"Turkologiya " fani bilan tanishar ekanman, oguz va qipchoq guruhlarining chuqur organilgani, ammo qarluq guruhining nisbatan kamroq organilmaganligi etiborimni tortdi


Download 12.97 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi12.97 Kb.
#1340635
Bog'liq
Документ


“Turkologiya " fani bilan tanishar ekanman , oguz va qipchoq guruhlarining chuqur organilgani , ammo qarluq guruhining nisbatan kamroq organilmaganligi etiborimni tortdi . Aynan oguz va qipchoq guruhi tajribasidan foydalanib magistrlik ishimda " Qarluq guruhiga kiruvchi tillarning geolingvestik xaritasi " ni yaratmoqchiman . Bu ish bilan Turkiy tillarning diaxron va sinxron rivojlanish asoslarini organish uchun yana bir asos yaratgan bolaman . Niyatimni amalga oshirish uchun N.A. Baskakov , O.A. Mudrakning nazariy qarashlari va boshqa ilmiy izlanishlardan foydalanaman . Bu yonalishda turkiyalik olimlarning ham izlanishlari diqqatga sazovordir . Turkiya ilmiy muhitini tanlashimning ham oziga yarasha sabablari mavjud . Bular : Turkologiya sohasining Turkiya jumhuriyatida juda ham chuqur organilganligi ; Mustafo Kamol Otaturkning shaxsan buyrugi va qollab quvvatlashlari bilan bu soha doirasida kata ilmiy baza toplangani ; Shuningdek , turkiyalik turkolog Reshit Rahmete Arat va olmoniyalik olim Annemarie von Gabainlarning qarluq guruhiga oid tillar ustidagi izlanishlari ; Hozirgi davrda ham Turkiya jumhuriyatida Turkologiya sohasiga naqadar kata unum va qadr berilyotgani ; Yuqoridagi sabablar va Turkiyaning geostrategik jihatdan ajoyib , turli xil madaniyatlar bor bolgan madaniy markazga aylanganligi ham tanlovimni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega boldi . Turkologiyani organishim uchun yetarli shart - sharoitlar Ozbekistonda ham mavjud , ammo tanlagan mavzuyimga kerak boladigan ilmiy meteriallar , shuningdek , bu sohadagi tajriba nuqtai nazaridan menga kerak boladigan ilmiy muhit bu Turkiya hisoblanadi .
Download 12.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling