Dorixona sharoitida dozalarga ho'lishning 3 XIL usuli ishlatiladi


Download 14.66 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi14.66 Kb.
#1733742
Bog'liq
.


Dorixona sharoitida dozalarga ho'lishning 3 xil usuli ishlatiladi.
1. Tortib olish.
2. Hajm bo'yicha o'lchash.
3. Tomchi bo'yicha o'lchash.
Eng ko‘p ishlatiladigani tortib olish usuli hisoblanib, u juda keng
qoMlaniladi Tortish usuli qadimdan ishlatib kelinadigan usul bo'lib,
bunda asosan o'lchov asboblaridan foydalaniladi. Ularning tuzilishi va
shakli turlichadir.
Dorixona sharoitida asosan qo‘l va posongili tarozilar qo‘llaniladi.
Ular o'zining aniqligi bo'yicha ikkinchi sinf texnik tarozilar qatoriga
kiradi. Qo‘l tarozilar 1 g, 5 g, 10 g, 20 g, 100 g va 200 g, posongili
tarozilar 500 g va 1000 g li bo'ladi.
Dorilarni hajmi bo'yicha oMchash bemorlar tomonidan uyda keng
qo'llaniladigan usullardan hisoblanadi. Bunday hollarda bemorlar shartli
qabul qilingan birliklardan foydalanadilar, masalan, choy qoshig'i, desert
qoshiq, osh qoshig'i, rumka, stakan, shisha.
Tomchilab ishlatiladigan dorilarning miqdorini aniqlash uchun
bemorlar turli xil moslamalardan foydalanishlari mumkin: egilgan shisha
naycha, probkalar yordamida tomizish, jo'mrakli shishadan tomizish
va hokazo. Bularning tomchilari bir xil bo'lmaganidan DF tomonidan
standart (normal) tomchi oMchagich taklif etilgan. Bu o'lchov asbobi
shisha naychadan yasalgan bo‘1ib, tomchi tushadigan teshikning ichki
diametri 0,6 mm ga, tashqi diametri esa 3mm ga teng.
Dorixonalarda suyuqliklami oMchash uchun kalibrlangan shishadan
yasalgan har xil oMchov asboblaridan foydalaniladi: silindrlar, menzurkalar, oMchov kolbalari, buretkalar va pipetkalar.
0 ‘lchov asboblari bilan muomala qilish va ularni ishlatish haqida
DFning maxsus ilova qismida to'liq ma'lumotlar kcltirilgan.
TAROZINING METROLOGIK TAVSIFINI
0 ‘RGANISH
Tarozining metrologik tavsifi uning turg'unligi, ishonchliligi, sezgirligi va doimiyligi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
a) turg‘unligi - bu tarozi yelkasining muvozanat holatidan chiqib
ketib 4-6 marta harakatlangandan keyin yana dastlabki muvozanat
holatini egallashiga aytiladi;
b) ishonchliligi - bu tarozining oMchanadigan modda va tosh o'rtasidagi muvozanatiga aytiladi (tosh bilan oMchanadigan moddani almashtirib qo'ygan holatda ham birinchi muvozanat holatini ko'rsatishiga
aytiladi);
d) doimiyligi - bu tarozining bir xil sharoitda birorta moddani bir
necha marta oMchaganda ham, bir xil ko'rsatkichni ko'rsatishiga aytiladi;
e) sezgirligi - bu tarozining juda kichkina og'irlikni sezib, o‘z
muvozanat holatidan chiqib ketishiga aytiladi

Download 14.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling