21-ма'ruza Tanlab eritish turlari. Tanlab eritish rejimlari (maromi) Reja
Download 93.21 Kb.
|
21-МАRUZA b4d3ec031d2a132733d60d0ab2919ccd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi
- 1.Sizdirib o‘tqazish usuli
21-МА'ruza Tanlab eritish turlari. Tanlab eritish rejimlari (maromi) Reja Tanlab eritish tezligini oshirish usullari. Sizdirib o‘tqazish usulida tanlab eritish Aralashtirish usulida tanlab eritish. Tanlab eriritish dastgohlari. Darsning maqsadi Tanlab eritish usullari, dastgohlari va tanlab eritish jarayonini tezlashtirish usullari bo’yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Kon maxsulotlaridan kerakli metalni tanlab eritmaga o‘tqazish uchun ikki xil usuldan foydalaniladi: 1. Metalli ashyolar qatlamidan erituvchi modda eritmasi ma'lum tezlik bilan sizdirib utqaziladi (bu usulni oddiy qilib sizdirib o‘tqazish deb ataladi); 2. Juda mayda yanchilgan ashyolar eritma bilan ma'lum vaqt davomida majburiy aralashtiriladi. Bu usul aralashtirish usuli deb ataladi. Birinchi usulga: chanda; uyumda; yer ostida tanlab eritish usullari kiradi. Ikkinchi usul aralashtirish uslubiga k.arab kuyidagicha tasniflanadi: mexanik aralashtirish; murakkab aralashtirish. 1.Sizdirib o‘tqazish usuli Sizdirib o‘tqazish usuli asosan zichligi kamroq, bo‘lgan rudalardan metalni ajratib olish uchun qo‘llaniladi. Bunda eritma ruda g‘ovaklariga oson kirishi va uning qatlamidan tezroq sizib o‘tishi kerak. Bu usulning asosiy ko‘rsatgichlaridan biri eritmani ruda qatlamidan sizib o‘tish tezligidir Agar u < 2 sm/soat bo‘lsa, yomon u >3,0 sm/soat bo‘lsa, qoniqarli, u > 5 sm/soat bo‘lsa yaxshi o‘tkazuvchi qatlam deb ataladi. Sizib o‘tish tezligini oshirish uchun rudalar o‘lchamlari buyicha tasniflanib, so‘ngra tanlab eritish dastgohlariga bo‘shroq qilib joylashtiriladi. Chanda tanlab eritish. Sizdirib o‘tqazish usuli bilan tanlab eritish uchun doirasimon yoki tug‘ri to‘rt burchakli idishlar - chandan foydalaniladi 10.1-rasm. Channing tubidan yuqoriroqda temirdan yasalgan panjara o‘rnatiladi. Panjaraning usti mato bilan qoplanadi. 1 2 3 4 2 5 21.1 -rasm. Tanlab eritish chani 1- chan; 2 - chan tubining ustidagi panjara; 3 - metall tarkibli eritmalarni chiqaradigan jumrak ; 4 -qoldiqlarni chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan tuynuk; 5 - fundament. Chanda tanlab eritish juda sodda, kamharj va aylanuvchi qismlar yo‘qligi sababli dastgohlarni ta'mirlashga xojat yo‘q jarayondir. Ammo dastgohlar qo‘pol va jarayon uzoq vaqt davom etadi. Uyumda tanlab eritish Uyumda tanlab eritish asosoan tarkibida metall kam bo‘lgan tashlandiq rudalardan metallni ajratib olish uchun qo‘llaniladii. Jarayon quyidagicha olib boriladi: -tayyorlangan maydonga ruda uyuladi; - uyum ustidan ma'lum muddat davomida eritma sepilib turiladi. Uyum qatlamidan sizib o‘tgan eritmani bir joyga yigilishni ta'minlash maqsadida maydon bir tomonga qarab yotiqroq (1 - 2°) qilib rejalashtiriladi. Tayyorlanagan maydonga ruda uyuladi. Bu jarayon uyumda tanlab eritish usulining eng asosiy qismi hisoblanadi. Uyum hosil kilish shunday o‘tqazilishi kerakki, unda ruda tekis, bo‘shok va eritma qatlamdan oson sizib o‘tadigan bo‘lsin. Uyumni eng keng tarqalgan shakli - to‘rt burchakli kesik piramidadir 10.2 - rasm. Uning balandligi 3 metrdan 15 metrgacha, og‘irligi 100-200 ming tonnagacha bo‘ladi. 21.2- rasm. Uyumda tanlab eritish sxemasi 1- maxsus maydon; 2- uyum; 3- eritmalarni sachratib beruvchi qurilmasi; 4,6- yig‘uvchi xovuzlar; 5- eritimadan metallni ajratib olish qurilmasi. Eritma uyumga sachratib beruvchi forsunkalar yordamida sepiladi. Download 93.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling