirgi kuch berish. Uloqtiruvchi o`ng oyogini erga qo`uyib ohirgi kuch berishni bajarishga kirishadi. Bu payitda chap oyoq erga qo`yishga tayyor turishi kerak.Ung oyoq erga tushishi bilan uning ham erga tezda qo`yilgani yaxshi,chunki ohirgi kuch berishning aktiv qismini kush tayanchli vaziyatdagina boshlashi mumkin. Ung oyoq ta`siri ostida chap oyoq qo`yilishi bilan gavdaning o`z o`q atrofida aylanishi boshlanadi. U uloqtirish tamonidan teskari tomonga yengashgan bulib, chap oyoq ustidan o`tadi va ayni vaqtda uloqtirish tomoniga intiluvchi bazi bir boshqa harakatlar ham buladi. Disk tutgan qo`lning yoy buylab tutgan harakati sezilarli darajada oshadi. Disk chiqarish vaqtida elka chizig`i tos suyagi bilan teng tekislikga keladi. Diskning ohirgi kuch berishdagi yo`li katta radiusdagi yo`l bo`yicha o`tishi kerak. Disk oyoqlar depsinishi tug`ashi bilanoq uloqtiriladi.Ung oyoq depsinib turib bevosita diskning uchib chiqishidan oldin yerdan ko`tariladi va oldinga chap oyoq o`rniga qo`yiladi. Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling