Tarixdan ma’lumki, muayyan kuchlar va shaxslar dinni asos qilib, o‘zaro qonli urushlarga da’vat etganlar. Buning fojiali oqibatlari esa barchaga ma’lum. Afsuski, bunday urinishlar hozir ham yo‘q emas


Aqida - arabcha e’tiqod qilish ma’nosini bildiradi. Aqidaparastlik


Download 36.08 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi36.08 Kb.
#1570145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Aqida - arabcha e’tiqod qilish ma’nosini bildiradi. Aqidaparastlik - yovuz g‘oya va mafkuralarning eng ko‘p tarqalgan shakli. Aqidaparastlikning teskarisi hurfikrlilikdir. Hurfikrlilik - erkin fikrlash asosida haqiqatni anglash degani. Aqidaparastlik o‘rta asrlarda Farbda inkvizatsiya shaklida namoyon bo‘lgan. Aqidaparastlik bugungi kunda Afg‘oniston, SHimoliy Kavkaz va boshqa mintaqalarda vahhobiylik asosida kurash olib borayotgan oqimlar misol bo‘la oladi.
2.Fashizm - (lotincha «fashio», italyancha «fashizmo» - bog‘lam, to‘da ma’nosidagi so‘zlardan olingan) natsional, ya’ni millatchi sotsialistlar ta’limoti, fashizm deganda, konstitutsiyaviy - demokratik tuzumga zid bo‘lgan ijtimoiy va davlat tuzilmasi ham tushuniladi. Germaniyada milliy sotsialistik partiya tuzgan A.Gitler esa fashizmning «ma’naviy otasi»ga aylandi. Fashizm 1939-1945 yillarda II jahon urushi olovini yoqdi. 50 mln.dan ortiq kishining qirilib ketishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston jangchilaridan 263005 kishi halok bo‘ldi, 132670 kishi dom-daraksiz ketdi, 604552 kishi nogiron bo‘ldi.
Fashistik davlat tuzilmalari XX asr 70-yillariga kelib Evropa mamlakatlarida hukm surgan fashistik tartiblar barbod bo‘ldi. CHunonchi, Salazar hukmronligi davrida Portugaliyada, Franko hukmronligi davrida Ispaniyada, Mussolina hukmronligi davrida Italiyada, Gitler hukmronligi davrida Germaniyada va Gretsiyada fashistik tartiblar tugatildi. SHuningdek, fashizm deganda, o‘n yillar mobaynida Evropada faoliyat olib borgan o‘ng ekstremistik harakatning mafkurasi, nazariyasi va amaliyoti tushuniladi. Bugungi kunda ba’zi mamlakatlarda (Avstriya, Germaniya va boshq.) Fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi kuzatilmoqda. YAngi fashizm g‘oyasi insoniyat uchun zararli ekanligini har bir inson anglamog‘i lozim.
3. Bolshevizm - XX asrda Rossiyada faoliyat olib borgan ekstremistik yo‘nalishdagi siyosiy kuchning mafkurasi, nazariyasi va amaliyotini ifodalaydi.
Bolshevizm va fashizm mafkuralari o‘rtasida ko‘plab o‘xshash jihatlar mavjud. Ayni paytda jiddiy tafovutlar ham ko‘zga tashlanadi. Asosiy farqlardan biri, bu millat omilining turlicha baholanishidir. Bolshevizm mafkurasi kommunistik ta’limot, xalqlarning milliy-etnik o‘ziga xosliklarini yo‘qotish, «proletar baynalminaligi» shiori bilan maydonga chiqqan bo‘lsa, fashizm bor hukmron millatning «irqiy-etnik sofligi»ni mutlaqlashtirishni targ‘ib-tashviq etadi. U irqchilikning homiysi hisoblanadi.

Download 36.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling