topshiriq bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing


Download 90.4 Kb.
bet5/6
Sana02.06.2024
Hajmi90.4 Kb.
#1838839
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunostlik 1-topshiriq

Javob:
Shamanizm. Shamanizm (shamanlik) yoxud sehrgarlik(“shaman”so‘zi tungus tilidagi ma’nosi “sehrgarlik”). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natija olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual urf-odatlar majmuasidir.
Shamanizm totemizm va animizm bilan bir vaqtda yuzaga kelib, u orqali kishilar o‘z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog‘lanishni amalga oshirib kelganlar. Afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus kishilar-shamanlar, afsungarlar shug‘ullanganlar. O‘tmishda ko‘proq ayollar shamanlik bilan shug‘ullanganlar. Shamanlar, afsungarlar jazavali, asabiy kishilar bo‘lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo‘lishi, jamoaning umid va niyatlarini etkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga juda ishonganlar. SHamanlar ritual harakatlari orqali – ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo‘li bilan nog‘oralar va qo‘ng‘iroqlar ovozlari ostida o‘zlarini jazavaga solib, o‘zini yo‘qotish, jazavani yuqori natijaga etkazish bilan afsungarlik qilishgan. SHaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko‘rmay qolar edi. SHuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Afsungarlik odamlarning fikr yuritishi, ongining mustahkamlanishida katta rol o‘ynadi. Bu diniy ongning shakllanishida muhim o‘rin tutdi.
Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo‘lib amalga oshirilishi mumkin edi.
Afsungarlik maqsadga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  1. “Yaxshi niyatda” amalga oshiriladigan – “oq afsungarlik” (“belaya magiya”)


  2. “Yovuz niyatda” amalga oshiriladigan – “qora afsungarlik” (“chyornaya magiya”);


  3. Harbiy afsungarlik (qurol aslahani sehrlash);


  4. Sevgi afsungarligi (“issiq”, “sovuq” qilish)


  5. Tibbiy afsungarlik (davolash maqsadida)


  6. Ob-havo afsungarligi( yomg‘ir chaqirish)


Sehrgarlik zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.


Insoniyatning qadimiy hayot tarzi, qiyinchiliklari, muammolari, orzu-istaklari mifologik obrazlar va afsonalarda o‘z aksini topgan. Mavjud voqelik insonning ijodi bilan birga uning hayot tarzi, diniy qarashlari, urf-odatlariga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmagan. Turli xalq va qabilalarning hayotida asosiy o‘rin tutgan hayvon yoki buyumning ilohiylashtirilishi natijasida fetishizm, totemizm, animizm kabi din shakllari yuzaga keldi. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o‘rin egallagan. YA’ni er va osmon, quyosh va oy, o‘simlik va hayvonot olamining inson hayotidagi o‘rni diniy tasavvurlarda namoyon bo‘lgan. Hayot va o‘lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar orasidagi aloqalar ibtidoiy mifologiyada tasvirlangan.
Teologik yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan.
Neolit – yangi tosh davri, yangi tosh ishlash, yangi usullar davri bo‘lib, u odamlarning turmushini, ularga ta’sir etadigan barcha sohalarni tubdan o‘zgartirdi. Dehqonchilik-ziroatchilik, chorvachilikning rivojlanishi, o‘simliklarni etishtirish, ozuqa zahiralarini ko‘paytirish, yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish odamlar hayotida ozuqa zahiralarini yaratish, go‘sht, sut, teridan foydalanishni o‘rgatdi. Loydan idishlar, uy qurish uchun foydalana boshlandi. Tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish shakllandi. Kishilar o‘troq hayot kechirishga o‘ta boshlab, zich va ko‘pchilik guruhlar bilan o‘rnashardi. Qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar yuzaga kela boshladi. Aholi keskin ko‘payishi yangi erlarni o‘zlashtirishga, hayot tarzining o‘zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi.
Dehqonchilikning ehtiyojlari – hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish, aniq vaqtni hisoblash muhimligini, er fasllarining sikllarini bilish – bularning hammasi dehqon qabilalarining osmonu erga, quyoshu oyga, yomg‘iru shamolga yangi qiziqishining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Qudratli ruhlarga bog‘liqlik sezilarli va ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga ataldi. Natijada ruhlar qudratli xudolarga aylana bordi. Xudolar uchun ibodatxonalar tashkil etilib, ularga maxsus mutaxassis xizmatkorlar – kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi. Ba’zi xudolarning ko‘rinishi hayvon, qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo‘lardi. Mifologik jihatdan bu qahramonlarning xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan. Fetishizmning xarakteri o‘zgarib, ilohlarning butlari ibrdatxonalar yoniga o‘rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.
Ba’zan butlar o‘rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlardan foydalanildi. Mazkur haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo‘lib qoldi.

Afsun ham o‘zgarib, afsungarlar endi ilohlar bilan aloqa marosimlari, diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Fol ochish va bashorat qilish kabi yangiliklar vujudga keldi. Fol va bashoratning maqsadi istakni bilish edi.




  1. Totemizm qanday e ‘tiqod?


Download 90.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling