2-ma’ruza. Tillar tasnifi soat Reja : Morfologik tasnif
Download 38.1 Kb.
|
12-ma’ruza. Tillar tasnifi 2 soat Reja : 1. Morfologik tasnif 2. Geneаlogik tasnif Tayanch so‘z va iboralar: qo‘shimchali tillar, qo‘shimchasiz tillar, agglyutinativ tillar, flektiv tillar, til oilasi. Tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarning eng asosiy, eng muhim belgilarini nazarda tutgan holda dunyodagi narsalaming guruhlarga ajratilishi tasnif deyiladi. Dunyodagi barcha tillar ham eng asosiy en g muhim beigilari nazarda tutilgan holda bir necha guruhlarga bo‘linib tasnif qilinadi. Yer yuzida taxminan ikki yarim mingdan ortiqroq til bor. Bu tillaming shevalari ham hisobga olinganda ulaming soni besh mingdan oshadi. Yer yuzidagi ana shu tiliarning eng asosiy, eng muhim belgilarini nazarda tutib, ulami tasniflash masalasi nihoyatda murakkab va muhimdir. Tilshunoslik fanida tillarni tasniflashda bir-biriga o‘xshagan ikki xil usul mavjud: a) morfologik usul; v) geneаlogik usul . Morfologik tasnif. Tillarni morfologik tasnif qilishda so‘ziarning tuzilishi eng muhim belgi qilib olinadi. Bu usulda so‘ziarning kelib chiqishini e’tirofga olinmaydi. U eng avvalo har b ir tilning grammatik qurilishini nazarda tutadi, ya’ni nutqda so‘ziarning o‘zaro bog‘lanishidagi so‘z, turlovchi va tuslovchi qo‘shimchalaming bor-yo‘qligi ularning xususiyatlari va so‘zning yasalish tomonlarini hisobga oladi. Shunga ko‘ra, morfologik usul barcha tillarni ikki asosiy guruhlarga ajratadi. 1. Qo‘shimchali (affiksli) tillar. Bunday tillarda nutqdagi so‘ziarning bir-biriga bog‘lanishi so‘z tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Morfologik usulga asoslangan qo‘shimchali tillar yana ikki guruhga bo‘linadi. 1. Agglyutinativ tillar (agglutinare lotincha so‘z bo‘lib, ulash, yopishtirish deraakdir). 2. Felektiv tillar (flexio lotincha so‘z bo‘lib, egilmoq,bukilmoq demakdir). Bu ikki xil guruhdagi tillaming hammasi qo‘shimchali tillar deb hisoblansa ham, lekin ulardagi qo‘shimchalarning xarakteri va so‘zlarga ulanish, bog‘lanish xususiyatlari bir-biriga o‘xshamaydi. 2. Qo‘shimchasiz tillar. Bunday tillarda gap tarkibidagi so‘zlarning bir-biri bilan munosabati, asosan, so‘z tarkibi orqali ifodalanadi. So‘zlarning shakli esa o‘zgarmaydi(turlanmaydi, tuslanmaydi),hech qanday qo‘shimcha so‘z negiziga qo‘shilmaydi. Umuman, bu tillarga grammatik munosabatlar sintaktik yo‘l bilan ifodalanadi. Qo‘shimchasiz tillarda yordamchi so‘zlar va so‘z yasovchi elementlar bo‘ladi. Masalan: qo‘shimchasiz tillar qatoriga kiruvchi xitoy tilidagi-cA/e sbi xao shenrbu yaxshi odam-ta tszade xao- bu yaxshi ishiagan xao so‘zi gapdagi o ‘miga qarab aniqlovchi, ravish va kesim bo‘lib kelgan. Morfologik tasnif tilning qurilishi va uning tuzilishini o‘rganishga, bilishga yordam beradi. Shuningdek, har qaysi tilning grammatikasini izohlab berishda, morfologik tasnifning ma’lum darajada ahamiyati bor. Biroq morfologik tasnif kamchiliklardan xoli emas. Birinchidan, morfologik tasnif tuzilish jih a td an xilma-xil bo‘lgan barcha tillarni qamrab ololmagan. U faqat grammatik tuzilishi jihatdan bir-biridan uncha farq qilmaydigan tillamigina o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, morfologik belgilarga qarab til turlarini guruhlarga ajratish (tasnif qilish) nihoyatda mushkul muammo. Download 38.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling