Do'stim Ahror bilan hiyobon yaqinidagi o'rindiqda o'tirar edik. Kun kechga og'a boshlagan. Atrofdagi mashinalarning signali asabni shunday o'ynatadiki, erta bilan buzilgan kayfiyat butkul tamom bo'ladi


Download 9.39 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi9.39 Kb.
#1447825
Bog'liq
Kuz oqshomida.(Otabek Rustam)


Do'stim Ahror bilan hiyobon yaqinidagi o'rindiqda o'tirar edik. Kun kechga og'a boshlagan. Atrofdagi mashinalarning signali asabni shunday o'ynatadiki, erta bilan buzilgan kayfiyat butkul tamom bo'ladi. Birdan Ahror yelkamdan turtib qoldi. Unga nazar solishim bilan hiyobon tomonga imo qildi. Yoyilgan sochlarini quyosh nurida jilolantirgancha bir qiz odimlab borardi .
*****
Kuz - hammaning yuzidan hayot ranglarini o'chirgan payt. Yodimda, o'shanda o'qishga kiraolmay hafsalasiz o'tayotgan kunlarimning biri edi. Nimadir bo'ldiki, yoshligimizda do'stlarimiz bilan birga cho'miladigan katta anhorga borgim keldi. Quyosh yerga issiq taftini uzatsada, anhor tog'dan oqqan suvlar tufayli juda ham muzdak bo'lardi. Anhorda bir oz cho'mildimda, suv yoqasida silliq toshlar bosgancha, anhor chetiga chiqdim. Shu yerda yotib, quyosh nurlariyu, yaqin atrofdagi chorbog'larda sayrayotgan qushlar sadosini tinglagancha uhlab qolibman. Uyg'ondimu uyga ketishning harakatini qildim. Anhor yoqasiga borib yuzimni yuvayotgan chog', anhor boshidagi ko'prik tomondan kimningdir ovozi eshitildi. Ko'prik tomonga yuzlanishim bilan quyosh nurlar ko'zimni qamashtirib qoldi. Bir amallab ko'rdimki ko'prikdan ikki qiz o'tib borardi. Birisi qo'shnimiz Ra'no, ikkinchisi esa o'rilgan sochlariyu, sirli nigohlari bilan yurakni o'ynatuvchi men uchun notanish qiz. Ularning ortidan men ham uyga ravona bo'ldim. Manzilimizga yetguncha u qizning ismi Anoraligiyu qo'shnimiz Samad akaning jiyani yani shaharga ko'chib ketgan akasining qizi ekanligini bilib oldim. U kunlarni eslasam hozir men uchun ertakdayin tuyuladi. Har lahzada Anoraning ko'zlariga termulgim kelar, birov unga qarasa uyilgan qovoqlarim bilan ularni qo'rqitar edim. U bilan o'tgan onlarim juda kam, usiz o'tgan olarim esa juda ham uzun tuyulardi. Biroq yolg'izligu sog'inch bilan o'tar kunlar endigina boshlanayotganligini bilas edim.
****
Qishloqdagi odamlardan Anoraning dadasi haqida eshitib hayron qoldim. Aytishlaricha qishloqdagi bir odamni o'ldirib shaharga qochib ketgan ekan. Bu xabarni eshitishim bilan na so'zlagan so'zlarimni na yuzim oqarib tanam terga burkanganini na oyoqlarim o'zimni tutolmas bo'lib qaltiraganini eslay olaman. Hech biri esimda yo'q. Atay qilganday Anorani ham kechgacha uchratmadim. Oyu yulduzlar samoni yoritgan chog'da har doimgidek uyimiz ortidagi olma bog'da uchrashdik. Uning ko'zlarida qandaydir hadik yashirin edi. Bu safar u mendan aslo ham tortinmasdi. Bag'rimga bosh qo'ygancha birgalikda yulduzlarni tomosha qilar ekanmiz Anora ertaga shaharga qaytib ketishini aytib qoldi. Men indolmadim. Ammo yurak urishim o'zgardi. Samolardagi yulduzlar ustimga qulaguday bo'lib tuyuldi. Shu fursatda faqat nega degan so'zni aytaoldim. U bunga sabab qilib dadasi Nozim akani ko'rsatdi. Yotgan joyimda bir qalqigandek bo'ldim. Anorani ovutishni istab dadasi haqida turli gaplarni aytdim. Unga bo'lgan nafratim ortganidan qishloqdagilardan eshitgan gaplarimni ham so'zladim. So'zlarim tugab chuqur uh tortar ekanman, Anora o'rnidan turdida uyi tomonga yugura ketdi. Men esa na biror so'z aytishni na ortidan borishni bilardim. Bir ozdan so'ng ko'ksimdagi namlikdan sezdimki u yig'lagan. Men esa o'zimdan tashqari uning yuragiga ham bitmas jarohat izlarini qoldirganimni keyin angladim. Bu jarohat hamon yuragimni tark etmagan, uni esa bilmadim. Balki unutgandir.
****
Hiyobon oldida ketayotgan qizni tanidim. U Anora. Yoniga bormoqchi bo'lgandim, kimdir uning yo'lini to'sdi. Ishq ishorlarini ko'rsata ketdi. Anora ham undan aslo tortinmasdi. Hiyobon bo'ylab ular qo'l ushlashgancha ketib borar edi. Anoraning quyosh siypalagan sochlariga oxirgi bor termular ekanman, quyosh botayotganini asta seza boshladim. Ular burilgancha hiyobon ichiga kirib ketar ekan, nihoyat Anoraning sochlari qop-qora zulmat rangiga burkandi.
Download 9.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling