topshiriq bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing
Download 90.4 Kb.
|
Dinshunostlik 1-topshiriq
1-topshiriq. 5 bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing 1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima? Javob: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog‘liqligi. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. «Dinshunoslik» fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tahliliy o‘rganadi. Mustaqillik davrida jahonda xalqlarining dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada, dinshunoslik fani izchillik bilan rivojlana boshladi. Bunda, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi. «Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi. «Dinshunoslik» fanining vazifasi – talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga: dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish; ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot berish; dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish; jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish; dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish; diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish. «Dinshunoslik» fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko‘rinadiki, u talabalarda barcha dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash madaniyatini tarbiyalaydi. Dinshunoslikning tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxeologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog‘liqligi uning nazariyasini boyitishga xizmat qiladi. Dinga qanday ta’riflar berilgan? Javob: Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. Din arabcha so‘z ekani barchaga ma’lum. Lekin, din tushunchasini to‘liq anglab olish uchun, uning ham lug‘aviy, ham istilohiy ma’nolarini alohida-alohida olib tanishib, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Arab manbalarida qayd etilishicha, din so‘zi «دان» («dâna») fe’lidan yasalgan bo‘lib, «kimgadir bo‘ysunmoq, bo‘yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq»; «diynun» so‘zi esa, «din, imon, ajr-mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq» kabi ma’nolarni bildiradi. Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi? Javob: Din jamiyatda to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik–kompensatorlik, birlashtiruvchilik–integratorlik, tartibga solib, nazorat qiluvchilik–regulyatorlik, aloqa bog’lashlik, legitimlovchilik–qonunlashtiruvchilik kabi vazifalarni bajaradi Har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik–kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj xosil bo’lishi hodisasini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanida, unda qandaydir ma’naviy–ruhiy ehtiyojga zarurat tug’ilgan. Din ana shunday ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchi vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda. Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu– havaslardan, rohat – farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr– bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach, barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi. Shuningdek, Islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu – istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu – havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. Muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik– integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy va ma’naviy hayotning o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek, adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi. Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarining bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo – Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko’proq jalb etish uchun diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi. Har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik – regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf–odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibda amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi. Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jo’me masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, Ro’za (iyd al–fitr) va Qurbon (iyd al–adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi. Din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik – integratorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o’zaro huquq va burchlarning birligi. Urf – odat va ibodatlarning jamoa bo’lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi. Dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik –qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasi nazariy asosini yirik amerikalik sociolog T.Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, “Har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq me’yorlarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday me’yorlarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi”. Din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalariga o’z munosabatini bildirib turishdan iboratdir. Har bir kishining, xalqning, yaxshi – yomon qilmishi tabiatga, dunyo faoliyatiga ta’sir etmay qo’ymaydi. Inson abadiy yashamaydi, ammo u umrini uzaytirish uchun sog’lom hayot kechirishga urinib, o’z hayotini cho’zishga harakat qiladi. Shu o’rinda din yordamga kelib, bunday hayotga ma’naviy poklanish, ruhiy tozalanish orqali etishish mumkin, deya insonga yo’l ko’rsatadi. Ana shunday mulohazalarni nazarga olgan holda zamon talabiga ko’ra, dinshunoslik fanini o’rganish muhimdir. Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz? Download 90.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling