Nola qilar gitara takror, Qadah sinar ertalab tongdan


Download 27 Kb.
Sana21.10.2023
Hajmi27 Kb.
#1714261
Bog'liq
GITARA


GITARA

Nola qilar gitara takror,


Qadah sinar ertalab tongdan.
Yig’layverar gitara takror,
Faqat undan kutma sukunat,
Jim bo’lmoqni so’rama undan…

Va to’xtovsiz yig’lar gitara,


Ko’z yosh to’kkan kabi suv bunda,
Yig’lagandek shamol qor uzra.
Jim bo’lmoqni tilanma undan.

Ufq shafaqni sog’inib yig’lar,


Shunday yig’lar nishonsiz paykon.
Shunday yig’lar ezilgan qumlar,
Kameliyalar hajrida shu on.

Go’yo vido aytar g’amgin qush,


Ilon zahri tahdidga solar.
Oh gitara, bechora qurbon
Qalbing tirnar besh qonli xanjar…


Federiko Garsiya Lorka
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling