Shaxsning shakllanishida diniy tarbiya va diniy tasavvurlar. Dunyo dinlari g’oyalarida insonparvarlik. Reja


Download 17.9 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi17.9 Kb.
#1166024
Bog'liq
Shaxsning shakllanishida diniy tarbiya va diniy tasavvurlar


Shaxsning shakllanishida diniy tarbiya va diniy tasavvurlar. Dunyo dinlari g’oyalarida insonparvarlik.

Reja
1. Insonning kelib chiqishi haqidagi diniy qarashlar.
2. Inson kelib chiqishining an`anaviy ilmiy nazariyalari.
3. Noan`anaviy ilmiy nazariyalar.

Itilish - insonning ehtiyoji

DIN VA IJTIMOIY HAYOT Din jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o‘zini ruhan va jismonan poklash, atrofdagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy xislatlarni shakllantiradi. Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Dunyo xaritasidagi deyarli har bir mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e’tiqod qiladi, uning o‘z urf-odat va an’analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqodlari va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.


Din — arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida ishonch, e’tiqod qilish ma’nolarini anglatadi.
OLAMNI MAHLIYO AYLAGAN DIYOR ...Bir voqea mening ko‘z oldimdan elas-elas o‘tadi. O‘shanda men chamasi 5—6 yoshlarda edim. Qo‘shnimizning uyida odam gavjum, mahallaning kat takichigi yig‘ilgan. Kimdir ko‘cha-hovlilarni supurgan, kimdir ayvonga joy solgan, kimdir poyandoz uchun oq matoni taxlagan. Barcha o‘z ishini bilib-bilib qilar, xullas, jam bo‘lganlarni ko‘rinmas odam boshqarayotgandek edi. Mana, kutilgan daqiqalar ham keldi. Hamma darvozaxonaga tizilib turib oldi, yo‘lakka boyagi oq poyandoz ham solindi. Eshikdan Robiya aya bilan Abdurahmon ota kirib kelishdi. Ular oppoq kiyinishgan. Nazarimda, darvozaxonadan nur qalqib kelayotganga o‘xshardi. Hovlida yig‘ilganlar ularni xursandchilik bilan kutib olishdi... Duoyi fotihadan keyin mahallaning kattalaridan: «Ha, davlatimizga rahmat, biz musulmonlarga Haj amallarini bajarish imkoniyatini berdi-ya. Ota-bobolarimiz buni armon qilib ketishdi. Kim o‘ylabdi deysiz, bunday imkoniyat bizga berilishini. Yurtimizning tinchligiga ko‘z tegmasin...» degan gaplarni eshitdim. O‘sha vaqtlarda bu gaplarning mazmuniga tushunmasam-da, qachonlardir og‘ir kunlar bo‘lganini his qilgandek edim..
. 2017­yilda o‘tkazilgan «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» bo‘yicha esselar tanlovi g‘olibi I. Obidovaning ishidan
Insonning asosiy vazifasi o‘zini o‘rab turgan olam sirlarini o‘rganishdan iborat. Fanlarning holati ham ana shunday. Ularni kishining turmushi uchun bo‘lgan ehtiyoj dunyoga keltirdi. Shunga muvofiq tarzda fan tarmoq otdi. Abu Rayhon Beruniy
Sizlarning yaxshilaringiz dunyo ishini deb oxirat ishini, oxiratni deb dunyo ishini tark qilmaydigan va odamlarga malolligini tushirmaydiganlaringizdir. Hadis
Ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa barcha jab halarning taraqqiy etishi tinchlik, osoyishtalik bilan bog‘liqdir. Shu sababli ham bugungi kunda xavfsizlik butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlarning oshib borishi fikrimizni tasdiqlaydi. Biroq faqatgina zamonaviy qurol-yaroqqa ega bo‘lishning o‘zigina tinchlikni ta’minlamaydi. Chunki zamonaviy buzg‘unchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, balki to‘satdan qo‘poruvchilik amaliyotlarini qo‘llash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanmoqdalar. XX asrning ikkinchi yarmida dunyoda 300 dan ortiq tinchlikka raxna soluvchi nizolar qayd qilingani ham afsuslanarli holdir. Har qanday din o‘z izdoshlarini tinchlik va insonparvarlikka chaqiradi. Hech qaysi din nohaq qon to‘ kish, urush olovini alanga oldirish va buzg‘unchilikni targ‘ib qilmagan. Xristianlik dunyoda eng keng tarqalgan din hisoblanadi. Tarixda mazkur dinni niqob qilib buzg‘unchilik,xunrezlik maqsadlarida foydalanilgani, «Salb yurishlari», «Inkvizitsiya» nomlari ostida ko‘plab shaharlar vayron qilingani, minglab odamlarning halok bo‘lgani tarixdan ma’lum. Holbuki, xristianlikda hech kimga yomonlik qilinmaslik haqida ta’lim beriladi. Bu din ham barcha dinlar kabi tinchlikparvarlik, yaxshilik qilish va ezgulikka chaqiradi. Buddaviylik ta’limotining o‘ziga xos jihatlari barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashning targ‘ib etilishida, aql ko‘rsatmalariga qat’iy bo‘ysunish va hissiyotga berilmaslikda ham aks etgan. Tinchlikparvarlik va ezgulik g‘oyalari buddaviylikning «Pancha shila» (sanskritcha — besh nasihat) qoidasida ham aks etadi. Unga ko‘ra buddaviy qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, yolg‘on so‘z, mast qiluvchi narsalardan saqlanishi lozim. Bu dinga e’tiqod qilgan har bir rohib o‘zgalar mulkiga ko‘z olaytirmaslik, birovga nafrat bilan qaramaslik, adolat haqida o‘ylash, munosib insonlardan yaxshilikni ayamaslik, axloqiy xatti-harakat qoidalariga amal qilishi lozim hisoblanadi. Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan zardo‘shtiylik dini ham o‘zining tinchlikparvarligi bilan alohida ajralib turgan. Bu «Avesto»da aks etgan «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» ta’limotida ham o‘z aksini topgan. Ayni damda, Videvdat kitobining ikkinchi fragardida tinchlikning muhimligi borasida fikrlar bildirilgan. Yasna kitobining 12-bobida har bir zardo‘shtiy tiyilishi lozim bo‘lgan narsalar qatorida chorvani talon-taroj qilish, talafot va vayrongarchilik keltirishdan tiyilish ham sanab o‘tilgan. Milliy dinlardan bo‘lgan hinduiylik va jayniylikda tinchlikparvarlik g‘oyalari «ahimsa» — kuch ishlatmaslik ta’limotida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra yer yuzida buzg‘unchilik qilish, nafaqat insonlar, balki barcha jonzotlarga ozor berish taqiqlanadi. Ayni damda mazkur ta’limot zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob berish, urush qilganga qarshi urushishni ham qoralab chiqadi. Tinchlik g‘oyasiga eng katta e’tibor qaratgan dinlardan biri islom dinidir. Zero, «Islom» so‘zining ma’nolaridan biri ham tinchlik demakdir. Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Islom ta’limotida masalaning bu jihatiga ham alohida e’tibor berilgan.
Men senga tinchlikni ko‘paytirib beraman, men tinchligingni qaytarib beraman va himoya qilaman. Mening saltanatimda na sovuq shamol, na qurg‘oqchilik, na azob va na o‘lim bo‘ladi.
Download 17.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling