Pak Te Vonning “Nirvana” asari adabiy tahlili


Download 25.14 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi25.14 Kb.
#149298
Abdazimova Gulruh.Nirvana
Bog'liq
1 мвазу-2, tarixij olkashunoslik(1), tarixij olkashunoslik(1), tohir malik qissalarida davr illatlarining fosh qilinishi, Имидж в рекламе, Ер ости сувларининг геологик фаолияти, жойлашувига Қараб турлари., ikkita vektorning skalyar va vektor kopaytmalari va ularning xossalari, т, 7лаборатория иши, 7лаборатория иши, 7лаборатория иши, Миллий бойлик тушунчаси ва унинг таркибий тузилиши, Миллий бойлик тушунчаси ва унинг таркибий тузилиши, Abdazimova Gulruh ped mahorat, Abdazimova Gulruh ped mahorat

Pak Te Vonning “Nirvana” asari adabiy tahlili

Meni menda demang, menda emasman.

Bir men bordir menda, mendan ichkari

Jaloliddin Rumiy

Asarning tahiliga o‘tishdan avval, uning nomi haqida so‘z yuritsak. “Nirvana” so‘zi buddizmda inson intilishining asosiy tushunchasi. Nirvana inson ichki dunyosining mukammalligi, ozru-istaklari, yashash hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatlardir. Boshqacha qilib aytganda, nirvana hech nimani sezmaslik holatidir. Buddaviylikda bu holat “oliy baxt” deb ko‘riladi. Hikoyada esa nirvana so‘zi asar qahramonining holatini aks ettirgan.

Pak Te Vonning “Nirvana” hikoyasi insoni shiddatli bu hayotda taqdir oqimlariga qorishib ketayotgan bir paytda biroz to‘xtab, ortiga qarashga hamda o‘tgan umri haqida mulohaza yuritib, hayotini sarxisob qilishga undaydigan asardir. Ushbu asar Elif Shafaqning “Ishqqa oid qirq hikoya” asaridagi “Shirin shakkoklik” hikoyasini yodimga soldi. Har ikkala hikoya qahramonlarining ham bu dunyodan qoniqmaslik hislari bir-biriga o‘xshab ketadi. Shuningdek, Pak Te Von hikoyasi qahramonlaridan birining shaxsiyati, o‘y-xayollari Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” sini eslatadi.

Har bir insonning ulkan va umumiy olamdagi mo‘jaz va shaxsiy olami mavjud. Aslida inson o‘zining ana shu kichik dunyosida, ulkan dunyo qurshovida umr kechiradi. Buni ko‘plar payqashmaydi. Kimningdir odamlar orasiga qo‘shilib ular bilan muomala qilib yashab ketishi oson bo‘ladi, kimdadir esa yo‘q. Hayot g‘alati – inson g‘alati. Uning hatto o‘zi ham anglab yeta olmaydigan tuyg‘ulari, o‘zi ham tushunib yeta olmaydigan xayollari ajib. Pak Te Von ushbu qissada mana shu ayiblik haqida so‘z yuritadi. Bu safar e’tibor markazida na jamiyat, na uning qonun qoidalari va na yashash uchun kurash emas, balki insonni inson qilib turgan turfa his-tuyg‘ulardir. Inson juda murakkab mahluqot – inson juda sodda yaratilmish. Bir qarasangiz odamzod chinakam quvonchni his qilish uchun tog‘dek oltinlar kam, bir qarasangiz, xuddi hikoya qahramonlaridan biri bo‘lgan yozuvchining holatidek oddiy sayr kifoya: “Xullas, so‘nggi ikki haftadagi birinchi sayr menga chinakam quvonch baxsh etdi va shuning o‘zi kifoya edi.” Baxt formulalari-yu, yana shunga o‘xshash narslalrni o‘zimiz yaratib olmaganmizmi?! Olimlarning ta’kidlashicha inson yon-atrofiga nima maqsadda boqsa, xuddi shu narsani topadi. Siz hayotingizdan mamnunsiz, yon atrofingizdagi barcha narsa sizga go‘zal bo‘lib ko‘rinaveradi, hatto asl holati o‘zgacha bo‘lsa-da. Masalan, adib qahramonning sayrdagi holati orqali o‘quvchiga shuni uqtirmoqchidek, go‘yo. “Bu eski avtobus bo‘lsa ham, dunyodagi eng tez yurar avtobus. Dunyodagi eng tez yurar avtobus? Ha-da, u dunyodagi eng tez yurar avtobus bo‘ladi…”. “Avtobusdagi qiz ham dunyodagi eng chi…dedim men xayol bilan va uyalib boshimni ko‘tardim.”

Shu yerda bir holatga e’tibor qarataylik. Asarda jaz musiqasi ikki o‘rinda tilga olinadi. Bu Koreyaga allaqachon g‘arb va amerika madaniyati kirib kelgani va mustahkam o‘rnashishga ulgurganidan dalolat beradi.

Hikoya davomida Pak Te Von siyosatshunoslar, jahon adabiyoti vakillari haqida bir necha marotaba eslab o‘tadi va ularning mashxur asarlaridan namunalar keltiradi. Masalan, asarda qahvaxonadagi ikki yapon yigiti Kromvel va Mirabolarga o‘xshatiladi. Xo‘sh, ular kimlar? Kromvel – angliyalik davlar arbobi. Angliya inqilobining asoschilaridan biri hamda siyosatchi. Mirabo ham Buyuk Fransuz inqilobi arbobi, siyosatchi. Nima uchun ayan bu ikki shaxs? Nima uchun aynan inqilobchilar? Adib shu yerda juda mohirlik bilan xiyla ishlatadi. Mana shu satrlarda tuman ortidagi yashirin buyum kabi inqilobga ishora qilinadi, go‘yo. Eslatib o‘tish joizki, bu davrda Koreya Yapon mustamlakasi ostidagi mamlakat edi.

Bir burchakda o‘tirgan yigitga yuz burdim.” Aynan shu epizoddan boshlab asar ekspozitsiyasi yakun topadi va voqealar rivoji boshlanadi. Daslabki tasvirlardanoq ikkinchi qahramonning xarakter-xususiyatlari ochib berilishga harakat qilinadi. “U qo‘lida bir g‘altak qizil ip ushlagan, ipni g‘altakdan bo‘shatar va yana qayta o‘rar edi… Bu yigit mavsumga mos kelmaydigan plash va qalpoq kiygan, qalpog‘i unung cho‘zinchoq yuzi va baland bo‘yiga yarashmasdi. Bu yigitning chuqur yumaloq ko‘zlarida ham men yosh bola, farishta yoki telbanikiga o‘xshagan quvonchni ko‘rdim”. Quyida keltirilgan satrlardan asar qahramonining dunyo tashvishlari bilan ishi yo‘q, xatti-harakatlaridan ko‘ngli tusagan mashg‘ulotni o‘ziga ermak qilib ovunishi, kiyinishida atrofdagilarning u haqida nima deb o‘ylashlari mutlaqo qiziqtirmasligi, o‘z olamida va o‘z o‘ylari bilan ovvora ekanligi o‘quvchiga ma’lum bo‘ladi.

Birdan yana dunyo adiblaridan birining ismiga duch kelasiz – Edgar Allan Po. “Bularning barchasi menga hatto Edgar Allan Po bizga ko‘rsatgan dunyodan ham sirli bo‘lib tuyuldi.” Edgar Allan Po kim? U bizga nimani ko‘rsatgan? Ameriklalik romantik yozuvchi, asosan, fojiali yoki fantastik asarlar yozgan. Shafqarsizlik, sadizm Allan Po hikoyalarida inson tabiatidagi hayvoniy hislarning tantanasi tarzida talqin etilgan. Po jamiyat hayoti, kishilar tabiati va ruhiyatidagi yemirilish holatlarini tasvirlar ekan, ijtimoiy-tanqidiy pafosdan keng foydalangan. Yuqorida ketirilgan jumla ham qahramon shaxsiyatini ochib berishga xizmat qilgan.

Baddiy asarda hech qanday ortiqcha epizod yoki ortiqcha personaj bo‘lmaydi. Ularning barchasi o‘zida qandaydir vazifa tashiydi. Yozuvchi nimanidir aytishni, yoki nimagadir ishora qilishni maqsad qilgan holda ularni o‘z asariga kiritadi. Har ikkala qahvaxonadagi ulfatlarga ham “maxsus vazifa” yuklatilgan. Adib mana shu ikki juft yigitlar obrazidan ustalik bilan foydalanadi, ularning suhbati ochiqdan-ochiq ayta gapira olmaydgan fikrlarini oshkor qilish uchun vosita edi, aslida. Ikkinchi manzil – ikkinchi qahvaxonada ham ikki erkakning suhbati tasviri keltiriladi. Ular sotsializm, kapitalizm, proletarizm, marksizm, bujuaziya kabi tuzumlar haqida bahs yuritishadi. Inson ko‘z ochib yumsa, nihoyasiga yetadigan qisqagina umr ko‘radi. Ojiz jonzotlar mana shu qisqagina hayotni “osonlashtirish, tartibli o‘tkazish” uchun o‘zlarini daho sanab qonun-qoidalar ishlab chiqib, unga turli jarangdor nomlar qo‘yishadi. Qarabsizki, hamma dunyoda hokim bo‘lishni istab o‘z qarashlarini namoyon etadi, yana jimjimador nomlar bilan nomlar uni insonlarga o‘tkazmoqchi bo‘lishadi. Shunday qilib, mana shunda “izmlar” ko‘paygandan ko‘payaveradi. Ammo ular hayot qonunlari yerda yaratilmasligini o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Aslida, inson hayotini faqat insonning o‘zi murakkablashtiradi. Bu safar Pak Te Von ikki ulfatni g‘arib bir nomlar bilan ataydi: “dunyoqarash” va “ko‘zoynak”. Bu narsa o‘sha ikki suhbatdoshning bizni ajratib turgan narsalar burjuacha dunyoqarash va tilla muguz ko‘zoynak deb o‘ylashlariga kinoyadir, balki. Nima bo‘lganda ham, adib shu o‘rinda o‘quvchining yuziga tabassum ulashishning uddasidan chiqadi.

Ikki qahramon uchinchi qahvaxonada ham bir-birlariga duch kelishdi. Qahramonimiz ta’kidlaganidek: “Balki bu taqdir hukmidir? Balki tasodif deb atash to‘g‘ri bo‘lar?” Yozuvchi yana bir jumla bilan ulkan ma’nolar ifoda etish usulini ishga soldi. Quyidagi satrlarga diqqat qiling – “Qizning upa surtilgan za’faron yuzi va dag’al qo’llari hayotning yashash uchun kurashdan iborat qonunini menga namoyish etdi.” Ikki og‘iz so‘z. Mana shu ikki og‘iz so‘zda XX asr hayot qonuni o‘z aksini topgan. Ofitsant qizning dag‘al qo‘llari uning hayotdagi mashaqqatlaridan darak berib turibdi. Yuzidagi upasi esa go‘yo niqobdek. Sen qanchalik qiynalsang ham, dardlaring seni bosib qulatib yuboray desa ham, zaif tomoningni o‘zgalarga bildirma, o‘zingni kuchli qilib ko‘rsat. Aks holda, barcha seni tepkilab o‘tadi. Mana XX asrdan beri davom etib kelayotgan hayot qonuni!

Pak Te Von insonning o‘zi ham anglab yeta olmaydigan tuyg‘ulari-yu o‘ylariga ingliz shoiri Metyu Arnoldning she’rini chiroyli o‘xshatish tarzida keltiradi. “…Orzu uyg‘ongach, bahor gullaridek kulib g‘oyib bo‘ladi…”

Hikoyada ikki qahramonning ham ismi keltirilmagan. Chalkashliklar yuzaga kelmasligi uchun ularga shartli ravishda “yozuvchi” va “telba” nomlarini qo‘yamiz. “Telba” ga, uning shaxsiyatiga e’tiborimizni qaratsak. U chindan ham telbami? Uni uzoq vaqt kuzatgan “yozuvchi” da ham bu masalada shubha tug‘iladi: “Balki u chindan ham telbadir? Yo‘q. Bu yigitning qanday siri bor ekan?” Asarda keltirilgan ushbu dialogga diqqatimizni qaratsak.

“ – Bu o‘shanda bo‘lgan edi, hozir – bu hozir. To‘g‘rimi? Umrimiz lahza sari o‘tib boryapti, biz bilan birga qalbimiz ham qariyapti.” To‘g‘rimi? Buning isboti – siz. Meni birinchi marta ko‘rganingizda siz ham quvonchingizni ichingizga sig‘dira olmadingiz, ikkinchi marta ko‘rganingizda esa uni yashirdingiz… Hozir sizda butunlay boshqa tuyg‘ular jo‘sh uryapti.” Telba odam shunday teran fikr yurita oladimi? Yoki insonning ichki kechinmalarini anglashga uning aqli yetadimi? Yo‘q albatta. Uning aqli, zehni barchanikidan-da o ‘tkirroq. Unda nima sababdan o‘zini bunday tutadi? Aslida “telba” o‘zi yashayotgan jamoyatdagi “aqllilar” orasida necha yillardan beri o‘ziga hamsuhbat, darddosh topa olmasligidan qiylanmoqda. Uni qiynayotgan dard ham mana shu. Shoir aytganidek, “yon atrofim to‘la odam, topilmaydi biror inson.” Bizga arzimas bo‘lib tuyilgan bu narsa “telba” uchun muhim bir holat. Shu arzimasdek tuyilgan holat uni behad quvontirdi va ko‘z yoshlari to‘kilishiga ham sabab bo‘ldi. Qahramon tilidan aytilgan hayot haqidagi, insonning hayotdagi maqsadlari to‘g‘risida fikrlar asilda, faqat ugina emas barchamiz mulohaza yuritishimiz lozim bo‘lgan oddiy narslar.

Qahramonimiz “telba” o‘z hikoyasini bolalik yillaridan boshlaydi. U bola bo‘lganmi o‘zi? O‘n to‘rt yosh hatto kattalar ham xayollariga keltirmaydigan hayot, yashashdan maqsad haqida o‘ylash uchun erta emasmi? Mana uning muammosi nimada. Psixologlarning fikricha, inson nima haqida ko‘p o‘ylasa shu narsaga ishonishni boshlaydi. Qahramonimiz ham “men”i bilan yon-atrofdagi yomon va yaramas insonlar to‘g‘risida bahs yuritavergach, ularning hatto ulkan foijadan ham o‘z maqsadlarida yo‘lida foydalana olishiga o‘zini o‘zi ishontirdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, inson yon-atrofiga nima maqsadda boqsa, xuddi shu narsani topadi. Tasavvur qilib ko‘ring-a, Quyosh so‘ndi. Bu juda ham katta ofat. Butun olam uchun fojiadir. Lekin, o‘n to‘rt yoshli bola bu vaziyatni o‘z xayollarida quyidagicha gavdalantiradi: “Quyosh g ‘arbga botadi, ammo u birdan qaytib chiqmasa, nima bo ‘ladi?... Dunyoni zulmat chulg ‘asa, juda qiziq bo ‘lsa kerak! Ziqna odamlar abadiy qorong ‘ulikdan dahshatga tushadilar va doim o ‘z seyfini quchoqlab yashaydilar; nigilistlardavring keldi, sur, begim deyishadi va zulmat qo ‘ynida qadah urishtirib, hayotdan quvonishadi.” Qahramonimizning ruhiy holatiga sinchiklab qaraydigan bo‘lsak, uni bu dunyo qoniqtirmayotganini, bu olamga sig‘mayotganini tushunib yetamiz. Barcha qo‘rqadigan o‘limga uni ezib turgan bu dunyodan qutulib, rohat makoni deb o‘ylayotgan xayoliy olamiga ketish uchun bir vosita sifatida, unga lazzat baxsh etuvchi narsadek munosabatda bo‘ladi.

“Telba”ning onasi bilan munosabatlari barchasini chalkashtirgan tugun, aslida. Inson uchun o‘zini biror narsaga majburlash juda o‘g‘ir. Ayniqsa, yashash, olayotgan har bir nafasingdan maqsad biror narsaga yoki biror kimga borib taqlsa, bundan ortiq qayg‘u bormi, odamzot uchun. Uning ham yashashiga, har bir olayotgan nafasiga sabab yolg‘iz onasi edi, xolos. Barchasi otasining o‘limidan boshlandi. Otasi o‘lgach onasi hayot mazmunini yo‘qotdi. Ona bolasi uchun yashaydigan bo‘ldi. Ammo bu “yashash” uning baxti yoki kelajagi uchun yashayotganini anglatmas edi. U shunchaki onalik burchini farzandim uchun tirik qolsam bo‘ldi-da degan aqiyda asosida tirik murda kabi bajarayotgan qo‘g‘irchoqqa aylandi. Onaning ruhiy holati farzandga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ona va farzand bir-birlarining hollarini shundoq ham anglab turgan holda, uni sezdirmaslik uchun rol o‘ynayotgan mahoratsiz aktyorlar kabi edi. Men buni sun’iy hayot deb nomlagan bo‘lar edim. Ular shunoq ham o‘lgan ruhlarini bir-birlarining qo‘llari bilan ko‘mdilar. “Onam o‘lgandan keyin men kutilmaganda yengil tortdim”. “Telba” tilidan aytilgan ushbu so‘zlar so‘zim isboti sifatida. Barchamiz ham bu dunyoda ro‘l o‘ynaymiz. Lekin buni hech kim tan olmaydi. Adib ushbu ikkiyuzlamachilikni hikoyada insonning yong‘inga nisbatan munosabati misolida mohirlik bilan tushuntirib beradi. Achinish, daxshatni his qilish bilan birga, “Yonishini qara!” degan fikr ham paydo bo‘ladi. Uni sirtiga chiqarga odamning esa ruhiy salomatligi bilan qiziqishadi. Lekin, asl jinnilik inson o‘z fikrlarini o‘zgalardan iymanib tashqariga chiqarmasligi-ku. Insonlar o‘zlari yaratib olgan qonun-qoidalar asosida hayot kechiraman deb, o‘zlarini qiynashlari chinakam telbalikdir, aslida.

Asarda ilgari surilgan konsepsiya bu “MEN” konsepsiyasidir. Qahramonimizni shu ahvolga olib kelgan, uning boshidagi barcha hasratlarga sababchi bo‘lgan narsa ham uning ichki dunyosi, “men”idir. Uni xarob bo‘lishiga sabab ham ana shu “Men” bilan bo‘lgan kurashda yengilganidan. Bu narsani uning o‘zi ham bilib bo‘lgan: “Biroq shu yerda men bir narsani aytib o‘tishim kerak. Menda birdan yashashni istamaydigan, hayotdan charchagan “men”ga nisbatan kuchli qiziqish paydo bo‘ldi. Keyin men o‘ylab qoldim: “men” ismli mavjudotni nima qiziqtirishi mumkin? Hayotga qiziqishni yo‘qotgan odamni. Bilsangiz, bunday mavjudot qog‘oz varag‘iga o‘xshaydi. “Qiziq, hayotni toza varaqdan boshlash” qanday bo‘larkan?”, deb xayolimdan o‘tkazdim men. Oq varaqni bo‘yash mavjudotni menga o‘xshamaydigan mavjudotga aylantirishni anglatardi. Lo‘nda qilib aytganda, bu butunlay yangi “men”ni yaratishni anglatar edi. Birodar! Albatta, bunday narsalar odatda quruq xayol, xolos, biroq ular naqadar qiziqarli! Biroq yangi «men»ni yaratish zarurati bilan to‘qnash kelganimdan keyin qarshimda yana bir muammo – yo‘l tanlash muammosi paydo bo‘ldi. Mening yangi “menim” qanday bo‘ladi? Bir hafta davomida men bir to‘xtamga kela olmadim. Men o‘zimni dunyodagi eng baxtli odamga aylantirmoqchi edim. Biroq u qanday bo‘lishi kerak? Birdan miyam ravshan tortdi: bu dunyoda chinakam baxtli odamlar - ruhiy kasallar.” Asarning mana shu parchasida hikoyadagi “MEN” konsepsiyasi ochib berilgan.



“Telba” ruhiy kasal emas, telbalar orasida yagona aqlini tanigan inson edi. U “aqllilar” bilan to‘lgan mana shu jamiyatda “telba” bo‘lib yashashni afzal ko‘rdi. Uni sig‘dirmayotgan bu olamga yuqib ketishning birdan bir chorasi sifatida shu niqobni taqib yashashni tanladi. Nirvanaga erishishning eng maqbul chorasi sifatida bildi. So‘ngida esa, bu chora ham to‘g‘ri yo‘l emasligini angladi va o‘z manzili tomon yo‘l oldi. Ha, yo‘l oldi, also o‘lgani yo‘q. Chunki u allaqachon o‘lib bo‘lgan edi. Ruhi tanasini tarkib etib bo‘lgan edi. Bunday insonni also tirik deb bo‘lmaydi! Buni asar nihoyasida “yozuvchi” bilan birga o‘quvchi ham anglab yetadi.
Download 25.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling