Tarixdan ma’lumki, muayyan kuchlar va shaxslar dinni asos qilib, o‘zaro qonli urushlarga da’vat etganlar. Buning fojiali oqibatlari esa barchaga ma’lum. Afsuski, bunday urinishlar hozir ham yo‘q emas


Download 36.08 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi36.08 Kb.
#1570145
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Tarixdan ma’lumki, muayyan kuchlar va shaxslar dinni asos qilib, o‘zaro qonli urushlarga da’vat etganlar. Buning fojiali oqibatlari esa barchaga ma’lum. Afsuski, bunday urinishlar hozir ham yo‘q emas. Ammo qurol emas, undan foydalanadigan inson o‘q otishini, dinlar emas, odamlar o‘zaro urushishini yodda tutish zarur. Hatto “dinni tarqatish shiori” ostida olib borilgan urushlarda ham din emas, balki ana shu shiorning amalga oshiruvchisi bo‘lgan insonlar aybdor ekani aniq. Zero, din doimo insoniyatni taraqqiyot sari chorlab kelgan.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “XX asr ajoyib ilmiy kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari qo‘yniga kirib borayotgan asr, axborot va g‘oyat ulkan texnikaviy imkoniyatlar asri bo‘ldi. Shu bilan birga, bu asrning oxiri diniy qadriyatlarning uyg‘onish davri, vazmin, behuda urinishlardan xoli diniy ma’naviyatga o‘ziga xos tarzda qaytish davri bo‘ldi”. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari diniy erkinliklarga keng yo‘l ochildi. Haqiqiy diniy e’tiqod erkinligi qonun yo‘li bilan kafolatlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda turli diniy konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar, shu jumladan, oliy va o‘rta mahsus diniy bilim yurtlari faoliyat yuritayotgani, fuqarolarning emin-erkin diniy amallarni bajarayotgani buning yorqin isbotidir.
Biroq, bugungi kunda siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan ba’zi guruhlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Shu bilan birga XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida diniy mutaassiblik, ekstremizm, terrorizm, missionerlik, ommaviy madaniyat kabi tahdidlar davlat va jamiyat havfsizligi, fuqarolar tinchligiga jiddiy xatar sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ekstremistik qarashlarni barcha diniy ta’limotlar doirasida uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron feodal-katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar – papa hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini ham ekstremizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida baholaydilar. Shunday ekan, ekstremizmni faqat muayyan din bilan bog‘lash mutlaqo asossizdir. Xususan, islom dini, turmush tarzi va qadriyatlar majmui sifatida hech qachon ekstremistik tuzilmalarning go‘yoki din va musulmon jamoasi ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan terrorchilik xurujlarining asosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas.
Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan diniy-ekstremistik oqim va terrorchi guruhlarning aynan islom dinini niqob qilib olishlari turli geosiyosiy kuchlarning manfaatlari to‘qnashgan ekvotorial Osiyo va Yaqin Sharq hududida yetakchi o‘rinni aynan islom dini egallashi, bundan tashqari, islom dinida boshqa jahon dinlarida kuzatilmaydigan inson hayotining barcha jabha va yo‘nalishlariga daxldorlik sifati mavjudligi bilan izohlanadi.
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go‘yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko‘rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongu shuurini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlaydi.
Bugungi kunda terrorizmning quyidagi asosiy ko‘rinishlarini kuzatish mumkin:

  • davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum va ichki siyosatni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan siyosiy terrorizm;

  • tashkilot va ayrim shaxslarning strategik ahamiyatga ega mulklari, korxonalar va inshootlarni qo‘lga kiritish orqali iqtisodiyotni izdan chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiy terrorizm;

  • ma’lum millat vakillari va milliy guruhlarning bir hududda yashaydigan boshqa millat va milliy guruhlarga qarshi qaratilgan etnik-milliy terrorizm;

  • davlat xizmatchilari tartibsizligini yuzaga keltirishga qaratilgan va jamiyatning kuch ishlatadigan tuzilmalarini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan funksional terrorizm;

  • ayrim diniy ekstremistik guruhlarning diniy shiorlar ostida hokimiyatni egallab olish maqsadini ko‘zlagan diniy terrorizm;

  • turli jinoyatchi elementlardan iborat bosqinchi guruhlarning o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik orqali hukumatni obro‘sizlantirish, jamiyatda qo‘rquv va ishonchsizlik muhitini vujudga keltirishga yo‘naltirilgan jinoiy (kriminal) terrorizm kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘luvchi turlari mavjudligini ta’kidlash zarur.

Bugungi kunda diniy ekstremistik doiralar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun xalqlar o‘rtasida birinchi navbatda millatchilik va diniy ayirmachilikni keltirib chiqarish va shu yo‘l bilan bir davlatda yashayotgan turli millat vakillari o‘rtasida milliy, diniy ixtilof va nizolarni vujudga keltirishga urinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti o‘z vaqtida BMT Bosh Assambleyasida jahon hamjamiyati diqqatini bu muammoga qaratib, kech bo‘lmasdan xalqaro miqyosda ildiz otib borayotgan bu xavf-xatar oldini olib, tag-tomiri bilan yo‘qotish maqsadida xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi kurash markazini tuzishga chorlagan edi. Ushbu voqelikdan kelib chiqqan taklif o‘z vaqtida amalga oshirilganda edi, albatta bir qator qonli fojialarning oldi olingan bo‘lardi.
Diniy ekstremistik oqimlarning jamiyat barqarorligiga tahdidi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

Download 36.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling