topshiriq bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing


Javob: Ibtidoiy din ko‘rinishlari


Download 90.4 Kb.
bet2/6
Sana02.06.2024
Hajmi90.4 Kb.
#1838839
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunostlik 1-topshiriq

Javob:
Ibtidoiy din ko‘rinishlari: Totemizm, Animizm, Shamanizm (afsungarlik), Fetishizm.
Odamzodning jamiyat bo‘lib yashashga o‘tishi va dastlabki diniy e’tiqodlar sifatida Totemizm, Animizm, Fetishizm, Shomonizm, biln bog‘liq tasavvurlar, marosim va urf odatlar bo‘lgan. Bulardan eng qadimiysi, Animizm (lot. Anima-ruh,jon) –kishilar, hayvonlar, predmetlar va hodisalarni go‘yo ruh, jon boshqarib turishiga ishonish. Animizm ibtidoiy diniy tasavurlarning oliy shaklidir. Ibtidoiy odamlar inson vafot etgandan keyin uning ruhi chaqaloqqa o‘tadi, ruhi o‘zi yashagan joydi, o‘liklar mamalakatida bo‘ladi, deb tushunganlar. Abadiy ruh haqidagi tasavvur shu davrda paydo bo‘lgan. A.dinning mifologik afsonaviy kelib chiqishi haqidagi nazariya o‘rnida vujudga keldi. A.o‘z rivojida barcha dinlarga ta’sir qilib, turli mamlakatlarga tarqaldi. A.Markaziy Osiyo musulmonlari hayotida, jumladan, marhumlar sha’niga turli xudoyilar, is chiqarish kabi udumlarda A.unsurlari ko‘zga tashlanadi. Animizm – ibtidoiy e’tiqodning nisbatan yuksakroq shakli, ya’ni ruhlar va ruhiyatga yoki umuman tabiatning ruhiyati mavjudligiga bo‘lgan ishonch. Ibtidoiy odam tasavvuriga ko‘ra uning atrofidagi dunyoda har narsaning (hayvonlar, o‘simliklar, tabiat hodisalari va h.k) joni, ya’ni ruhi mavjud. Turlicha odamsimon fantastik ko‘rinishga ega bo‘lgan yer, olov, o‘rmon, suv, tog‘ va uy “ruh”larining kelib chiqishi ham shundan.  Daraxtga topinish (sig‘inish) turli xalqlarda turlicha ko‘rinishda bo‘lgan. “Hayot daraxti” mavzusi O‘zbekiston xalq xunarmandchiligida muhim o‘rin tutadi. Islom dinida tabarruk daraxt biror-bir avliyo nomi bilan bog‘langan.



  1. Ilk diniy e’tiqodlarning zamonaviy ko‘rinishlari haqida nimalarni bilasiz?

Javob:
Diniy ong asoslarining shakllanishi. Din ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, unda inson atrofidagi real olam xayoliy shaklda aks etadi. “Din” ma’nosida qo‘llangan lotincha «religion» so‘zi «xudojo‘ylik», «tabarruk», «ilohiy» degan ma’noni anglatadi. Xristian ilohiyotchi-olimlari, din insonning Xudo bilan aloqasi, deb hisoblaganlar.
Hozirga kelib dunyoda mohiyati va udumlari shakliga, diniy institutlarining murakkabligi, dindorlar kundalik hayotining muayyan tartibga bo‘ysundirilish darajasiga ko‘ra o‘zaro farqli ikki yuzga yaqin din mavjud. Ular bir xudoli va ko‘p xudoli, urug‘-qabilaviy yoki ilk (dastlabki) dinlar, milliy va jahon dinlari bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, ibtidoiy jamiyatda dinning kelib chiqishiga nimalar sabab bo‘lgan? Avvalambor insonning ruhiyatiga va turmushiga uning ijtimoiy sharoiti ta’sir etadi. Ibtidoiy jamiyatda diniy qarashlar shakllanishiga asosiy sabablardan biri odamlarning tabiat hodisalariga qarshi tura olmasligi, ya’ni ular o‘ta kam taraqqiy etganligi edi. Ushbu jarayonga mehnat faoliyati, ov, oilaviy munosabatlar va maishiy tadbirlar kabi hodisalar ham ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Aytib o‘tish joizki, diniy e’tiqodlar shakllanishi uchun uzoq davr (ming yillar) kerak bo‘lgan. Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, dastlabki diniy tasavvurlar aynan HOMO SAPIENS (ongli odam) bilan birga, ya’ni miloddan 40-30 ming yil avval yuzaga kelgan. Xo‘sh, nima uchun diniy tasavvurlar paydo bo‘lishi aynan u bilan bog‘liq? Ularning fikriga ko‘ra, faqat «ongli odam» bosh suyagining hajmi mavhum fikrlay olish uchun yetarli bo‘lib, unga ana shu imkoniyatni bergan. Ilk (dastlabki) diniy tasavvurlar shakllanishiga ibtidoiy odamlarning dafn marosimlari va qoyatoshga surat chizish kabi faoliyat turlari ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
Shunday qilib, din inson o‘z atrofidagi sharoitni anglab yetishga intilgan muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichida paydo bo‘lgan. Odamlar ongi o‘ta sust rivojlangan edi va shu tufayli tushunarsiz tabiat hodisalari ularda insonning o‘zidan qudratliroq bo‘lgan g‘ayritabiiy kuchlar amal qilayotganligi haqida tasavvur hosil qilgan. Ibtidoiy odamlar ongida sezgi va kechinmalar hal qiluvchi o‘rin tutar edi. Ushbu hodisalar odamga sirli va jumboqli tuyulishi bilan birga ularda ham insonga xos hislatlar, ya’ni iroda, ong va istak kabi xususiyatlar mavjud bo‘lib tuyulgan. O‘zlashtirish jarayonida inson bularning barini jonli va g‘ayritabiiy kuch egasi deb topdi va bu uning ongida g‘ayritabiiy kuchlar hamda iloxlar paydo bo‘lishiga olib keldi.

Download 90.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling