Doro I ning tarixi


Download 27 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi27 Kb.
#230537
Bog'liq
Doro-I-ning-tarixi


Doro I haqida…

Doro I (mil.avv. 522-486 yillar) podsholigining dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, Turon va boshqa mamlakatlarda boshlangan qo'zg'olonlarni shaf-qatsizlik bilan bostiradi. Doro I itoat ettirilgan mamlakatlarda biroz osoyishtalik o'rnatgach, bir qator islohotlar o'tkazishga kirishadi. U mamlakatni 20 ta satraplikka — viloyatga bo'lib, ularning har biriga alohida noib tayinlaydi. Viloyatlardagi qo'shinga harbiy sarkardalar boshchilik qilib, davlat amaldorlari ular ustidan kuchli nazorat o'rnatganlar. Butun mamlakat satrapliklarida »podshoning ko'zi va. qulog'i" deb nom olgan nazoratchilar faoliyat ko'rsatganlar. Har bir shubhali kishi qattiq nazorat qilinib, jinoyatiga yarasha jazolangan, hatto o'ldirilgan ham. Mamlakat viloyatlari o'rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun tosh yotqizilgan nshoh yo'llari" qurilgan. Bu yo'llar Pasargadadan mamlakatning turli burchaklariga tarmoqlanib ketgan edi, yo'llarda, bekatlar,.karvonsaroylar, korizlar qurilib, ularni otliq soqchilar qo'riqlab turgan. Erondan tashqaridagi tobe mamlakatlardan xiroj solig'i -undirilgan. Doro I Misr, Milet, Bobil, Elam, Turon va boshqa joylarda ko'tarilgan isyonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan va isyonchilarni jazolagan. Doro I podsholigining so'nggi yillarida eroniylar Frakiya va Makedoniyani bosib olganlar, Yunonistondagi Afma va Sparta eroniylarga qattiq qarshilik ko'rsatgan. Sharqda eroniylar Hind daryosining o'rta va quyi oqimidagi yerlarni bosib olganlar.



Doro I ning:

  1. Turon ;

  2. Qora dengiz shimolidagi skiflar yurtiga;

  3. Yunonistonga uyushtirgan istilochilik yurishlari eroniylarning mag'lubiyati bilan tugagan.

Miloddan avvalgi 486- yili Misrda eroniylarga qarshi qo'zg'olon boshlanadi. Doro I qo'zg'olonni bostirishga ulgurmay miloddan avvalgi 486- yili 64 yoshida vafot etadi. Doro 1 vafot etgach, taxtga uning o'g'li Kserks o'tiradi. U Eronda miloddan avvalgi 486-yildan miloddan avvalgi 465- yilgacha podsholik qilgan.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling