21-ма'ruza Tanlab eritish turlari. Tanlab eritish rejimlari (maromi) Reja


Download 93.21 Kb.
bet2/3
Sana03.11.2023
Hajmi93.21 Kb.
#1741948
1   2   3
Bog'liq
21-МАRUZA b4d3ec031d2a132733d60d0ab2919ccd

2.Yer ostida tanlab eritish
Yer ostida tanlab eritish usuli eski shaxtalarda qolib ketgan rudalardan, yangi, xali ishga tushirilmagan, oddiy qazib olish usullari iqtisodiy samara bermaydigan (zahirasi kam yoki metalga kambag‘al bo‘lgan) konlardan metallarni ajratib olish uchun qo‘llaniladi. Bu usulning afzalligi - ma'lum chuqurlikda yotgan foydali qazilma qazib olinmaydi, maydalanib yanchilmaydi va boyitish ishlari bajarilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer ostida tanlab eritiladi. Metal eritmaga o‘tgandan so‘ng, uni yer yuzasiga chiqarib olinadi. Konning joylashishiga, rudaning tarkibiga, fizik xossalariga, suyuqlik o‘tqazuvchanligiga qarab tanlab eritish jarayonlari har xil usullar bilan olib boriladi. Agar, eski shaxtada qolib ketgan (ko‘pincha shaxtada 34-40 foiz metall shaxta devorlarida, ustun vazifasini bajarish uchun qoldirilgan rudalarda qolib ketadi) metallarni tanlab eritish uchun shaxtaning ma'lum bir qismi ikki tomonidan suyuqliq o‘tmaydigan qilib berkitiladi va u eritma bilan to‘ldiriladi. Ma'lum muddatdan so‘ng eritma yer yuzasiga tortib chiqarilib undan metall ajratib olinadi. Yangi, xali ishga tushirilmagan konlardan yer ostida tanlab eritish jarayonini o‘tqazish uchun ruda qatlamgacha burg‘ilab quduqlar qaziladi. Bir guruh qudqlar orqali ruda qatlamiga eritma yuborilib, boshqa guruh quduqlar orqali orqali eritma tortib olinadi 21.3- rasm.

Танлаб эритувчи эритма

Металли эритма





Эритма юбориш қувури

Эритмани тортиб олиш қувури

Суюқлиқ ўтқазмийдиган қатлам

Руда

21.3- rasm. Yer osti tanlab eritish sxemasi




3.Aralashtirish usuli bilan tanlab eritish
Aralashtirish usuli bilan asosan metalga boy bo‘lgan ashyolar (boyitmalar) va tarkibida nodir metallar bo‘lgan rudalar tanlab eritiladi. Buning uchun ashyolar- 1,0 mm dan - 0,074 mm ( xatto - 0,043mm) kattalikgacha yanchiladi. Yanchilgan ashyo erituvchi suyuqliq bilan ma'lum nisbatlarda bo‘tana tayyorlanishga berilidi. Bo‘tana deb suyuq va qattiq moddalarning aralashmasi nomlanadi. Bo‘tana holga keltirilgan xom ashyo tanlab eritish dastgohiga uzatiladi. Bo‘tana dastgohda ma'lum muddat davomida (0,5 - (2-3) soat, xatto 24 soatgacha ) aralashtirilib turiladi.
Metall to‘liq ertimaga o‘tgandan so‘ng, erimay qolgan qoldiq ertimadan ajratiladi. Aralashtirish usuli bilan tanlab eritish sizdirib o‘tqazish (chanda, uyumda, yer ostida) usuliga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan: jarayon qisqa muddatda utadi; metall to‘liq ajratib olinadi; tanlab eritish jarayonini boshqarish va shart- sharoitlar (xarorat, bosim, muxit va xokazo) yaratishi osonlashadi. Ammo, maydalash, yanchish, jarayonlariga ko‘p mexnat va mablag‘ sarflanadi.
Aralashtirish usuli bilan tanlab ertish uchun turli dastgohlardan foydalaniladi. Ulariing vazifasi ertilayotgan modda bilan erituvchining ma'lum vaqt davomida va mahsus sharoitda o‘zaro muloqotda bo‘lishini ta'minlashdan iborat. Tanlab eritish dastgoxlari xar xil shakldagi idishlar bo‘lib, isitish, aralashtirish, yuklash va maxsulotlarni chiqarib yuborish moslamalarga ega.
Ular muhitga chidamli ashyolardan yasaladi. Tanlab ertish dastgoxlarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri mexanik aralashtirgichli va bug‘ bilan isitishga muljallangan reaktorlardir 10.4- rasm. U yumalok tubli silindrsimon idish bo‘lib, devorlari ikki qavat bo‘ladi. Devorlar orasidagi bo‘shliqqa bug‘ yuborilib, idish ichidagi ashyolar isitiladi. Aralashtirish idishning markaziga o‘rnatilgan parrakli o‘kning aylanish hisobiga bajariladi.

буғ

конденсат

1

3

21.4- rasm. Mexanik aralashtirgichli tanlab eritish reaktorining sxemasi


1- reaktorning tanasi; 2- reaktorning qopqoqi; 3- aralashtirgich.

Qovushqoqligi uncha katta bo‘lmagan suyuqliklarni aralashtirish uchun pnevmatik aralashtirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun siqilgan xavo ishlatiladi. Ko‘pincha siqilgan xavo yordamida aralashtirish uchun erlift prinsiplaridan foydalaniladi 10.5- rasm. Xavo kompressor yordamida markaziy quvurga beriladi. Markaziy quvurda xavo, suyuqlik va qattiq zarrachalarning aralashmasi xosil bo‘ladi. Markaziy quvurdagi aralashmaning zichligi apparatning boshqa qismida joylashgan bo‘tana zichligidan kam bo‘ladi. Zichliklar o‘rtasidagi farq natijasida butun massa harakatga keladi.




бўтана

бўтана

1

2

3

хаво

4

5

1

хаво

7


6

21.5- rasm. Pnevmatik tanlab eritish dastgohi (pachuk)


1-ta'mirlash uchun tuyniq; 2- erlift; 3- siqilgan xavo berish quvuri; 4 - xavo g‘ilofi; 5 - teshikchalar; 6 - xavo parchalagich; 7 - dastgoxni bo‘shatish shtutseri; 8 - xavo chiqarish quvuri.

Keyingi vaqtda tanlab ertish samaradorligi yuqori bo‘lgan «qaynovchi qatlam» deb ataluvchi dastgohlarda o‘tkazilayapti 10.6- rasm. Bu dastgohda eritma bilan qattiq zarra bir-biriga nisbatan qarama-karshi tomonga harakat qiladi. Dastgoh balandligi bo‘yicha o‘zgaruvchan o‘lchamga ega bo‘lganligi sabali, eritma pastki qismida katta tezlik bilan yuqoriga qarab xarakatlanadi va dastgohning yuqori qismi keng bo‘lganligi sababli eritmaning harakat tezligi kamayadi.





Танлаб эритиладиган ашёни юклаш



тиниқ эритма

лойиқа

қум

эритувчи модда

21.6-rasm. “Qaynovchi qatlam” dastgohning sxemasi.
YUqori xaroratda va bosimda bajariladigan jarayonlar uchun zich yopiladigan idishlar - avtoklavlar ishlatiladi 10.7- rasm.
Avtoklavlarda o‘tqaziladigan jarayonlar ikki sinfga bo‘linadi:
1) gazsimon reagentlarsiz boradigan jarayonlar;
2) gazsimon reagentlar ishtiroqida o‘tadigan jarayonlar.
Birinchi sinf jarayonlarini amalga oshirishda avtoklavning vazifasi jarayonni 100 0S dan yuqori xaroratda olib borishni ta'minlashdan iborat. Sistemani isitish va aralashtirish uchun esa avtoklavga bevosita bug‘ yuboriladi.
Ikkinchi tur jarayonlarni amalga oshirishda avtoklavning vazifasi gazsimon reagentlarning eritmadagi kerakli konsentratsiyasini ta'minlashdan va yuqori xaroratni ushlab turishdap iborat. Sistemani isitish uchun bug‘dan, aralashtirish uchun esa bug‘ va gazsimon reagentdan foydalaniladi.



бўтана

бўтана

бўтана

а

б

21.7 rasm. Avtoklavlar turi: a- vertikal avtoklav; b- gorizontal ko‘p kamerali avtoklav.

Download 93.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling